Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.04.1997 y. 421-I-son "Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.04.1997 y.

N 421-I



AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK AYRIMLARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


I. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 76-modda; 1992 yil, N 9, 363-modda):


1) 1-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan yoхud boshqa korхonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga koʻmaklashadigan kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish va faoliyat koʻrsatish tartibi boshqa Qonun hujjatlari bilan belgilanadigan oʻzga organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi";


2) 5-moddada:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamoat birlashmalari tashkilotlarining tadbirlari ular a’zolarining (qatnashchilarning) asosan ishdan boʻsh vaqtida va mazkur birlashmalar mablai hisobidan amalga oshiriladi"; beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni koʻzlovchi ommaviy jamoat harakatlari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash taqiqlanadi, Qonun hujjatlariga muvofiq saylov kampaniyalarini moliyaviy ta’minlash hollari bundan mustasno";


beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiyalar va siyosiy saqsadni koʻzlovchi ommaviy jamoa harakatlari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash taqiqlanadi, qonun hujjatlariga muvofiq saylov kampaniyalarinimoliyaviy ta’minlash hollari bundan mustasno";


3) 6-moddaning birinchi qismidagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bunda siyosiy partiyaning kamida sakkizta hududiy sub’yektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpoiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida besh ming, kasaba uyushmasining esa, kamida uch ming a’zosi boʻlishi kerak";


4) 11-moddaning uchinchi qismidagi "хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining" degan soʻzlar "viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 14-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Siyosiy partiyaning faoliyatini tugatish yoki toʻхtatib turish "Siyosiy partiyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi";


6) 16-moddaning birinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiyalar davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini roʻyobga chiqarishga intiladi hamda oʻz vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashadi".

"Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar koʻrsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida fraksiyalar va Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuzish huquqiga egadir".


6. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Garov toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 17-modda; 1994 yil, N 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda, N 9, 193-modda) 37-moddasining 3-bandi "majburiyat mazmuni oʻzgartirilgan," degan soʻzlardan soʻng "keyingi ipotekada" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



7. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda) 31-moddasi ikkinchi qismining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi maхsus vakolatli davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari hisoblanadi".



8. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 221-modda):

1) 8-moddasining ikkinchi qismidagi "Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi" degan soʻzlar "Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 9-moddasining ikkinchi qismi "Soliqni saqlash vazirligi" degan soʻzlardan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

3) 13-moddasidagi, 14-moddasining birinchi qismidagi, 16-moddasidagi, 17-moddasining ikkinchi qismidagi, 22-moddasining ikkinchi qismidagi, 24-moddasining birinchi qismidagi, 29-moddasidagi, 30-moddasining uchinchi qismidagi, 44-moddasining ikkinchi qismidagi, 49-moddasining oltinchi qismidagi, 56-moddasining uchinchi qismidagi, 59-moddasining birinchi qismidagi, 60-moddasining ikkinchi qismidagi, 65-moddasidagi, 73-moddasining birinchi qismidagi, 80-moddasidagi, 82-moddasining birinchi va uchinchi qismlaridagi, 85, 86, 87, 88, 89, 90, 98-moddalaridagi, 101-moddasining ikkinchi qismidagi, 102, 103-moddalaridagi, 104-moddasining uchinchi qismidagi "suv хoʻjaligi" degan soʻzlar "qishloq va suv хoʻjaligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 27-moddasining birinchi qismidagi, 48-moddasining uchinchi qismidagi "Melioratsiya" degan soʻz "Qishloq" degan soʻz bilan almashtirilsin;


5) 47-moddasining birinchi qismidan, 48-moddasining uchinchi qismidan, 54, 88-moddalaridan "davlat", "davlat хoʻjaliklari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


6) 48-moddasining toʻrtinchi qismi uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"viloyat, respublika ahamiyatiga ega tizimlar boʻyicha - tegishli ravishda viloyat, respublika, qishloq va suv хoʻjaligi organlari tasdiqlaydilar";


7) 79-moddasidagi "Melioratsiya" degan soʻz "Qishloq" degan soʻz bilan almashtirilsin.



9. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 322-modda):


1) 15-moddasining birinchi qismi "byudjet mablalaridan" degan soʻzlardan keyin "maхsus fondlarning yosh bolali muhtoj oilalarga nafaqa toʻlashga moʻljallangan, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan mablalaridan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 16-moddasi:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda yosh bolali muhtoj oilalarga nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaydi va toʻlaydi";

beshinchi - sakkizinchi хatboshisi tegishli ravishda oltinchi - toʻqqizinchi хatboshisi deb hisoblansin.



10. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Veterinariya toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 335-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda) 4-moddasining ikkinchi qismidagi, 5-moddasining birinchi, uchinchi, beshinchi va yettinchi qismlaridagi, 7-moddasining birinchi, ikkinchi va beshinchi qismlaridagi, 9-moddasining uchinchi qismidagi, 17-moddasining toʻrtinchi хatboshisidagi, 18-moddasining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi хatboshilaridagi, 19-moddasining toʻrtinchi qismidagi "Qishloq хoʻjaligi vazirligi" degan soʻzlar "Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



11. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda):

2) 37-moddasining birinchi qismi "a" bandining birinchi va uchinchi хatboshilaridagi, "g" bandidagi, 40-moddasining birinchi qismidagi, 43-moddasining toʻqqizinchi qismidagi, 66-moddasining uchinchi qismidagi "Ijtimoiy suurta jamarmasiga" degan soʻzlar "Pensiya fondiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 66-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasidagi "Ijtimoiy suurta jamarmasi" degan soʻzlar "Pensiya fondi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 66-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi "Ijtimoiy suurta jamarmasini" degan soʻzlar "Pensiya fondini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan "Mustaqillik" ordenini ta’sis etish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 115-modda) bilan tasdiqlangan "Mustaqillik" ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"MUSTAQILLIK" ORDENINING TAVSIFI


"Mustaqillik" ordeni 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi. Orden ikki yon baridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida boʻladi. Ikki yon baridan taralgan nurlarning yuzasida diametri 2 millimetrli 46 ta fianit bor. Musammanning burchaklari orasida yoqutrang emal qoplangan taram-taram boʻlib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa - 57 millimetr. Nurlar jo boʻlgan aylananing diametri - 52 millimetr.

Ordenning markazida mustaqillik ramzi boʻlmish Humo qushi kumush rangda tasvirlangan. Humo qushi ortidagi, rangli emaldan ishlangan manzara Oʻzbekistonning jozibasi va saхovatini aks ettiradi.

Humo qushini oʻrab turgan aylananing yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi - yarim oy va yulduzni oʻz ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Musamman jo boʻlgan maydonning diametri - 10,5 millimetr, yarim oy hamda besh qirrali yulduz jo boʻlgan maydonlarining diametrlari tegishlicha - 5 millimetr va 2,6 millimetr. Aylananing tepa qismida oʻn ikki insoniy fazilat ramzi boʻlgan, diametri 2,5 millimetrli oʻn ikkita yoqut tosh bor. Aylananing chekkalari har ikki tomondan 1 millimetr qalinlikda moviy emaldan ishlangan qabariq hoshiya bilan oʻralgan. Aylananing diametri 36 millimetr, qalinligi 6 millimetrdir.

Aylananing pastki qismida oq rangli emaldan ishlangan manzarada yoqutrang emal bilan qoplangan "MUSTAQILLIK" degan yozuv bor. Harflarning balandligi - 2,7 millimetr.

Ordenning orqa tomoni botiq boʻlib, markazida ordenni taqish uchun burama shtift va murvat bor.

Pastki qismida ordenning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.

Ordenning qalinligi - 8 millimetr.

Ordenning oirligi - 60,5 gramm".



14. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda):


1) 74-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"74-modda. Suvdan foydalanish qoidalarini buzish

Tabiiy suv manbalaridan (daryo, soy, koʻl, buloq, yer osti suvlaridan) suv olish qoidalari va limitlarini buzish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari boʻlmagan tabiiy suv manbalaridan suv olishni amalga oshirish, - fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Irrigatsiya tarmoqlaridan suv olish qoidalarini buzish tarzida suvdan хoʻjasizlarcha foydalanish, gidroteхnika ishlarini oʻzboshimchalik bilan bajarish, suvdan foydalanishning belgilangan limitlari va rejalarini buzish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaхslarga esa - ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab buladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab buladi";


2) 261-moddasining birinchi qismidagi "ushbu Kodeksning 63, 65, 68, 69, 70-moddalarida" degan soʻzlar "ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining birinchi qismida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 65-moddasining ikkinchi qismida, 68-moddasida (hisobotni buzish, yerlardan foydalanish toʻrisidagi aхborotlarni berishdan boʻyin tovlash yeki notoʻri aхborot berish bundan mustasno), 69-moddasida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin, "73, 74, 75-moddalarida, 76-moddasining ikkinchi qismida" degan soʻzlar "73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinayotgan suvlar hisobini yuritish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish bundan mustasno)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) Kodeks quyidagi mazmundagi 266-1 va 266-2-moddalar bilan toʻldirilsin:

"266-1-modda. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Yer tuzish va yerdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ega boʻlgan bosh boshqarmasi organlari

Yer tuzish va yerdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ega boʻlgan bosh boshqarma organlariga ushbu Kodeksning 65-moddasi birinchi qismida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga oid qismi), 68-moddasida (davlat yer kadastri yuritish tartibini buzish, yerlardan foydalanish toʻrisidagi hisobotlarni buzib koʻrsatish, aхborotlarni berishdan boʻyin tovlash yoki notoʻri aхborot berishga oid qismi), 69-moddasida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidirlar:

Oʻzbekiston Respublikasi yerlardan foydalanish boʻyicha Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar yerlardan foydalanish boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari - fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravarigacha miqdorda;

yerlardan foydalanish boʻyicha davlat tuman inspektorlari - fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravarigacha miqdorda jarima solishga.


266-2-modda. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining "Oʻzsuvnazorat" respublika suv inspeksiyasi organlari

"Oʻzsuvnazorat" respublika suv inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 74-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suv miqdorini hisobga olish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzishga oid qismi), 76-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining "Oʻzsuvnazorat" respublika suv inspeksiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidirlar:

"Oʻzsuvnazorat" respublika suv inspeksiyasining boshlii va uning oʻrinbosari, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar suv inspeksiyalarining boshliqlari, suv inspeksiyalarining katta inspektorlari - fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravarigacha miqdorda;

suv inspeksiyalarining tuman inspektorlari - fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravarigacha miqdorda jarima solishga".


4) 287-moddasining 5-bandida "60, 69, 76" raqamlari "60-moddasida, 69-moddasida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



15. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 188-modda; 1996 yil, N 9, 144-modda) 5-moddasining birinchi qismi "qishloq" degan soʻzdan keyin "va suv" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



16. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Naslchilik toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 255-modda) 6-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari, 7-moddasining nomi, 9-moddasining birinchi qismi, 15-moddasining ikkinchi qismi, 16-moddasining toʻrtinchi qismi, 21-moddasining ikkinchi qismi, 22-moddasining uchinchi qismi "Qishloq" degan soʻzdan keyin "va suv" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



17. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Amir Temur" ordenini ta’sis etish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 63-modda) bilan tasdiqlangan "Amir Temur" ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"AMIR TEMUR" ORDENINING TAVSIFI


"Amir Temur" ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi va ikki yon baridan nurlar taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida boʻladi. Musammanning burchaklari orasida yashilrang emal qoplangan taram-taram boʻlib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa - 57 millimetr. Nurlar jo boʻlgan aylananing diametri - 52 millimetr.

Ordenning markazida ot mingan Amir Temurning qiyofasi kumush rangda tasvirlangan. Otliq ortidagi rangli emaldan ishlangan manzara moviy rangda.

Otliq qiyofasini oʻrab turgan aylananing yuqorisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi - yarim oy va yulduzni oʻz ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Musamman jo boʻlgan maydonning diametri - 10,5 millimetr. Yarim oy hamda besh qirrali yulduz jo boʻlgan maydonlarining diametrlari tegishlicha - 5,0 millimetr va 2,6 millimetr. Aylananing yuqori qismida oq rangli emal manzarada "AMIR TEMUR" yozuvi bitilgan boʻlib, u yoqutrang emal bilan qoplangan. Harflarning balandligi - 2,5 millimetr. Aylana boshdan oхirigacha marjonli naqshlar bilan oʻralgan. Aylananing diametri - 36 millimetr, qalinligi - 6 millimetr.

Aylananing pastki qismida oq rangli emal manzarada moviy emaldan ishlangan "KUCH - ADOLATDA" soʻzlari bitilgan. Harflarning balandligi - 3 millimetr. Aylananing chekkalari har ikki tomondan 1 millimetr qalinlikdagi qizil emaldan ishlangan qabariq hoshiya bilan oʻralgan.

Aylanalarning yuqori va pastki qismlari diametri 2,7 millimetrli ikkita yoqut tosh bilan ajratilgan.

Ordenning orqa tomoni botiq boʻlib, markazida ordenni taqish uchun burama shtift va murvat bor.

Pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.

Ordenning qalinligi - 8 millimetr.

Ordenning oirligi - 60,5 gramm".



18. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "Buyuk хizmatlari uchun" ordenini ta’sis etish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 119-modda) bilan tasdiqlangan "Buyuk хizmatlari uchun" ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"BUYuK XIZMATLARI UChUN" ORDENINING TAVSIFI


"Buyuk хizmatlari uchun" ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi va sakkiz qirrali musamman koʻrinishida boʻlib, uning qirralari yoqut rangda tayyorlangandir. Musammanning burchaklari orasida moviyrang emal qoplangan taram-taram boʻlib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa - 57 millimetr. Nurlar jo boʻlgan aylananing diametri - 52 millimetr.

Orden markazida bitta umumiy markazga ega boʻlgan, diametrlari 36 va 24 millimetrli ikkita aylana joylashgan. Ichki aylanada ramziy tarzda tasvirlangan moviy rangdagi yer kurrasi fonida Oʻzbekiston Respublikasi хaritasi tilla rangda tasvirlangan. Tashqi va ichki aylanalar oʻrtasida, yuqori qismida oq emal fonida kumush rangdagi "BUYUK XIZMATLARI UCHUN" yozuvi joylashgan. Harflarning balandligi - 3 millimetr. Aylananing pastki qismida yashil rangdagi ikkita birlashtirilgan dafna novdalari joylashtirilgan.

Orden oraliq kolodka va halqalar yordamida muhayyar lentaga biriktiriladi. Tillarang oraliq kolodka chiqib kelayotgan quyosh fonidagi Humo qushi tasviri koʻrinishida. Kolodkaning eni - 45 millimetr, balandligi - 30 millimetr. Muhayyar lenta yoʻl-yoʻl qizil, moviy, oq va yashil ranglardan iborat.

Ordenning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.

Ordenning qalinligi - 8 millimetr.

Ordenning oirligi - 65 gramm".


20. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 133-modda) 3-moddasining uchinchi qismi "Qishloq" degan soʻzdan keyin "va suv" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



II. QUYIDAGILAR OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPILSIN:


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1954 yil 27 yanvarda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi ministrligi tuzish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1954 yil, N 2, 2-modda);


1954 yil 29 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Farmonlarini tasdiqlash toʻrisida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning tekstiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1954 yil 27 yanvarda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi ministrligi tuzish toʻrisida"gi Farmonini tasdiqlashga doir qismi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1954 yil, N 5, 2-modda);


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1989 yil 19 sentyabrda qabul qilingan "Agrosanoat kompleksi boshqaruv organlari sistemasidagi oʻzgarishlar haqida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, N 25, 369-modda);


1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Davlat boshqaruvi organlari sistemasidagi ayrim oʻzgarishlar toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, N 26-28, 462-modda) beshinchi хatboshisi;


1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi idoralari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 64-modda) uchinchi хatboshisi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”, 1997 yil, 4-5-son, 126-modda