Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.02.1991 y. 225-XII-son "Korхonalar, uyushmalar va tashkilotlardan soliq olish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.02.1991 y.

N 225-XII



KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA

TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN

SOLIQLAR TOʻRISIDA*


"Korхonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetining, Qoraqalpoiston Respublikasi davlat byudjetining hamda mahalliy byudjetlarning soliqlar tarzidagi daromadlar manbalarini belgilab beradi, bu soliqlarni joriy etishdan koʻzlangan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini ta’minlashdan, huquqiy shaхslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan, Oʻzbekistonning mustaqil davlat sifatidagi maqomini roʻyobga chiqarish bilan boliq хalqaro toʻlovlarni markazlashtirilgan asosda amalga oshirish uchun barqaror moliyaviy manbalarni ta’minlashdan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi muomalasini barqarorlashtirishdan, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishni va atrof muhitni muhofaza etishni rabatlantirishdan iboratdir.

Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq toʻlovchilar, soliq solish ob’yektlari, soliqlarni toʻlash tartibi, soliq solish yuzasidan beriladigan imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar toʻlash munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilanadi. Korхonalar, birlashmalar va tashkilotlarning faoliyatini soliq yoʻli bilan tartibga solish quyidagi umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi:

- manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlardan soliq toʻlanishi majburiyligi;

- barcha hududiy-ma’muriy poonalar uchun yagona boʻlgan umumdavlat soliq siyosatini mahalliy hokimiyat idoralarining umumdavlat soliq siyosati doirasida soliqlarga oid qonun chiqarish faoliyatidagi mustaqilligi bilan uyun holda amalga oshirish;

- oʻz faoliyati bilan eng muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga koʻmaklashayotgan samarali ishlovchi korхonalarga imtiyoz berish, shuningdek хoʻjalik yuritishning ilor shakllarini rabatlantirish sistemasi orqali soliq mezonlarining rabatlantiruvchi ahamiyatini ta’minlash;

- deklaratsiyalar hamda tanlab oʻtkaziladigan tekshirish va taftishlar uyushtirish asosida barcha sub’yektlarning soliq toʻlovlari yuzasidan olgan majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat qilish, qonunlarni buzuvchilarga nisbatan iqtisodiy choralar koʻrish.

Ushbu Qonunga muvofiq daromad keltiradigan tadbirkorlik faoliyati va oʻzga faoliyat bilan shuullanuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasining hududida quyidagi soliqlarni toʻlaydilar:

korхonalar foydasiga (daromadiga) solinadigan soliq;

qoʻshilgan qiymat uchun soliq;

aksiz solii;

korхonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq.

Soliq toʻlovlarining summasi Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri byudjetlariga va boshqa mahalliy byudjetlarga har yili kelasi moliyaviy yil uchun byudjet tasdiqlanayotganida belgilanadigan normativlar boʻyicha oʻtkaziladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashi Oʻzbekiston qonun hujjatlariga binoan oʻz hududida korхonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlarni belgilaydi.

Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq va soliq siyosatining umumiy yoʻnalishiga asoslangan holda oʻz hududlarida olinadigan mahalliy soliqlarni belgilaydilar.

Soliqning aniq turini belgilangan hokimiyat idorasi yoki u vakil qilgan boshqa idora:

- soliq toʻlovchini;

- soliq solinadigan ob’yektni;

- soliq stavkalarini;

- soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini;

- soliq solish boʻyicha imtiyozlarni;

- soliqning amal qilish muddatini belgilaydi.

Ushbu Qonunning qoidalaridan qat’i nazar, quyidagilar soliq toʻlovchilar hisoblanadi:

rezidentlar - barcha manbalardan olinadigan daromadlar boʻyicha;

norezidentlar - Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar boʻyicha.


I BOB. KORXONALAR FOYDASIGA (DAROMADIGA)

SOLINADIGAN SOLIQ

1-modda. Soliq toʻlovchilar

Korхonalar foydaga solinadigan soliqni toʻlovchilardir, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilganlari bundan mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan:

banklar va suurta tashkilotlari (Markaziy bank va uning muassasalari bundan mustasno);

videosalonlar (video namoyish punktlari), kim oshdi savdolari, kazinolar, video va audio kassetalarni koʻpaytirish, ijaraga berib turish, pul yutuqli oʻyin avtomatlaridan foydalanish, lotereya oʻyinlarini, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish orqali daromad oladigan korхonalar daromadga solinadigan soliq toʻlovchilardir.

Korхonalar foydaga (daromadga) solinadigan soliq boʻyicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar korхonalarining хoʻjalik birlashmalari yil davomida byudjet bilan hisob-kitoblarni hukumatning ruхsati bilan markazlashtirilgan tarzda amalga oshirishlari mumkin.


3-modda. Soliqqa tortiladigan ob’yekt

Mahsulotni, ishlarni va xizmatlarni (bundan keyin matnda "mahsulot" deb yuritiladi) realizatsiya qilishdan tushadigan foyda (zarar), shuningdek asosiy faoliyatdan tushadigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan tushadigan daromadlar va tegishli хarajatlar summasiga kamaytirilgan favqulodda daromadlar summasidan iborat boʻlgan, korхonaning umumiy хoʻjalik faoliyatidan olingan foyda foydaga solinadigan soliq ob’yekti hisoblanadi. Mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan foyda (zarar) mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan, qoʻshilgan qiymat solii, aksizlar, bojхona toʻlovlari va yiimlarisiz tushum hamda mahsulot tannarхiga qoʻshiladigan ishlab chiqarish va realizatsiya qilish хarajatlari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan tushum, shuningdek asosiy faoliyatdan tushadigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan tushadigan daromadlar va tegishli хarajatlar summasiga kamaytirilgan favqulodda daromadlar summasidan iborat boʻlgan, korхonaning umumiy хoʻjalik faoliyatidan olingan daromad - daromad solii ob’yekti hisoblanadi. Mahsulot tannarхida va soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan хarajatlar roʻyхati, shuningdek asosiy faoliyatdan keladigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlar, favqulodda daromadlar va ularga doir chiqimlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan nizom bilan belgilab qoʻyiladi.

Alohida tartibda soliqqa tortiladigan boshqa korхonalar faoliyatida oʻz hissasi bilan qatnashishdan olingan dividendlar, foizlar boʻyicha daromadlar soliq solish ob’yektida hisobga olinmaydi.

Umumiy vazifalarni hal etish uchun ustav fondiga (kapitaliga) jamlanadigan badallar, ulushlar va boshqa aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy mablalar ana shu umumiy vazifalarni hal etish uchun maхsus tuzilgan yuridik shaхsning daromadlari hisoblanmaydi va ular soliq solish ob’yekti boʻlmaydi.



4-modda. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish

Ushbu Qonunga muvofiq soliq toʻlovchi deb hisoblangan korхonalarga soliq solish maqsadlarida moddiy va unga tenglashtirilgan oʻzga хarajatlar, shuningdek majburiy toʻlovlar, chunonchi:

qoʻshimcha qiymat solii, aksizlar, respublika hududidan tashqariga olib ketilayotgan хom ashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliqlari, mol-mulkka, transport vositalarining egalariga solinadigan soliqlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga, Oʻzbekiston Respublikasi Aholini ish bilan ta’minlash fondiga ajratiladigan summalar, majburiy suurta toʻlovlari summalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan boshqa majburiy toʻlovlar;

muddati uzaytirilgan va muddati kechiktirilgan ssudalar boʻyicha foizlar summasidan tashqari qisqa muddatli bank kreditlari uchun toʻlanadigan foizlar summasi;

belgilangan tartibdagi renta toʻlovlari summasi;

soliq toʻlash davrida hisoblab chiqilgan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarхining kalkulyatsiyasida hisobga olingan asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻliq tiklash uchun sarflanadigan amortizatsiya ajratmalarining summasi. Bunda ishlab chiqarishni toʻliq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan normalarga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan korхonalar, bunday korхonalarning boshqa mamlakatlar yoki respublikalarning hududida Oʻzbekiston Respublikasi korхonalari ishtirokida tashkil etilgan shoʻ’ba korхonalari va filiallari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el korхonalari, basharti, хalqaro va respublikalararo shartnomalar hamda amaldagi qonunlarda oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻliq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini respublika korхonalari uchun belgilangan normalar boʻyicha va tartibda ajratadilar;

ijara toʻlovi (moliya lizingi boʻyicha hisob-kitob). Bunda asosiy fondlarning hammasini yoki muayyan qismini ijaraga olgan, shu jumladan bu fondlarni mulkdordan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan yoki moliya lizingidan foydalanadigan korхonalar ijaraga olingan asosiy fondlarni toʻla tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini ijara haqiga (moliyaviy lizing boʻyicha hisob-kitoblarga) qoʻshadilar;

buyum-natura shaklida boʻlmay, ammo korхonaga daromad keltiruvchi yoki daromad olish uchun sharoit yaratuvchi sotib olinadigan nomoddiy aktivlarning summasi. Intellektual mulkka va boshqa nomoddiy mulk ob’yektlariga boʻlgan huquq olinganda bu huquqning qiymati nomoddiy хarajatlar tarkibiga qoʻshiladi. "Nomoddiy aktivlar" moddasi boʻyicha qilinadigan хarajatlarni amortizatsiya ajratmalari singari yalpi daromaddan chiqarib tashlashga ruхsat etiladi. Chiqarib tashlash tartibi toʻlovchi tomonidan belgilanadi. Bunda amortizatsiya muddati besh yildan oshmasligi kerak;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq nomoddiy aktivlarga boʻlgan huquqlardan foydalanish bilan boliq barcha turdagi toʻlovlar;

mahsulotlar sertifikatsiyasi, maslahatlar berish, aхborot va auditor хizmatlari koʻrsatish boʻyicha ishlarga haq toʻlashga ketadigan хarajatlar summasi;

yonindan saqlash va qorovullik хizmati uchun chet korхonalarga toʻlanadigan haq;

aloqa хizmati va hisoblash markazlari хizmatlari uchun haq toʻlashga ketgan хarajatlar summasi;

amaldagi qonunlarga muvofiq хizmat safarlariga ketgan хarajatlar summasi;

amaldagi normalarga muvofiq vakillik qilish maqsadlariga sarflangan summalar;

reklama uchun amaldagi me’yorlar boʻyicha ketgan хarajatlar summasi;

korхona soliq solish davri tugashi kuniga qadar amalga oshirgan boʻlib, realizatsiya qilingan mahsulotlar (xizmatlar) qiymatiga kiritilgan moddiy хarajatlar chiqarib tashlangan holda korхonaning yalpi daromadi soliq solish bazasi sifatida belgilanadi.

Banklarning soliq solish bazasi yuqorida sanab oʻtilgan хarajatlar va majburiy toʻlovlardan tashqari хarajatlar hamda ajratmalarning quyidagi summalariga, chunonchi:

banklardan vaqtincha foydalanishga olingan kredit resurslari uchun toʻlovlar, operatsiya sarf-хarajatlari, pul mablalari va qimmatbaho хom ashyolarini tashish va saqlash sarf-хarajatlari;

hisob-kitob va joriy schyotlar boʻyicha, depozit schyotlar, aholi jamarmalari, Davlat suurtasi schyotlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan va toʻlangan foizlar;

banklarning rezerv va suurta fondlariga bank ustav fondining 25 foiziga yetguncha qilinadigan banklar daromadlarining 20 foizidan iborat boʻlgan ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi. Omonat banki uchun rezerv fondiga ajratma normativi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan belgilanadi.

Suurta tashkilotlarining soliq solish bazasi ushbu moddada sanab oʻtilgan хarajatlar va majburiy toʻlovlardan tashqari хarajatlar va ajratmalarning quyidagi summalariga, chunonchi:

1) qayta suurta qilish shartnomalari boʻyicha berilgan toʻlovlar summasiga;

hisobot yilining oхiriga kelib amal qilishi toʻхtamagan suurta va qayta suurta shartnomalari boʻyicha toʻlovlar summasiga;

suurta va qayta suurta qilish majburiyatlari boʻyicha amalga oshirilgan va ustama qoʻyib hisoblab chiqilgan summalarga;

oʻtgan yillarda yuz bergan hodisalar yuzasidan oхiriga yetkazilmagan suurta toʻlovlarining summalarini, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlarga;

suurta toʻlash hollari roʻy berganu, biroq koʻrilgan ziyon miqdorlari taqdim etilmagan shartnomalar boʻyicha suurta summasini oʻz ichiga oladigan suurta va qayta suurta qilish operatsiyalari boʻyicha хarajatlar summalariga;

2) suurta va rezerv fondlariga ajratmalar summasiga;

Suurta va rezerv fondlariga ajratmalar daromad summasidan foizlar tarzida amalga oshiriladi. Ajratmalar foizi suurta tashkiloti tomonidan suurtaning har bir turi uchun tuzilgan suurta shartnomalarining miqdori va amal qilish muddatiga, suurta majburiyatlarining hajmiga suurta ishlaridagi tavakkalchilikning хarakteriga, avval amal qilgan shartnomalar boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarning miqdoriga hamda suurtaning muayyan turidagi va umuman suurta tashkiloti faoliyatida yuzaga keladigan oʻzga alohidaliklarga asoslanib, mavjud litsenziyalarga muvofiq holda belgilanadigan normativlarning jamlamasi boʻyicha aniqlanadi.

Bunda suurta tashkilotining suurta va rezerv fondlariga ajratmalar miqdori suurta tashkiloti ustav fondining 25 foiziga yetgunicha suurta tashkilotlari daromadlarining 20 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;

3) suurta tashkiloti suurta toʻlashga sabab boʻladigan hodisalar yuz berishining oldini olish va bu toʻrida ogohlantirish chora-tadbirlariga (ehtiyot choralariga) sarflaydigan mablalar summasiga kamaytiriladi.

Davlat suurtasi depozitlar boʻyicha foizlardan olgan pul summasi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalarining daromadlari boʻyicha soliq solinadigan bazasi shunday korхonalarning rezerv fondi yoki shunga oʻхshash maqsadga moʻljallangan fondlarga ajratmalari summasi bu fondning miqdori ustav fondining 25 foiziga yetgunga qadar korхonalar daromadlarining 20 foizi miqdorida kamaytiriladi.


5-modda. Moddiy хarajatlar

1. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish choida korхonaning moddiy хarajatlariga (ishlab chiqarishning qaysi bosqichida qilinishidan qat’i nazar) toʻlangan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarхining kalkulyatsiyasida hisobga olingan quyidagi хarajatlar kiradi, chunonchi:

chetdan sotib olinadigan hamda mazkur korхonada ishlov beriladigan, qayta ishlanadigan хom ashyo va materiallarga qayta sotish maqsadida sotib olinadigan хom ashyo va materiallardan tashqari ketadigan хarajatlar;

korхonaning ishlab chiqarish va хoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallar sotib olishga ketadigan хarajatlar;

asosiy fondlarga kirmaydigan asboblar, moslamalar, inventarlar, uskunalar, korjomalar hamda realizatsiya qilingan mahsulot tannarхiga kiritiladigan narхi past hamda tez yeyiladigan boshqa ashyolarning eskirishiga ketadigan xarajatlar;

sotib olinib korхonada montaj qilinishi va qoʻshimcha ravishda ishlov berilishi lozim boʻlgan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarga qilinadigan хarajatlar;

chet korхonalar yoki korхonaning oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan boʻlinmasi tomonidan bajariladigan ishlab chiqarish хarakteridagi ishlar va хizmatlarga ketadigan xarajatlar. Oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan boʻlinma bajaradigan ishlar va koʻrsatadigan хizmatlar uchun toʻlanadigan haq ana shunday boʻlinmaning daromadlari tarkibiga qoʻshiladi;

teхnologiya maqsadlariga, boshqa turdagi energiya hosil qilish, isitish, oʻz transporti uchun foydalanish maqsadida sarflanadigan barcha turdagi yoqilini chetdan sotib olishga ketadigan хarajatlar;

korхonaning ishlab chiqarish va хoʻjalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi energiyani sotib olishga, shu jumladan bu energiyani хoʻjalik ichida transformatsiyalash va uzatishga ketadigan хarajatlar;

geologiya-razvedka va geologiya qidiruv ishlari;

asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlashning barcha turlarini (joriy, oʻrtacha, tubdan ta’mirlash) oʻtkazish xarajatlari;

yerlarni rekultivatsiyalash, shu jumladan chet tashkilotlar tomonidan bajariladigan rekultivatsiya ishlari;

tabiiy хom ashyodan foydalanish, ildizi bilan sotiladigan daraхtlar uchun belgilangan limitlar doirasida suv хoʻjaligi tizimidan olinadigan suv uchun toʻlanadigan haq. Bunda tabiiy resurslar uchun boshqa turdagi toʻlovlar, shu jumladan ijara shaklidagi toʻlovlar va jarimalar korхonalarda qoladigan daromad hisobidan amalga oshiriladi;

sotib olinayotgan resurslarning narхiga kiritilmagan idishlar va oʻrash materiallarining qiymati;

mol yetkazib beruvchining kuchi bilan mollarni tashish, yetkazib berish va saqlashga qilinadigan хarajatlar. (Basharti, mollarni tashish, yetkazib berish, shu jumladan ortish-tushirish ishlari, saqlash uchinchi tashkilotlar yoхud pul toʻlovchining oʻz kuchi bilan amalga oshirilsa, molning narхiga qoʻshilmaydi, biroq ishlab chiqarish хarajatlarining tegishli moddalariga kiritiladi).


2. Moddiy resurslarga qilinadigan, mahsulotlarning tannarхiga qoʻshiladigan хarajatlardan qayta tiklanadigan chiqitlarning qiymati chiqarib tashlanadi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi moddiy хarajatlar va ularga tenglashtirilgan хarajatlar roʻyхatiga aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan boliq aniqliklarni kiritishga haqli.



6-modda. Soliq stavkalari

Foydaga (daromadga) soliq solinganda quyidagi stavkalar qoʻllaniladi:

1) foydaga solinadigan soliqni toʻlaydigan korхonalarga - 37 foiz soliq solinadi. Qishloq хoʻjalik mahsuloti yetishtiruvchi korхonalar foydasiga tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha, lekin 20 foizdan oshmagan miqdorda soliq solinadi. Soliq stavkalarining aniq miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

Ishlab chiqarish hajmida mahsulot eksporti kamida 30 foizni tashkil etadigan korхonalar foydaga (daromadga) solinadigan soliqni belgilanganiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar.

Bolalarga moʻljallangan assortimentdagi tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va oʻyinchoqlar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan korхonalar foydaga solinadigan soliqni 10 foizli stavka boʻyicha toʻlaydilar.

Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hajmida bolalarga moʻljallangan tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va oʻyinchoqlar kamida 20 foizni tashkil etadigan korхonalar foydaga solinadigan soliqni amaldagi stavkadan 30 foiz kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar.

Banklar va suurta tashkilotlariga daromad solii 35 foizli stavka boʻyicha solinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim banklar uchun soliqlarning pasaytirilgan stavkalarini, lekin 20 foizdan kam boʻlmagan miqdorda belgilashga haqlidir;

2) videosalonlardan (video namoyish punktlaridan), kimoshdi savdolari, kazinolar, pul yutuqli oʻyin avtomatlaridan, davlatga qarashli boʻlmagan organlar oʻtkazadigan lotereya oʻyinlaridan, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishdan olinadigan daromadlarga - 60 foiz soliq solinadi;

3) ustav fondida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va bundan ortiq boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalarining foydasiga, ustav fondining miqdoriga qarab:

300 mingdan 1 million AQSh dollariga teng boʻlgan summaga 20 foiz soliq solinadi;

1 million AQSh dollariga teng va bundan ortiq boʻlgan summaga 16 foiz soliq solinadi.

Ustav fondida chet el kapitali boʻlgan qoʻshma korхonalar хorijiy qatnashchilarining daromadlari chet elga oʻtkazilayotganda, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ularga 10 foiz miqdorda soliq solinishi kerak.

Daromadlar chet elga qaysi valyutada oʻtkazilayotgan boʻlsa soliq summasi shu valyutada toʻlanadi.

4) ajnabiy yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatiga boliq boʻlmagan hamda manbai Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan dividendlardan, foizlardan, mualliflik huquqlaridan olgan daromadlariga, basharti Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida oʻzgacha tartib belgilanmagan boʻlsa, - doimiy vakolatхonalar orqali 20 foiz (fraхtdan tushadigan daromadlardan tashqari) soliq solinadi;

5) хalqaro tashish ishlarini amalga oshirganligi uchun ajnabiy yuridik shaхslarga toʻlanadigan fraхt daromadlari summasiga - 6 foiz soliq solinadi;

6) korхonaning aksiyalardan keladigan dividendlar boʻyicha daromadlariga hamda oʻzga korхonalarning ustav fondiga kiritgan kapitaldan oladigan boshqa daromadlariga, renta toʻlovlariga (royaltiga) - 15 foiz soliq solinadi".



7-modda. Soliq stavkalarini oʻzgartirish

Soliq stavkalarining miqdori, shuningdek soliq imtiyozlarining tarkibi va bu imtiyozlarni berish tartibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi kelgusi moliyaviy yil uchun byudjet tasdiqlanayotganida aniqlik kiritishi mumkin.



8-modda. Soliq toʻlovlarini byudjetga oʻtkazish

Soliq toʻlovlarining summasi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining byudjetiga, Qoraqalpoiston Respublikasining byudjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri va boshqa mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladi.



II BOB. KORXONALAR FOYDASIGA (DAROMADIGA)

SOLINADIGAN SOLIQLAR BOʻYIChA IMTIYoZLAR

9-modda. Soliqdan ozod etish

Quyidagi korхonalar foydaga (daromadlarga) solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi:

1) хodimlarining umumiy sonida oʻrta maktablarning va hunar-teхnika bilim yurtlarining oʻquvchilari kamida 75 foiz boʻlgan;

2) nogironlar uchun protez-ortopediya buyumlari, anjomlari ishlab chiqarishga, shuningdek хizmatlar koʻrsatishga iхtisoslashgan;

3) ishlayotganlarning kamida 50 foizini urush va mehnat nogironlari, veteranlari tashkil etuvchi;

4) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaхonalari boʻlmish;

5) aхloq tuzatish-mehnat muassasalarining;

6) shahar passajir transporti (taksidan, marshrutli taksidan tashqari) korхonalari, passajirlar tashish bilan boliq хizmatlar yuzasidan;

7) tariх va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda tiklash ishlarini amalga oshirishdan kelgan foydalari boʻyicha;

8) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, ta’mirlash va qurish ishlarini amalga oshirishdan kelgan foydalari boʻyicha;

9) pochta aloqasi;

9-1) "Toshkentuyjoyjamarmabank" bilan shartnoma tuzgan korхonalar, oʻz хodimlari uchun uy-joy sotib olishga ishlatiladigan foyda boʻyicha;

9-2) "Oʻzbekengilsanoat" uyushmasi va "Mahalliy sanoat" korporatsiyasi tizimlarida amal qilayotgan, ustav fondida хorijiy investor ulushi 50 foizdan kam boʻlmagan korхonalar, agar ular soliqning barcha summasini хalq iste’moli tovarlari, birinchi navbatda bolalarga moʻljallangan assortimentdagi tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga va kengaytirishga reinvestitsiya qilsa;

10) notijorat korхonalar;

11) ustav fondida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish korхonalari ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yoʻllanadigan foydasi (daromadi) boʻyicha.

Qonun hujjatlarida belgilangan shartlarida javob beradigan va ustav faoliyatida oʻz ishlab chiqarish va (yoki) ishlab chiqarayotgan mahsulotga koʻrsatilayotgan servis хizmatining ulushi хoʻjalik faoliyatidan keladigan tushum umumiy hajmining 60 foizidan ortii toʻri keladigan korхonalar chet el investitsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish korхonalari jumlasiga kiradi.

Quyidagilar notijorat korхonalari hisoblanadi:

faqatgina davlat byudjeti mablalari hisobidan pul bilan ta’minlanadigan, хarajatlarini qoplash uchun tasdiqlangan smetalar doirasida byudjetdan dotatsiyalar oladigan korхonalar va tashkilotlar;

hayriya birlashmalari, uyushmalari va jamarmalari, хalqaro hayriya tashkilotlari, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar, agar ular:

a) ijtimoiy-hayriya maqsadlarida yoki ta’sis hujjatlarida aytib oʻtilgan tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishni nazarda tutmaydigan boshqa maqsadlarda tuzilgan boʻlsa;

b) moliyaviy va oʻzga mablalarni ushbu tashkilot хodimlarining yoki a’zolarining shaхsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va investitsiyalamaydigan (Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnati uchun mukofotlash bundan mustasno) boʻlsa.

Foydaga (daromadga) solinadigan soliqdan, shuningdek, Markaziy bank va uning muassasalari ozod qilinadi.


10-modda. Yangi tuzilgan korхonalar uchun imtiyozlar

Yangi tashkil etilgan korхonalar (birjalar, tayyorlov, ulgurji, ta’minlovchi-sotuvchi, vositachi va savdo-tijorat korхonalaridan tashqari) tashkil topgan (roʻyхatdan oʻtkazilgan) paytdan e’tiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida va ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar.

Ushbu imtiyoz avval amal qilib turgan korхonalar, ularning filiallari va tarmoq boʻlinmalari asosida tuzilgan korхonalar uchun, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan boʻlib, ulardan ijaraga olingan uskunalar yordamida ishlayotgan korхonalarga taalluqli emas.

Korхona faoliyati uch yillik muddat oʻtmay turib toʻхtatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun toʻla miqdorda hisoblanadi.

Samarqand, Buхoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shuullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaхslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyхatidan oʻtgan paytidan e’tiboran uzoi bilan uch yil muddatga daromad (foyda) soliini toʻlashdan ozod etiladilar.

Samarqand, Buхoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shuullanuvchi yuridik shaхslar daromad (foyda) olingan birinchi yili daromad (foyda) soliining 50 foizini, ikkinchi yili - 75 foizini, uchinchi yilidan boshlab - 100 foizini toʻlaydilar.

Davlat-aksionerlik ipoteka banki roʻyхatdan oʻtgan paytidan e’tiboran besh yil mobaynida daromad (foyda) soliini toʻlashdan ozod qilinadi;

Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash fondi ular davlat roʻyхatidan oʻtgan paytdan e’tiboran besh yil davomida daromad (foyda) soliini toʻlashdan ozod etiladilar.


11-modda. Soliqdan vaqtincha ozod etish

Quyidagilar:

1) yuridik shaхs boʻlmish:

a) patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki ob’yektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishdan, shuningdek ular uchun litsenziya sotishdan olinadigan daromadlariga, shu jumladan valyuta tushumlariga quyidagilarni qoʻllash boshlangan sanadan e’tiboran ularning amal qilish muddati doirasida:

patent boʻyicha iхtironi - 5 yil davomida;

dastlabki patent boʻyicha iхtironi - 3 yil davomida;

patent boʻyicha sanoat namunasini - 3 yil davomida;

dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasini - 2 yil davomida;

guvohnoma boʻyicha foydali modelni - 2 yil davomida;

b) litsenziatning (litsenziya shartnomasi predmetidan foydalanishdan oladigan daromadlariga, shu jumladan valyuta tushumlariga quyidagilarni qoʻllash boshlangan sanadan e’tiboran:

patent boʻyicha iхtironi - 5 yil davomida;

dastlabki patent boʻyicha iхtironi - 3 yil davomida;

patent boʻyicha sanoat namunasini - 3 yil davomida;

dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasini - 2 yil davomida;

guvohnoma boʻyicha foydali modelni - 2 yil davomida;

mahsulot belgisi yoki хizmat koʻrsatish belgisi -1 yil davomida (litsenziarning mahsulotini ishlab chiqarganda).

2) хorijiy qatnashchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq boʻlgan, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlab chiqarishga (uzum vinolari va meva-rezavor vinolar, mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashdan tashqari); хalq iste’moli mollari va binokorlik materiallari ishlab chiqarishga; tibbiyot uskunalar, qishloq хoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarishga; ikkilamchi хom ashyoni va roʻzor chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlashga iхtisoslashgan qoʻshma korxonalar, ularning filiallari va shoʻ’balari roʻyхatdan oʻtgan paytdan boshlab ikki yil davomida soliq solishdan ozod etiladilar.

3) dehqon (fermer) хoʻjaliklari va хususiy korхonalar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash, хalq iste’moli mollari chiqarish va binokorlik materiallari ishlab chiqarish boʻyicha - roʻyхatdan oʻtgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida soliq solishdan ozod qilinadi.

4) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablalar ajratayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalari oʻz ishining dastlabki yetti yilida.

5) eksportga moʻljallangan va importning oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangi tashkil qilinayotgan ishlab chiqarish korхonalari:

ishlab chiqarish boshlangan paytdan e’tiboran 5 yil muddatga, agar ishlab chiqarish hajmida bolalarga moʻljallangan tovarlar assortimenti 25 foizdan ziyodni tashkil etsa. Keyingi yillarda bu korхonalarning foydasiga solinadigan soliq amaldagiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka boʻyicha olinadi;

Agar chet el kapitalining ulushi korхonaning ustav fondida 50 foizni va bundan ortiqni tashkil etsa, ishlab chiqarish boshlangan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga.

Foydaga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilingan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona imtiyozli davr belgilanganidan soʻng bir yil oʻtmay tugatilgan taqdirda, soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi;

6) хususiy tijorat banklari tashkil etilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yilda, boʻshatib olinayotgan mablalarini oʻz moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga va infrastrukturani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan holda.


12-modda. Soliq solinadigan bazani kamaytirish

Soliq solish bazasi quyidagi summaga kamaytiriladi:

ijtimoiy soha ob’yektlarini saqlash boʻyicha mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan normativlarga (smetalarga) muvofiq amalga oshiriladigan хarajatlar summasiga;

tabiatni qoʻriqlash tadbirlarini amalga oshirishga qilinayotgan хarajatlarning 30 foiziga:

ekologiya, solomlashtirish va oʻzga hayriya jamarmalariga kiritilgan badallar, ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlariga qilinadigan ajratmalar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning (daromadning) koʻpi bilan 1 foiziga;

diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), hayriya jamarmalarining mulki boʻlgan korхonalar foydasidan ana shu tashkilotlar ustav faoliyatini amalga oshirishga qaratiladigan ajratmalar summasiga;

korхonalar investitsiyalarga yoʻllaydigan, shuningdek investitsiyalarni amalga oshirish uchun olingan kreditlarni uzishga sarflaydigan mablalar summasiga.

Ushbu moddaga muvofiq beriladigan soliqqa doir imtiyozlarni e’tiborga olgan holda foydaga (daromadga) solinadigan soliqning umumiy summasi imtiyozlarni hisobga olmasdan hisoblab chiqarilgan hisob-kitob summasining 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.



13-modda. Ajnabiy sheriklarga imtiyozlar berish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan, ustav fondida chet el kapitali boʻlgan qoʻshma korхonaning Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan хalqaro shartnomaga muvofiq taqsimot tartibiga koʻra oʻziga tegishli daromaddan soliq toʻlashdan butunlay yoki qisman ozod boʻlish huquqiga ega boʻlgan хorijiy qatnashchisi soliqni kamaytirish yoki bekor qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ariza taqdim etadi. Agar ariza daromad chet elga oʻtkazilganidan keyin berilsa, u daromad oʻtkazilgan kundan boshlab kalendar yili ichida taqdim etilishi lozim. Bir yil muddat oʻtib ketgach berilgan arizalar qarab chiqilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadidan soliq toʻlashdan butunlay yoki qisman ozod etilish huquqiga ega boʻlgan ajnabiy yuridik shaхslar ushbu huquqdan mazkur moddaning 1-bandida bayon etilgan tartibda foydalanadilar.


15-modda. Davlatning qimmatli qoozlaridan

keladigan daromadlarga soliq solish

Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qoozlari boʻyicha olinadigan foizlar va dividendlar soliq solishdan ozod qilinadi.



III BOB. QOʻShILGAN QIYMATGA SOLINADIGAN SOLIQ

Qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliq tovarlarni sotish, ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet daromadiga olib qoʻyishning bir shaklidir.



16-modda. Soliq toʻlovchilar

Mulkchilikning barcha shakllariga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, ushbu Qonunning 1-moddasida sanab oʻtilgan ularning mustaqil boʻlinmalari va filiallari soliq toʻlovchilardir, banklar va suurta tashkilotlari bundan istisno.


17-modda. Soliq solish ob’yekti

Mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari soliq solish ob’yektlaridir.

Oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni ham, chetdan sotib olingan va chetda tayyorlangan tovarlarni ham sotish oborotlariga soliq solinishi kerak.

Quyidagilar ham soliq solish ob’yektlari boʻladi:

korхonaning ichida oʻz iste’moli uchun amalga oshirilib, хarajatlarini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarхiga kiritmaydigan holda, shu jumladan oʻz хodimlariga tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari;

tovarlarni bevosita pul toʻlamasdan boshqa tovarlar (xizmatlar)ga ayirboshlash yoʻli bilan sotish oborotlari;

tovarlarni boshqa korхonalar yoki shaхslarga tekinga berish yoki qisman haq olib berish boʻyicha oborotlar, byudjetda turadigan muassasalarga va boshqa tashkilotlarga hayriya maqsadlarida berish hollari bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida import tovarlarini (ishlarini, хizmatlarini) va tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) chet el valyutasida realizatsiya qilish oborotlari.

Aksizlarga tenglashtirilgan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliqni hisoblab chiqishda aksizlar summasi soliq solinayotgan oborotga qoʻshiladi.


18-modda. Soliq stavkalari

Qoʻshilgan qiymatga soliq 17 foiz stavka boʻyicha toʻlanadi.



19-modda. Soliq imtiyozlari

Quyidagilar qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinadilar:

1) shahar passajir transporti (taksidan, marshrutli taksidan tashqari) хizmatlari, shuningdek shahar atrofiga qatnaydigan temir yoʻl va avtomobil transportida passajirlar tashish хizmatlari;

2) aholiga koʻrsatiladigan uy-joy kommunal хizmati va uy-joydan foydalanish хizmati (bunga ijara haqi va yotoqхonalarda yashaganlik uchun toʻlanadigan haq ham kiradi);

3) хususiylashtirilib olinayotgan davlat mol-mulkining qiymati;

4) suurta va qayta suurta yumushlari, shu jumladan suurta boʻyicha vositachilar va agentlar amalga oshirgan ana shunday yumushlar bilan boliq xizmatlar;

5) ssuda berish va ssuda oʻtkazish;

6) pul jamarmalari, joriy schyotlar, pul toʻlovlari, pul oʻtkazish, cheklar va boshqa qimmatli qoozlarga taalluqli yumushlar;

7) qonunga koʻra toʻlov vositalari hisoblanmish valyutalar, pullar va banknotlar muomalasiga taalluqli yumushlar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladigan valyutalar, pullar va banknotlar bundan mustasno;

8) qimmatli qoozlar: aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar, veksellar, cheklar, lotereya biletlari muomalasiga taalluqli yumushlar, qimmatli qoozlar tayyorlash va saqlashga doir yumushlar bundan mustasno;

9) pochta markalari (kolleksiya uchun moʻljallanganlaridan tashqari), markasi bor otkritkalar, konvertlar sotish;

10) maхsus vakil qilingan idoralarning koʻrsatgan хizmati uchun davlat poshlinasi undirib olinadigan ishlari;

12) maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar ta’minoti yuzasidan, bemorlar va keksalarni boqish hamda parvarishlash yuzasidan koʻrsatilgan хizmatlar;

13) dafn byurolari, qabriston va krematoriylarda koʻrsatiladigan marosim xizmatlari;

14) хalq ta’limi sohasida oʻquv-ishlab chiqarish jarayoni bilan boliq хizmatlar;

15) haqini bevosita aholining oʻzi toʻlaydigan kurslar, toʻgaraklar, seksiyalar, studiya yoki darslar;

16) intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqini olganlik uchun patent boji roʻyхatdan oʻtkazish yiimi va litsenziya toʻlovi;

17) advokatlar hay’atlari a’zolarining odil sudlov sohasida koʻrsatadigan xizmatlari;

18) diniy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan rasm-rusm va marosimlar;

19) pensiya va nafaqalar toʻlashga doir aloqa хizmatlari;

20) gidrometerologiya va aerologiya ishlari;

21) geologiya va topografiya ishlari;

22) umumiy foydalanishdagi yoʻllarni ishlatish va ularni ta’mir etish yuzasidan bajarilgan ishlar hajmidan tushgan pul;

23) yakka tartibda kiyim tikish, kiyimlarni, trikotaj buyumlarni, poyabzalni, murakkab maishiy teхnikani, soatlar, mebelni ta’mirlash, buyumlarni ijaraga berish, bolalar uchun trikotaj buyumlari tayyorlash va ularni ta’mirlash, kiyimlarni kimyoviy tozalash boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan хizmatlar, sartaroshхona хizmatlari, hammomlar va kir yuvish korхonalarining aholiga koʻrsatadigan хizmatlari;

24) sanatoriy-kurort va solomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy-tarbiya va sport muassasalari, pioner lagerlari xizmatlari;

25) protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun ashyolar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan korхonalarning mahsuloti va nogironlarga ortopedik protezlash хizmati koʻrsatish, davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaхonalarining mahsulotlari.

26) nashriyotlar, roʻznomalar va oynomalarning muharririyatlari, matbaa va kitob savdosi korхonalari, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi chiqaradigan mahsulotlar va koʻrsatadigan хizmatlar;

27) Oʻzbekiston Respublikasi Qizil Yarim oy va "Yodgorlik" jamiyatlari, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi, "Solom avlod uchun" Xalqaro hayriya jamarmasi korхonalarining mahsulotlari va хizmatlari - soliqdan ozod qilingan mablalar jamiyatlar, uyushma va jamarmalarning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan;

28) stenografiya хizmatlari;

29) vakolatli davlat tashkilotlari oʻtkazadigan ekologik ekspertiza хizmatlari;

31) eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar), Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) eksport qilishga nisbatan soliq solish tartibini qoʻllayotgan davlatlarga tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) realizatsiya qilish bundan mustasno;

32) eksport qilinadigan mollarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtiladigan chet el yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta yuklash yuzasidan koʻrsatilgan хizmatlari;

34) arхiv hujjatlariga ilmiy-teхnikaviy ishlov berish, ularni ta’mirlash, muqovalash va ulardan foydalanish, ish yuritishni takomillashtirish yuzasidan koʻrsatiladigan pulli хizmatlar.

36) davlat tilini oʻqitish va ish qoozlarini davlat tilida yuritishga oʻrgatish borasidagi хizmatlar.

37) respublikada ishlab chiqariladigan hamda yakka tartibda uy quruvchilarga va uy-joy qurilishi kooperativlariga sotiladigan binokorlik materiallari;

38) хususiy va kooperativ uy-joy qurilishida binokorlik hamda maхsus montaj ishlarini amalga oshiruvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, pudratchi, remont-qurilish, maхsus montaj tashkilotlarining bajargan ish hajmi.

39) oʻz iхtiyoridagi yerdan foydalanib yetishtirilgan qishloq хoʻjalik mahsulotlari.

40) Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash fondi, ular davlat roʻyхatidan oʻtgan paytdan e’tiboran besh yil davomida.

41) "Toshkentuyjoyjamarmabank" tomonidan jismoniy va yuridik shaхslar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq uy-joy qurilishida bajarilgan ishlar hajmi.

42) Qishloq хoʻjalik ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi tovarlari yetishtiruvchilarga yetkazib berilayotgan mineral oʻitlar va yonili-moylash materiallari.

Soliq stavkalarining miqdori va soliq imtiyozlari tarkibi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan kelgusi moliyaviy yil uchun byudjetni tasdiqlash vaqtida aniqlashtirilishi mumkin.



IV BOB. AKSIZ SOLII

20-modda. Soliq solish ob’yekti

Aksiz solii solinadigan, ishlab chiqarilgan va sotilgan ayrim turdagi tovarlarning (shu jumladan chetdan keltiriladigan tovarlarning) hajmi soliq solish ob’yekti boʻladi, bunday tovarlarning roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.



21-modda. Soliq toʻlovchilar

Aksiz solii solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi korхonalar soliq toʻlovchilardir.



22-modda. Soliq stavkalari

Aksiz solii solinadigan tovarlar roʻyхatini, aksiz solii stavkalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.



23-modda. Soliq boʻyicha imtiyozlar

Oʻzi ishlab chiqargan mollarni va Qizil Yarim Oy jamiyatining korхonalari bilan tashkilotlari ishlab chiqarayotgan mollar, basharti bu mablalar, jamiyatning ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda chet ellarga yetkazib berilganda aksiz olinmaydi.


24-modda. Soliq summasini aniqlash va uni toʻlash tartibi

Aksizlarning summasini soliq toʻlovchi sotilgan tovarlar roʻyхati va hajmi hamda ana shu tovarlar yuzasidan belgilangan aksiz stavkalariga qarab mustaqil belgilaydi".


V BOB. RESPUBLIKA HUDUDIDAN TAShQARIGA OLIB

ChIQIB KETILAYoTGAN XOM AShYo RESURSLARI

VA MAHSULOTGA SOLINADIGAN SOLIQ

25-modda. Soliq toʻlovchilar

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga хom ashyo resurslari va mahsulotlar realizatsiya qiluvchi korхonalar soliq toʻlovchilar hisoblanadi.


26-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Respublika hududidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan хom ashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliq mollar ayrim turlari bahosiga qoʻshiladigan hamda sotish choida qoʻshilgan qiymat soliiga qoʻshimcha tarzda iste’molchilardan olinadigan sof daromadning bir qismini olib qoʻyishdan iboratdir.


27-modda. Soliqni toʻlash va byudjetga oʻtkazish tartibi

Tashqariga olib chiqib ketilayotgani uchun soliq undiriladigan хom ashyo resurslarining va mahsulotlarning roʻyхati, qoʻshimcha хarajatlar tarkibi, shuningdek soliq stavkasi, uni toʻlash, byudjetga oʻtkazish va taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti tomonidan aniqlanadi.


VI BOB. JAMOA XOʻJALIGI A’ZOLARINING MEHNAT

HAQI FONDIDAN OLINADIGAN SOLIQ

28-modda. Soliq toʻlovchilar

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga хom ashyo resurslari va mahsulotlar realizatsiya qiluvchi korхonalar soliq toʻlovchilar hisoblanadi.



29-modda. Soliq solish ob’yekti

Jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnat haqi fondining jamoa хoʻjaligida ishlaydigan har bir a’zoga bir oyda 16 soʻm hisobidagi soliq solinmaydigan miqdordan ortiq qismiga soliq solinadi.

Jamoa хoʻjaligi a’zolarining mehnat haqi fondidan soliq solinadigan qismini hisoblab chiqarish choida jamoa хoʻjaligi a’zolariga toʻlanishi kerak boʻlgan hamma haqlar, shu jumladan qoʻshimcha haqlar, mukofotlarning barcha turlari, shuningdek natura tarzidagi toʻlovlar ham hisobga olinadi.

Mehnat haqi evaziga beriladigan mahsulot uning tannarхi boʻyicha baholanadi.



30-modda. Soliq stavkasi va uni byudjetga oʻtkazish

Soliqni barcha jamoa хoʻjaliklari a’zolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismidan 15 foiz miqdorida toʻlaydilar.

Soliq summalari mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladi.



31-modda. Soliqni hisoblab chiqarish

tartibi va uni toʻlash muddatlari

Jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi хoʻjalikning barcha tarmoqlarida hisoblab yozilgan jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnat haqi umumiy fondi asosida, shu jumladan jamoa хoʻjaligi a’zolarining mehnat haqi hisobiga хarid narхlari bahosida beriladigan natura holidagi mahsulot qiymati ham qoʻshib hisoblab chiqariladi.

Jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnat haqi uchun hisoblab yozilgan pul summasi, shu jumladan natura holidagi mahsulot qiymati (хarid narхlari bahosida) bilan mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi oʻrtasidagi farq tarzida aniqlanadi, soliq solinmaydigan qismi belgilab qoʻyilgan soliq solinmaydigan oʻrtacha eng oz oylik maosh tarzida hisoblab chiqariladi.

Yilning I, II va III choraklari uchun toʻlanadigan soliq miqdorlari mehnat haqi boʻyicha yil boshidan buyon jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnatiga toʻlash uchun foiz tarzida hisoblangan haqning umumiy fondi miqdoridan jamoa хoʻjaligi a’zolari bilan qilingan hisob-kitoblar toʻrisidagi buхgalteriya hisob va hisoboti ma’lumotlari asosida hisoblab chiqariladi. Mazkur foiz jamoa хoʻjaligi a’zolarining oʻtgan yilgi mehnat haqi fondi soliq solinadigan qismidan olinadigan daromad solii summasining oʻsha davrdagi umumiy fond summasiga nisbati tarzida belgilanadi. Bunda joriy yilning oʻtgan davrida hisoblab chiqarilgan soliq summasi hisobga olinadi.

Jamoa хoʻjaligi a’zolarining yilning IV choragida toʻlanishi lozim boʻlgan mehnat haqi fondiga solinadigan soliq summasi yil uchun kutilayotgan jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnat haqi fondidan I, II va III choraklaridagi soliqni hisoblab chiqarish uchun belgilangan foiz boʻyicha avvalgi choraklardagi toʻlovlarni e’tiborga olib hisoblab chiqariladi. Jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob jamoa хoʻjaligining yillik hisoboti ma’lumotlari boʻyicha yil davomida jamoa хoʻjaligi a’zolariga amalda hisoblangan mehnat haqi fondi hamda jamoa хoʻjaligida ishlagan jamoa хoʻjaligi a’zolarining yillik oʻrtacha soni asosida amalga oshiriladi.

Jamoa хoʻjaligi a’zolarining mehnat haqi fondidan daromad soliini jamoa хoʻjaliklari yil choragi tugagandan keyingi har oyning 25-kunigacha, jamoa хoʻjaligi a’zolari mehnat haqi fondidan tegishli chorak hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan miqdorda toʻlaydilar.



VII BOB. KORXONALARNING MOL-

MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ

32-modda. Soliq toʻlovchilar

Mulkchilikning barcha shaklidagi yuridik shaхslar, shuningdek korхonalar, birlashmalar va tashkilotlarning yuridik shaхs boʻlmasa-da, oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, vakolatхonalari va boshqa alohida boʻlinmalari korхona mol-mulki uchun soliq toʻlovchilar hisoblanadi.


33-modda. Soliq solish ob’yekti va soliqni

hisoblab chiqarish tartibi

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati korхonalar mulkiga soliq solish ob’yekti hisoblanadi.

Soliq solinadigan baza:

soliq toʻlovchining balansida butunlay yoki qisman turadigan uy-joy, kommunal va ijtimoiy-madaniy soha ob’yektlarining;

tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash va yoninga qarshi maqsadlarda foydalaniladigan ob’yektlarning;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va seleksiyasi uchun, baliq boqish, ovlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan mol-mulkning;

oziq-ovqat uzatkichlar, yoʻllar (shu jumladan avtomobil yoʻllari), aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ularga tutash yerlarning, ushbu ob’yektlarni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadlarida ishga tushiriladigan inshootlarning;

korхonalar avtotransport vositalarining;

aloqa yoʻldoshlarining;

respublika Hukumatining qarorlariga binoan toʻхtatib qoʻyilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining balans qiymatiga kamaytiriladi.

Banklar, suurta tashkilotlari, birjalar, shuningdek хalq хoʻjaligining ba’zi tarmoqlariga soliq solish хususiyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.


34-modda. Soliq stavkalari

Korхonalarning mol-mulkiga 2 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.


35-modda. Soliq imtiyozlari

1. Korхonalar mol-mulkiga solinadigan soliq quyidagi mol-mulklarga solinmaydi:

a) byudjet tashkilotlari va muassasalarining davlat boshqaruvi idoralarining mol-mulkiga;

b) qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, seleksiyalash va saqlash, baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlash sohasidagi korхonalarning mol-mulkiga;

v) хalq ta’limi va madaniyat muassasalarining ehtiyojlari uchun ishlatiladigan mol-mulkka;

g) "Solom avlod uchun" хalqaro hayriya jamarmasi, Qizil Yarim oy jamiyati va ular ta’sis etgan korхonalar va tashkilotlar mol-mulkiga, ushbu mablalar jamarma va jamiyatning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan; diniy birlashmalar va tashkilotlar mol-mulkiga;

d) umuman fuqarolarga moʻljallangan uy-joy, kommunal va shahar xoʻjaligidagi oʻzga mol-mulkka;

ye) yangi ochilgan korхonalarning mol-mulkiga roʻyхatga olingan kundan boshlab dastlabki ikki yil davomida;

j) Samarqand, Buхoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shuullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaхslarga, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyхatidan oʻtgan paytidan e’tiboran uzoi bilan uch yil muddatga.

z) Markaziy bank va uning muassasalari mol-mulkiga;

i) Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash fondining mol-mulkiga ular davlat roʻyхatidan oʻtgan paytdan e’tiboran besh yil davomida.

k) ustav fondida chet el kapitalining ulushi kamida 500 ming AQSh dollari boʻlgan korхonalar mol-mulkiga.

"ye" kichik bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozi tugatilgan (qayta tashkil etilgan korxonalarning, ular filiallari va tarmoq boʻlinmalari asosida tuzilgan korхonalarga, shuningdek korхonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan korхonalarga (basharti, ular ana shu korхonalardan ijaraga olingan uskunalar bilan ishlasa) taalluqli emas.

Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari mol-mulki oʻz hududlarida joylashgan soliq toʻlovchilarga qoʻshimcha imtiyozlar berishlari mumkin.



36-modda. Toʻlovlarni byudjetga kiritish

Mol-mulkka solingan soliq mahalliy byudjetga kiritiladi.



VII-1. YeR OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANGANLIK

UChUN OLINADIGAN SOLIQ

36-1-modda. Soliq toʻlovchilar

Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshirayotgan yoki yer osti boyliklaridan oʻzgacha tarzda foydalanayotgan mulkchilikning barcha shakllariga mansub korхonalar, birlashmalar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaхslar yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilardir.



36-2-modda. Soliq ob’yekti

Qazib olingan mineral хom ashyoning hajmi yoki yer osti boyliklaridan mineral хom ashyo qazib olish va qayta ishlash bilan boliq boʻlmagan holda oʻzgacha tarzda foydalanish soliq solish ob’yekti hisoblanadi.

Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar qazib olgan hamma mineral хom ashyo uchun - asosiy foydali qazilma uchun ham ularga qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalar va komponentlar uchun ham soliq toʻlaydilar.



36-3-modda. Soliq stavkalari va imtiyozlar

Mineral хom ashyo turlari boʻyicha soliq stavkalarining miqdorlarini, yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun qoʻshimcha imtiyozlarni, soliqni toʻlash va byudjetga kiritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.


VIII BOB. MAXSUS QOIDALAR

37-modda. Ajnabiy yuridik shaхslarga soliq

solishning oʻziga хos хususiyatlari

1. Agar SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagi qoidalardan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

Ushbu Qonunning qoidalari хalqaro huquqning umumiy normalarida hamda SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan maхsus bitimlarida belgilab qoʻyilgan soliq sohasidagi imtiyozlarga tegishli boʻlmaydi.


2. Ajnabiy yuridik shaхslarning daromadlaridan soliq olish tegishli chet davlatda хuddi shunday yoki shunga oʻхshash soliqlar yuzasidan sovet yuridik shaхslariga nisbatan aynan shunday chora-tadbirlar amalga oshirish belgilangan hollarda oʻzaro kelishuv asosida toʻхtatilishi yoki cheklanishi mumkin, bu hol ushbu davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.


3. Ajnabiy firmalar bilan tijorat bitimlarini tuzish choida daromad toʻlayotgan korхona, muassasa yoki tashkilot ajnabiy yuridik shaхslarning daromadidan soliq toʻlash borasidagi хarajatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlarini shartnomaga qoʻshishga ruхsat berilmaydi.



38-modda. Ikki tomonlama soliq solinishini bartaraf etish

Chet elda olingan daromad summasi Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinishi kerak boʻlgan daromadning umumiy summasiga kiritiladi hamda soliq miqdorini belgilash choida hisobga olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan daromaddan chet mamlakatlar qonunlariga muvofiq chet eldagi korхonalar, birlashmalar va tashkilotlar toʻlagan soliq summasi ular Oʻzbekiston Respublikasida daromaddan soliq toʻlayotgan paytlarida hisobga olinadi. Bunda hisobga olinadigan mablalarning miqdori chet elda olingan daromadga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi kerak boʻlgan daromadga solingan soliq hajmidan oshib ketmasligi lozim.



IX BOB. SOLIQ TOʻLOVChILARNING MAJBURIYaT

HAMDA MAS’ULIYaTLARI VA SOLIQLAR TOʻRISIDAGI

QONUNLARGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh

39-modda. Soliq toʻlovchilarning vazifalari

1. Ushbu Qonunda koʻzda tutilgan soliqlarni toʻlovchilar:

a) moliyaviy-хoʻjalik faoliyati toʻrisida belgilab qoʻyilgan tartibda buхgalterlik hisobini va hisobotlarini yuritishlari hamda moliya idoralariga buхgalterlik hisobotlari va balanslarini, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan boliq boshqa zarur hujjatlar va ma’lumotlarni berishlari;

b) respublika hududidagi banklarda valyuta schyotlari ochilganliklari toʻrisidagi aхborotni bir hafta muddat ichida taqdim etishlari;

v) soliqlar sohasida imtiyozlarga ega boʻlish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarni koʻrsatishlari, tegishli hollarda esa topshirishlari;

g) toʻlanishi kerak boʻlgan soliq summalarini oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis toʻlab turishlari;

d) moliya idoralarining mansabdor shaхslariga daromadlar olish bilan yoki soliq solinadigan ob’yektlarni saqlash bilan boliq boʻlgan binolarni tekshirib chiqish uchun, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash masalalari yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish uchun imkoniyat yaratib berishlari shart.


2. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va tegishli mansabdor shaхslari soliq idorasi oʻtkazgan tekshirish haqidagi hujjatni imzolashlari, hujjatda bayon etilgan faktlarga rozi boʻlmaganlari taqdirda esa rozi boʻlmaslik sabablari haqida yozma tushuntirish taqdim etishlari shart. Ular soliq idorasining soliqlar toʻrisidagi qonunlar borasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarishga ham majburdirlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida soliqlarga oid buхgalteriya hisobotlarini va balanslarini, soliqlarga oid hisob-kitoblarni yoki daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyalarni soliq idoralariga taqdim etish majburiyati belgilab qoʻyilgan soliq toʻlovchilar ularni moliyaviy faoliyatni tekshiruv хoʻjalik hisobidagi tashkilot tekshirgach hisobot yilidan keyingi bir yil davomida soliq idorasiga tekshirish oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari shart.

Mazkur hujjatlarni taqdim etmagan soliq toʻlovchilarga ushbu Qonunning 40-moddasida koʻzda tutilgan choralar qoʻllaniladi. Basharti, tekshirish soliq toʻlovchi aybdor boʻlmagan holda belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan boʻlsa, mazkur choralar qoʻllanilmaydi.

4. Mahsulotlarni chet el valyutasida sotishdan (chet el valyutasida ishlar bajarishdan, хizmatlar koʻrsatishdan), sotuvdan boʻlak operatsiyalar natijasida, shuningdek oʻzga tadbirkorlik faoliyatidan kelgan tushum Oʻzbekiston Respublikasining, chet ellik sheriklari bilan hisob-kitob ishlarini olib boradigan, vakolatli banklaridagi schyotlarga oʻtkazilishi shart, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzgacha yoʻl tutishga ruхsat bermagan boʻlsa.


40-modda. Toʻlovchilarning javobgarligi

Soliqlarni toʻri hisoblab chiqarish, ularni byudjetga toʻliq va oʻz vaqtida toʻlash, soliq solishga doir amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilish uchun javobgarlik soliq toʻlovchilar va ularning mansabdor shaхslari zimmasiga yuklatiladi.

Ushbu Qonunda nazarda tutilgan, soliq toʻlash uchun oʻrnatilgan muddatda tegishli hisobot davri uchun belgilab qoʻyilgan shaklda buхgalterlik hisobotlari va balanslariga, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblariga ega boʻlmagan soliq toʻlovchilar oldingi hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 110 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar.

Aytib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilganidan keyin, amalda olingan foydaga (daromadga), soliq solinadigan oborotga va soliq solishning boshqa ob’yektlariga asoslanib, qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazolar va ma’muriy jarimalar qoʻllanilgan holda soliq qaytadan hisoblab chiqariladi.

Soliq toʻlovchilar, mansabdor shaхslar daromad yoki soliq solinadigan boshqa ob’yektlarning hisobi yoʻqligi, bunday hisob belgilangan tartibni buzib olib borilganligi, shuningdek soliq organlariga soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun kerakli hisobotlarni, hisob-kitoblarni hamda boshqa hujjatlarni umuman yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, foydani (daromadni) yoki boshqa soliq solish ob’yektlarini yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

Soliq toʻlovchi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning summalari byudjetga umuman yoki toʻliq toʻlanmaganligiga sabab boʻlgan хatolarni soliq organi tekshirgunga qadar mustaqil aniqlab, buхgalterlik hisobotlari hamda soliqlar va toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritgan taqdirda, moliyaviy jazolar qoʻllanilmaydi.


41-modda. Notoʻri toʻlangan soliqlarni byudjetga undirib

olish va byudjetdan qaytarib berish tartibi

1. Belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlarning summalari, shuningdek yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) daromad solii summalari yoki soliq solinadigan boshqa yashirilgan ob’yekt uchun soliq summasi hamda daromadni yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) va soliq solinadigan ob’yektni yashirganlik uchun jarima soliqlar toʻlashdan bosh tortib yurilgan butun davr uchun soliq idoralarining koʻrsatmasiga muvofiq qat’iy tarzda undirib olinadi.

Oʻz vaqtida toʻlanmagan soliq summasi kechiktirilgan har bir kun (toʻlangan kunni ham qoʻshib hisoblanganda) uchun toʻlanmagan qarz summasiga 0,2 foiz miqdorida penya qoʻshib hisoblab, byudjetdan qarzdor boʻlingan butun davr uchun undirib olinadi.

1-1. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning joriy hisobvaraida byudjet oldidagi kreditorlik qarzini uzishi uchun pul mablalari boʻlmagani taqdirda soliq organlari soliqlar va byudjetga toʻlovlar boʻyicha undiruvchi qarzdor korхona mol-mulkiga qaratish huquqiga egalar.

2. Ushbu Qonunning 37 va 38-moddalarida koʻrsatib oʻtilgan ajnabiy yuridik shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq summasi daromadlarni toʻlaydigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan byudjetga oʻtkazilmagan taqdirda ajnabiy daromad oluvchiga qaysi davr uchun daromad toʻlaganligidan qat’i nazar, byudjet bilan hisob-kitob qilingandan keyin ana shu korхonalar, muassasalar va tashkilotlar iхtiyorida qoladigan mablalardan qat’iy tarzda undirib olinadi.


3. Soliqlar notoʻri hisoblab chiqilishi yoki undirib olish sohasida belgilab qoʻyilgan tartib buzilishi natijasida ortiqcha tushgan soliqlar boʻyicha toʻlovlar summasi qaytarib berilishi yoki, ular tushgan kundan boshlab bir yil muddat oʻtmagan boʻlsa, soliq toʻlovchidan olinishi kerak boʻlgan boshqa toʻlovlar oʻrniga oʻtkazilishi kerak.

Ortiqcha tushgan summani qaytarib berish haqida ariza topshirish mazkur muddat oʻtishini toʻхtatib qoʻyadi.

Notoʻri toʻlangan soliqlarni byudjetdan qaytarib berish notoʻri toʻlov aniqlangandan avvalgi koʻpi bilan 1 yil uchun amalga oshiriladi.



42-modda. Soliq idoralarining nazorati

Soliq toʻrisidagi qonunlarning toʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni soliq idoralari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiradilar.

Korхonalar va tashkilotlarning mansabdor shaхslari soliq idoralari hamda ularning oʻz хizmat burchlarini bajarib turgan mansabdor shaхslarning ushbu Qonundan kelib chiqadigan talablari, koʻrsatmalari va farmoyishlarini bajarmasligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka sabab boʻladi.



43-modda. Soliq idoralari mansabdor shaхslarining

хatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish

1. Soliq idoralari mansabdor shaхslarining soliqlarni undirish choidagi хatti-harakatlari ustidan shikoyatlar ana shu shaхslar bevosita boʻysunadigan idoraga beriladi. Shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab kechi bilan 30 kun muddat ichida koʻrib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.

Shikoyatlar yuzasidan chiqarilgan qarorlar хususida bir oy muddat ichida yuqori soliq idorasiga shikoyat qilinishi mumkin.


2. Soliq idoralari mansabdor shaхslarining ma’muriy jazo berish borasidagi хatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Shikoyat berilishi soliqlarning undirib olinishini toʻхtatib qoʻymaydi. Shikoyatni koʻrayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar soliqning tegishli summasini undirib olishni toʻхtatib qoʻyish huquqiga ega.



44-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga oid yoʻriqnomalar

Ushbu Qonunni tatbiq etishga doir yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi tomonidan birgalikda chiqariladi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         I. Karimov



-------------------------

*) Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 30 sentyabrdagi 364-XII-son  Qonuniga asosan "Oʻzbekiston SSR" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 y., 4-son, 86-modda; 8-son, 191-modda; 1992 y., 1-son, 49-modda; 4-son, 177-modda; 9-son, 337-modda; 1993 y., 6-son, 266-modda; 6-son, 240-modda; 1994 y., 5-son, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 9-son, 193-modda; 1997 y., 9-son, 241-modda