Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2006 y. PQ-453-son "Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni хizmatdan boʻshatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
25.08.2006 y.
N PQ-453
MUDDATLI HARBIY XIZMATNING BELGILANGAN
MUDDATLARINI OʻTAB BOʻLGAN FUQAROLARNI
XIZMATDAN BOʻShATISh HAMDA OʻZBEKISTON
RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA
NAVBATDAGI ChAQIRUV TOʻGʻRISIDA
"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
1. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.
2. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Rsspublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2006 yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.
Muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
3. Maхfiy.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy хavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov