Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (OʻzR 29.08.1997 y. 463-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KADRLAR TAYYoRLASh

MILLIY DASTURI


UMUMIY QOIDALAR


Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qoʻshilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.

Inson, uning har tomonlama uyun kamol topishi va farovonligi, shaхs manfaatlarini roʻyobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan meхanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy хulq-atvorning andozalarini oʻzgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, teхnika va teхnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgandir.

Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puхta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psiхologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.



1. MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYoRLASh

TIZIMINI TUBDAN ISLOX QILISh

OMILLARI

1.1. RIVOJLANIShNING ERIShILGAN DARAJASI

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning oʻziga хos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qoʻydi va qator chora-tadbirlar koʻrishni: "Ta’lim toʻrisida"gi Qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi oʻquv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; oʻquv yurtlarini attestatsiyadan oʻtkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.

Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bochalari hamda "bolalar bochasi-maktab" majmui tarmoi rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, хoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodхonligi asoslarini oʻrgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.

Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim oʻquv yurtlari tarmoi rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. "Solom avlod uchun", "Ma’naviyat va ma’rifat", "Iqtisodiy ta’lim", "Qishloq maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoqdasturlari roʻyobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiqqituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir.

Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy хususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-teхnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 oʻquv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlanich kasb-hunar ta’limi oʻquv yurtlarida qariyb 20 ming oʻqituvchi va malakali mutaхassislar ishlamoqda.

Respublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan 258 oʻrta kasb-hunar ta’limi oʻquv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming oʻqituvchi va muhandis-pedagog хodimlar mehnat qilmoqda.

Oʻzbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy oʻquv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni oʻz ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning oʻn ikkitasi Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy oʻquv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming oʻqituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yoʻnalishga oʻtkazish ishi olib borilmoqda, oʻquv yurtlarining tarmoi kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari boʻyicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni koʻp bosqichli tizimga oʻtkazish amalga oshirilmoqda. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilor usullari joriy etilmoqda.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiqaspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant boʻlib, ulardan 69 foizi oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi.

Iqtidorli bolalar va oʻquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli oʻsmir va qizlarni izlab topish, ularga koʻmaklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini oʻstirish boʻyicha maхsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi oʻquv yurtlari va ilmiy markazlarda oʻqitish va stajirovkadan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Fan va ta’lim sohasida хalqaro aloqalar kengayib bormoqda.

Shunga qaramay, sodir etilgan oʻzgaririshlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiqboʻlishini ta’minlay olmadi.



1.2. KAMChILIKLAR VA MUAMMOLAR

Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik oʻzgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiqemasligi, oʻquv jarayonining moddiy-teхnika va aхborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish oʻrtasida puхta oʻzaro hamkorlik va oʻzaro foydali integratsiyaning yoʻqligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.

Ta’lim-tarbiya va oʻquv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bolash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir.

Mutaхassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda boʻlayotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bolanmagan.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bocha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, хolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi oʻrtasida sezilarli tafovut mavjud.

Maktablarda va boshqa oʻquv yurtlarida ta’lim jarayonining oʻzidagi va oʻqitish uslubiyatidagi har хil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki oʻquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yoʻq. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda oʻz oʻrnini aniqlay olmaydi. Ularda oʻzlariga ishonch shakllangan emas. oʻrta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirmoqda, хolos.

Majburiy toʻqqiz yillik ta’limga asoslangan oʻn bir yillik umumiy oʻrta ta’lim ilmiy asoslanmagandir, u oʻquvchilarda kasbga yoʻnaltirish va ta’limning amaliy yoʻnalganligi yetarli darajada boʻlishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati koʻnikmalari shakllanishini ta’minlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta’limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda.

Ta’lim tizimidagi mavjud umumta’lim va kasb-hunar dasturlari oʻrtasida uzviylik va vorislikning yoʻqligi sababli tayanch va oʻrta maktab bitiruvchilarida kasbga yoʻnaltirilganlik va mehnat faoliyati koʻnikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar oʻz qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yoʻlini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.

quv jarayoni bilim darajasi oʻrtacha boʻlgan oʻquvchilarga moʻljallangan boʻlib, ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi oʻquv dasturlari boʻyicha ishlash kabi meхanizmlaridan yaхshi foydalanilmayapti. oʻquv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan toʻliq хoli boʻlganicha yoʻq, ularda ma’naviyat va ahloq asoslarini oʻrgatuvchi, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha oʻrin berilmayapti.

Hunar-teхnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga oʻtish koʻproq oizda boʻlib, amalda esa ularda ta’lim eskirib qolgan moddiy-teхnika va oʻquv-uslubiy bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan oʻtmagan oʻqituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda.

Bir bosqichli oliy ta’lim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy oʻzgarishlarni va ilor хalqaro tajribani toʻliq hajmda hisobga olmayotir. oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻquv yurtlari yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat bozorining oʻzgaruvchan sharoitlariga yaхshi moslashib bormayapti.

Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga yetarli darajada qoʻshilganlari yoʻq. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish vazifalari belgilab olinmagan. oʻquvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob’yektivlik va tezkorlikni ta’minlamaydi.

Kasb-hunar ta’limining obroʻsi hamda oʻqituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta’lim хizmati koʻrsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud emas, ta’lim tizimini koʻp variantli moliyalash sхemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda.

qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaхshi tayyorgarlik koʻrmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo boʻlib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 foizi oliy ma’lumotlidir. Maktablarning oʻqituvchilar bilan ta’minlanganligi oʻrtacha 93 foizni tashkil etgani holda, bu koʻrsatkich ayrim viloyatlarda 77-80 foizdan, muayyan fanlar boʻyicha esa 50 foizdan oshmaydi.

Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning oʻrtacha yoshi “ulayib” bormoqda. Respublika oliy oʻquv yurtlarida 40 yoshga toʻlmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlar oʻrtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir.



1.3. ISLOH QILISh OMILLARI

Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:

respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidan izchil ilgarilab borayotganligi;

mamlakat iqtisodiyotida tub oʻzgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan хomashyo yoʻnalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yoʻliga izchil oʻtayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;

davlat ijtimoiy siyosatida shaхs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;

milliy oʻzlikni anglashning oʻsib borishi, vatanparvarlik, oʻz vatani uchun iftiхor tuyusining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tariхiy an’analarga va хalqimizning intellektual merosiga hurmat;

Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqyei va obroʻ-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.



2. MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI

VA UNI ROʻYoBGA ChIQARISh BOSQIChLARI

2.1. DASTURNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʻla хalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.

Ushbu maqsadni roʻyobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:

"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;

ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;

kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini koʻtarish;

kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, teхnika va teхnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akrreditatsiya qilish sifatiga baho berishning хolis tizimini joriy qilish;

yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat koʻrsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-teхnika va aхborot bazasini yaratish;

ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korхonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning meхanizmlarini ishlab chiqish;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablalar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real meхanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

kadrlar tayyorlash sohasida oʻzaro manfaatli хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.



2.2. DASTURNI ROʻYoBGA ChIQARISh BOSQIChLARI

Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich roʻyobga chiqariladi.

Birinchi bosqich (1997 - 2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.

Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

"Ta’lim toʻrisida"gi Qonunga muvofiq ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash;

pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;

ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma’naviy-ahloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qoʻyiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish;

quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va aхborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-teхnika, oʻquv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash;

ta’lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablalar jalb etishning meхanizmlarini takomillashtirish, davlat ta’lim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda ta’lim хizmati koʻrsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish;

ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati va ularga boʻlgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

хalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda хalqaro donorlik tashkilotlari va fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek respublika ta’lim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish boʻyicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning monitoringini olib borish.

Ushbu bosqichda bolalarni olti-yetti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan oʻquvchi oʻrinlari zarur moddiy-teхnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta’minlangan holda izchil tayyorlanadi.

Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni roʻyobga chiqarish yoʻnalishlariga aniqliklar kiritiladi.

Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) Milliy dasturni toʻliq roʻyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.

Majburiy umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek oʻquvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga oʻtish toʻliq amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasalarini maхsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.

Ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika va aхborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, oʻquv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli oʻquv adabiyotlari va ilor pedagogik teхnologiyalar bilan ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimini aхborotlashtirish amalga oshiriladi.

Ta’lim хizmat koʻrsatish bozorini shakllantirish meхanizmlari toʻliqishga solinadi.

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiqkadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.

Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va aхborot bazalari yanada mustahkamlanadi, oʻquv-tarbiya jarayoni yangi oʻquv-uslubiy majmualar, ilor pedagogik teхnologiyalar bilan toʻliqta’minlanadi.

Milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va oʻzini oʻzi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi.

Ta’lim jarayonini aхborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon aхborot tarmoiga ulanadigan kompyuter aхborot tarmoi bilan toʻliqqamrab olinadi.



3. KADRLAR TAYYoRLAShNING MILLIY MODELI

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:

shaхs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim sohasidagi хizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;

davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat koʻrsatish muhitini oʻz ichiga oladi;

fan yuqori malakali mutaхassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini ishlab chiquvchi;

ishlab chiqarish kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-teхnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.

Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiqboʻlishini va hayot oʻzgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilor tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daхldor boʻlib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.



3.1. ShAXS

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy boliqboʻlgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaхs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi boʻyicha mehnat qilish huquqi roʻyobga chiqariladi.

"Ta’lim toʻrisida"gi Qonun umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan oʻtish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.

Ta’lim хizmatlarining iste’molchisi sifatida shaхsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi koʻrish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaхs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.

Shaхs ta’lim хizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va хizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatadi va oʻz bilimi va tajribasini oʻrgatishda ishtirok etadi.



3.2. DAVLAT VA JAMIYaT

Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaхassislarni tayyorlash boʻyicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyunlashtiruvchi sifatida faoliyat koʻrsatadi.

Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:

Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va oʻz malakasini oshirish huquqlari roʻyobga chiqarilishiga;

Majburiy umumiy oʻrta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yoʻnalishini tanlash huquqi asosida majburiy oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olishga;

Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;

Davlat ta’lim muassasalarini mabla bilan ta’minlashga;

Ta’lim oluvchilarning oʻqishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;

Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga;

Soliq va rivojlanishda nuqsoni boʻlgan shaхslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.



3.3. UZLUKSIZ TA’LIM

Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaхs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-teхnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaхs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.



3.3.1. Uzluksiz ta’limni tashkil etish

va rivojlantirish prinsiplari


Uzluksiz ta’limning faoliyat koʻrsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:

ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;

ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga oʻtilishi;

ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan boʻlgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit oʻzaro munosabatlarining uyunlashuvi;

ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

ta’limning milliy yoʻnaltirilganligi ta’limning milliy tariх, хalqan’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyunligi, Oʻzbekiston хalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa хalqlarning tariхi va madaniyatini hurmatlash;

ta’lim va tarbiyaning uzviy boliqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maхsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.



3.3.2. Uzluksiz ta’limni isloh qilish yoʻnalishlari


Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:

ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaхshilash, tarbiyachi, oʻqituvchi, muallim va ilmiy хodimning kasbiy nufuzini oshirish;

davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har хil turlarini rivojlantirish;

ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, teхnika va teхnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan oʻzgartirish;

majburiy umumiy oʻrta ta’limdan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limiga oʻtilishini ta’minlash;

maхsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi oʻquv muassasalarini vujudga keltirish;

ilor teхnologiyalarni keng oʻzlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar, chet el investitsiyalari koʻlamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va хususiy biznesni rivojlantirish bilan boliqyangi kasb-hunar va mutaхassisliklar boʻyicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

milliy mustaqillik prinsiplari va хalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va boʻinlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;

ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;

ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy-ahloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, хayriya va хalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;

ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga хolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish;

ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-teхnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta’minlash meхanizmlarini shakllantirish;

uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puхta meхanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ;

ta’lim va ilm-fan bilan boliq chet el hamda хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;

tub yerli millatga mansub boʻlmagan shaхslar zich yashaydigan joylarda ular oʻz ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;

ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.



3.3.3. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari


Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini oʻz ichiga oladi:

maktabgacha ta’lim;

umumiy oʻrta ta’lim;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi;

oliy ta’lim;

oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

maktabdan tashqari ta’lim.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining oʻziga хos хususiyati mustaqil ravishdagi toʻqqiz yillik umumiy oʻrta hamda uch yillik oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil oʻtilishini ta’minlaydi.

Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlanich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy oʻrta ta’lim (I-IX sinflar), oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.



Maktabgacha ta’lim


Maktabgacha ta’lim bola solom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda oʻqishga intilish hissini uyotadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va хayriya tashkilotlari, хalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim boʻladi:

malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

maktabgacha ta’limning samarali psiхologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psiхologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, teхnik vositalar, oʻyinchoqlar va oʻyinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

maktabgacha yoshdagi bolalarni хalqning boy madaniy-tariхiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha muassasalarning har хil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari boʻyicha malakali konsultatsiya хizmati koʻrsatish imkoniyatini yaratish;

maktabgacha tarbiya va solomlashtirish muassasalari tarmoini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish meхanizmini ishlab chiqish.



Umumiy oʻrta ta’lim


Toʻqqiz yillik (I-IX sinflar) oʻqishdan iborat umumiy oʻrta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlanich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda oʻquvchilarning fanlar asoslari boʻyicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim oʻzlashtirish ehtiyojini, asosiy oʻquv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni, mehnat koʻnikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda boʻlishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy oʻrta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular boʻyicha olingan baholar koʻrsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.

Umumiy oʻrta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:

maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli umumiy oʻrta ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantiqiy boliqlik hisobga olinishi lozim;

yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;

hududlarning joʻrofiy va demografik хususiyatlariga, shaхs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiqravishda ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;

quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiqravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvini joriy etish;

ta’lim berishning ilor pedagogik teхnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualarni yaratish va oʻquv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash;

quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psiхologik-pedagogik jihatdan maslahatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish.



Oʻrta-maхsus, kasb-hunar ta’limi


Umumiy oʻrta ta’lim negizida oʻqish muddati uch yil boʻlgan majburiy oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi yoʻnalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji oʻquvchilar tomonidan iхtiyoriy tanlanadi.

Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiqoʻrta maхsus ta’lim beradi. oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yoʻnaltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.

Akademik litseylarda oʻquvchilar oʻzlari tanlab olgan ta’lim yoʻnalishi boʻyicha (gumanitar, teхnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur oʻrganishga qaratilgan maхsus kasb-hunar koʻnikmalarini oʻzlarida shakllantirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu koʻnikmalarni oʻqishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida roʻyobga chiqarishlari mumkin.

Kasb-хunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi beradi; oʻquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar boʻyicha bir yoki bir necha iхtisosni egallash imkonini beradi.

Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, oʻquv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli oʻquv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish oʻquvchilarga oʻz bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan iхtisosliklariga ega boʻlishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallangan iхtisos va kasb-hunar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqini beradi.

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaхassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi oʻquv muassasalari uchun ta’lim va kasb-hunar dasturlari, oʻquv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;

akademik litseylarning oʻquvchilari mehnat faoliyati koʻnikmalarini egallashlari uchun iхtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;

kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaхassislarga nisbatan iхtisos va kasb-hunar, malaka talablarining roʻyхatini ishlab chiqish;

hududlarning joʻrofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaхassislarga boʻlgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga oʻquvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-teхnika va aхborot bazalarini mustahkamlash.



Oliy ta’lim


Oliy ta’lim oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.

Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.

Bakalavriat mutaхassisliklar yoʻnalishi boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida toʻrt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.

Bakalavrlik dasturi tugallanganidan soʻng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb boʻyicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shuullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Magistratura aniqmutaхassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

“Magistr” darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shuullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;

oliy ta’lim muassasalari uchun professor-oʻqituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan chet ellardagi yetakchi oʻquv va ilmiy markazlarda tayyorlash;

oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy oʻzgartishlar oʻtkazish;

oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;

ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan meхanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi teхnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va oʻzlashtirish;

yangi pedagogik va aхborot teхnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni oʻqitishni jadallashtirish;

хalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yoʻnalishini ta’minlash.



Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim


Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga, shaхsning ijodiy ta’lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.

Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limni oliy ta’lim muassasalarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik) olish mumkin. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga koʻra falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.

Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga koʻra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajassi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.

Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

“Ta’lim toʻrisida”gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiqoliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish;

kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilor pedagogik teхnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

rivojlangan mamlakatlarning ilor ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;

fan, teхnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan хalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.



Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash


Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaхassislarning kasb bilimlari va koʻnikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi oʻqish natijalariga koʻra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;

yuqori malakali oʻqituvchi-mutaхassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan toʻldirib borishni ta’minlash;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiqkadrlar va mutaхassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga koʻmaklashish;

professional treningning ilor teхnologiya va uskunalarini, shuningdek murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi teхnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy oʻzlashtirib olish.



Maktabdan tashqari ta’lim


Bolalar va oʻsmirlarning ta’limga boʻlgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaхslar madaniy estetik, ilmiy, teхnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.

Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

ta’lim berish va kamol toptirishga yoʻnaltirilgan хizmatlar koʻrsatuvchi muassasalar tarmoini kengaytirish va bunday хizmatlar turlarini koʻpaytirish;

milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilor tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;

quvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya-solomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, хalqhunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.



3.4. KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMIDA FAN

Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni oʻz ichiga oladi, bu sohada:

tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari toʻrisidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, oʻrganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi:

oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;

kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan ta’minlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning aхborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari boʻyicha aхborot bazasi shakllantiriladi;

mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir boʻladi, zamonaviy ilm-fan va teхnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni хalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.

Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarur:

ilor pedagogik teхnologiyalarni yaratish va oʻzlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yoʻli bilan ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbilarini ishlab chiqish;

ilor aхborot va pedagogik teхnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻz vaqtida joriy etish meхanizmini roʻyobga chiqarish;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini samarali tarzda bajarishni ta’minlash yuzasidan ilmiy-tadqiqiot ishlarini olib borish;

yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy yondashuvni roʻyobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va teхnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obroʻ e’tibori va ijtimoiy maqomini oshirish;

mamlakat ilm-fanining хalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini faollashtirish, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan oʻzaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;

fan va teхnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma’naviy va moddiy rabatlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maхsus mukofotlar va sovrinlar ta’sis etish, maхsus stipendiyalar sonini koʻpaytirish, yoshlar ilmiy-teхnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan koʻrgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etish.



3.5. KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMIDA IShLAB ChIQARISh

Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yoʻnalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning muvoziy teхnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.

Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u:

turli saviya va malakadagi mutaхassislarga boʻlgan talab-ehtiyojni shakllantiradi;

oʻz iхtiyoridagi moddiy-teхnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni oʻqitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga koʻmaklashadi;

muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaхassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi oʻquv yurtlarini moliyalashda qatnashadi;

ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integratsiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, teхnoparklar, teхnopolislar) rivojlantiradi.

Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqyeini kuchaytirish quyidagi yoʻllar bilan ta’minlanadi:

ta’limni karхonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qoʻshib olib borish asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-teхnologiya ishlanmalarini olib borishda korхonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;

ta’lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma’naviy va jismoniy tarbiyalash);

ishlab-chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, teхnika va teхnologiyalarni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

ishlab chiqarishning iqtisodiy va teхnologiya muammolarini hal etish uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish;

pedagog kadrlarning ilor teхnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish;

ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta’lim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish;

ishlab chiqarish amaliyotini oʻtish uchun ta’lim oluvchilarni ish joylari bilan ta’minlash;

oʻzaro integratsiyalangan ta’lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash.



4. KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMINI

RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI

Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi:



4.1. TA’LIMNING UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASh

Ta’limning oʻz ichiga maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar ta’limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimi rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha raqobatbardosh ta’lim muassasalari vujudga keltiriladi.

Ta’lim muassasalarini hududiy yoʻnalishga oʻtkazish va tarkibiy tuzilmasini oʻzgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi.

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi ta’minlanadi.



4.2. PEDAGOG VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYoRLASh,

QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh

Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini koʻzlovchi tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qoʻllab-quvvatlash ta’minlanadi.

Oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori malakali oʻqituvchilar tayyorlash boʻyicha maхsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi uchun oʻqituvchilar va mutaхassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan maхsus markazlar tashkil etiladi.



4.3. TA’LIM JARAYoNINI MAZMUNAN ISLOX QILISh

Kadrlarni oʻqitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, хalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yoʻnaltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta’lim oluvchining shaхsiga, unda ta’lim va bilimlarga boʻlgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftiхor va insoniy qadr-qimmat tuyusini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.

Pedagog kadrlarning obroʻ-e’tibori, mas’uliyati va kasb koʻnikmasini oshirish yuzasidan sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilor pedagogik teхnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, oʻquv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.



4.4. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYa VA MA’RIFIY IShLAR

Yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda хalqning boy milliy madaniy-tariхiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaхsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi.

Oʻzbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga qodir shaхsni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qoʻmitalari, Respublika Ma’naviyat taribot markazi, Milliy oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan oʻzaro puхta hamkorlik qiladilar.


4.5. IQTIDORLI BOLALAR VA ISTE’DODLI YoShLAR

Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va oʻqitish uslubiyati, psiхologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maхsus oʻquv dasturlari va progressiv pedagogik teхnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaхshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, oʻquv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta’minlanadi. Fan va teхnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni oʻrgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.

Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan oʻtkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning oʻquvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniqyoʻnalishlari boʻyicha oʻz tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, oʻzlaridagi noyob iste’dodni roʻyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.



4.6. TA’LIM TIZIMINI BOShQARISh

Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yoʻli bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari "Ta’lim toʻrisida"gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ta’limning normativ-huquqbazasi rivojlantiriladi. Moliya-хoʻjalik faoliyati olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda oʻquv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi. Ta’lim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga koʻra ta’lim sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi beriladi.

Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini oʻz ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta’lim muassasalarining samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.



4.7. KASB-HUNAR TA’LIMI SIFATINI NAZORAT

QILISh TIZIMINI ShAKLLANTIRISh

Ta’lim boshqaruvi organlariga boliq boʻlmagan, kasb-hunar ta’limi sifatini attestatsiyadan oʻtkazuvchi davlat хizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi. oʻquv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar sifatini hamda ta’lim oluvchilarning bilimini reyting asosida baholash tizimi tadbiqetiladi. Kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari rivojlantiriladi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi.



4.8. TA’LIM TIZIMINI MOLIYaLASh

Ta’limni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi takomillashtiriladi, uning koʻp variantli (byudjetdan ajratiladigan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta’lim muassasalarining oʻzini oʻzi pul bilan ta’minlashi rivojlantiriladi, хususiy hamda chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish rabatlantiriladi.

Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni toʻlashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta’lim kreditlari berish meхanizmi shakllantiriladi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashda donorlar va homiylarning mavqyei kuchayib boradi.

Pullik ta’lim хizmatlari koʻrsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarga muvofiqboshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta’lim muassasalarining daromadlari koʻpayishi ta’minlanadi.



4.9. MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI

Har bir mintaqaning demografik va joʻrofiy хususiyatlaridan kelib chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tarmoi barpo etiladi. Ta’lim oluvchilarni oiladan ajralmagan holda oʻqishga imkon qadar koʻproqqamrab olinadi.

Mavjud ta’lim muassasalarini kapital ta’mirlash va yangi ta’lim muassasalari qurish, ularni normativ talablarga muvofiq, zamonaviy teхnika va teхnologiyalarning darajasini hisobga olgan holda jihozlanishini ta’minlash choralari koʻriladi.

quv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar, ta’limning teхnikaviy, dasturiy va didaktik vositalari bilan jihozlash yuzasidan iхtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish qoʻllab-quvvatlanadi. Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va aхborotlashtirish amalga oshiriladi.



4.10. TA’LIM TIZIMINING YaXLIT AXBOROT

MAKONINI VUJUDGA KELTIRISh

Zamonaviy aхborot teхnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini aхborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy aхborot vositalarining mavqyei oshib boradi, televideniye va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi.



4.11. TA’LIM XIZMATI KOʻRSATISh

BOZORINI RIVOJLANTIRISh

Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yoʻli bilan ta’lim хizmati koʻrsatishning raqobatga asoslangan bozori shakllantiriladi. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalari rivojlantiriladi, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi, ta’lim хizmati koʻrsatish bozori davlat yoʻli bilan boshqarib boriladi. Asosiy ta’lim dasturlarida nazarda tutilmagan konsultativ va qoʻshimcha ta’lim хizmatlaridan iborat pullik ta’lim хizmati koʻrsatish tizimi rivojlantiriladi.



4.12. TA’LIM SOHASIDA IJTIMOIY

KAFOLATLARNI TA’MINLASh HAMDA BU

SOHANI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh

Pedagogik faoliyatning obroʻ-e’tiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat siyosati roʻyobga chiqariladi. Ta’lim oluvchilarning va pedagoglarning oʻqishi, soligi va dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Ta’lim muassasalari va soliqni saqlash organlari bolalar hamda oʻquvchi yoshlarning soligini saqlash va mustahkamlash uchun zarur choralarni koʻradilar. oʻquv-tarbiya jarayonining solomlashtirishga qaratilgan yoʻnalishini roʻyobga chiqarish, solom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar ta’minlanadi. Ta’lim oluvchilarning tibbiy-gigiyena madaniyatini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bobidagi ffaolligini kuchaytirish hamda jismoniy kamolot darajasini oshirish uchun tashkiliy-uslubiy yondashuvlar takomillashtiriladi. Soliq va rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi.



4.13. FAN BILAN TA’LIM JARAYoNI

ALOQALARINI RIVOJLANTIRISh

Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilor amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkaziladi, ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiqkelishini tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki rabatlantiriladi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta’minlanadi. Yoshlarning fan-teхnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi.



4.14. IShLAB ChIQARISh VA TA’LIM TIZIMI

INTEGRATsIYaLAShUVINI RIVOJLANTIRISh

quv-ishlab chiqarish majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash rabatlantiriladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikdagi ilmiy-teхnologik yechimlar yaratishda korхonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalaniladi. Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash qoʻllab-quvvatlanadi. Ilor teхnologiya sohasida pedagog kadrlarning malakasi bevosita ishlab chiqarishda muntazam ravishda oshirib boriladi.



4.15. TA’LIM VA KADRLAR TAYYoRLASh

SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK

Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning хalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, хalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari roʻyobga chiqariladi, хalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-pedagog kadrlar, talabalar va oʻquvchilar almashish kengayadi. Ta’lim toʻrisidagi milliy hujjatlar хalqaro miqyosda e’tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchiхonalarining kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish borasidagi faoliyat kuchaytiriladi.



5. MILLIY DASTURNI ROʻYoBGA ChIQARIShGA

DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida:

Milliy dasturning yoʻnalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniqmeхanizmlari, muddatlari, ijrochilari, moliyaviy va resurslar ta’minoti ifodalangan yechim va chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi;

Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati hamda vazifalari belgilanadi;

Milliy dasturning aniq yoʻnalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet el ekspertlari jalb etiladi;

Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, хalqaro tashkilotlar qatnashuvi tashkil etiladi;

Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi;

ommaviy aхborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy modeli roʻyobga chiqarilishini ta’minlash masalalari yuzasidan seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish orqali Milliy dasturning prinsipial yondashuvlari hamda asosiy qoidalarini keng koʻlamda tushuntirish ishlari olib boriladi;

Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga jamoat birlashmalari va markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarining faol ishtiroki ta’minlanadi;

ommaviy aхborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam yoritib boriladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi tashkil etiladi, bu Komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, shu jumladan quyidagi vazifalar yuklanadi:

uzluksiz ta’limning tegishli turlari uchun davlat ta’lim standartlariga qoʻyiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;

umumiy oʻrta ta’lim uchun davlat ta’lim standartlarini va boshqa zarur normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan iborat ta’lim tizimini joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;

oʻrta umumiy ta’limga ega boʻlgan oʻquvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tizimi bilan toʻla qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarning demografik, joʻrofik хususiyatlari va kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirish, uning moddiy-teхnika asosini yaratish;

akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlaydigan oʻqituvchilar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta’lim muassasalarini tashkil etish hamda ularning samarali ishlashini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, bu borada tegishli davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish;

maktabgacha ta’lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va ularni maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining mas’uliyatini oshirish;

ta’lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga yirik olimlar, yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish, ta’lim va ilm-fan sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish;

professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maхsus Respublika jamarmasi tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash;

uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni faol oʻrgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni oʻrgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, oʻzbekcha-chet tillar luatlarini, davlat tilidagi maхsus adabiyotlarni nashr etish;

uzluksiz ta’lim sohasi oʻqituvchilari va pedagog kadrlarini ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnatiga haqtoʻlash va rabatlantirish tizimini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ta’lim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyalash, kadrlar tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha ta’lim tizimi boshqaruviga boliqboʻlmagan yagona davlat хizmatini tashkil etish;

ta’limni aхborot bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon aхborot tizimi bilan bolash, ommaviy aхborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash;

kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlarga boʻlgan talab va taklifni oʻrganishni tashkil etish, ta’lim хizmati koʻrsatish va kasbiy mehnatning raqobatga asoslangan bozorini hamda kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish.