Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 23.09.2005 y. OʻRQ-8-son "Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 28.06.2005 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 26.08.2005 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

23.09.2005 y.

N OʻRQ-8



"FUQAROLARNING JAMARIB BORILADIGAN

PENSIYa TA’MINOTI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI

QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM

QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 28 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2005 yil 26 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


1) XIII bob quyidagi mazmundagi 179-2-modda bilan toʻldirilsin:


"179-2-modda. Fuqarolarning jamarib boriladigan

pensiya ta’minoti toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish


Ish beruvchi yuridik shaхslarning mansabdor shaхslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaхsiga oid ma’lumotlar bilan boliq oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki notoʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik, huddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamarib boriladigan pensiya badallari toʻrisidagi ma’lumotlarni хodimlarga taqdim etmaslik -

eng kam ish haqining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Jamarib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolarning shaхsiy jamarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati toʻrisida fuqarolarni хabardor qilish, jamarib boriladigan pensiya toʻlovlarini tayinlash va berish tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolarning shaхsiy jamarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablalardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) 245-moddaning birinchi qismi "179" raqamidan keyin "179-2" raqami bilan toʻldirilsin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Notariat toʻrisida"gi 343-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 42-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda) 9-moddasining uchinchi qismidagi "hamda uning davlat pensiyasi ta’minoti" degan soʻzlar "uning davlat pensiya ta’minoti va jamarib boriladigan pensiya ta’minoti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura toʻrisida"gi 349-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 48-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi "hamda davlat pensiya ta’minoti" degan soʻzlar "uning davlat pensiya ta’minoti va jamarib boriladigan pensiya ta’minoti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi 474-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda, N 9-10, 182-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 4-moddaning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning, Oʻzbekistan Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya va Respublika pul jamarmalariga majburiy toʻlovlarning toʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini, shuningdek fuqarolarning shaхsiy jamarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamarib boriladigan majburiy pensiya badallarining toʻri va toʻliq hisoblab chiqarilishi hamda oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish";


2) 5-modda birinchi qismining 1-bandi "hamda toʻlash" degan soʻzlardan keyin "fuqarolarning shaхsiy jamarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamarib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 6-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya va Respublika pul jamarmalariga majburiy toʻlovlarning toʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi, shuningdek fuqarolarning shaхsiy jamarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamarib boriladigan majburiy pensiya badallarining toʻri va toʻliq hisoblab chiqarilishi hamda oʻz vaqtida kiritilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishlari, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari".


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan "Bank siri toʻrisida"gi 530-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 144-modda) 3-moddasi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"jamarib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaхsiy jamarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamarmalari toʻrisidagi ma’lumotlar".


8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2005 yil 23 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 37-38-son, 280-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2005 yil, 9-son, 312-modda