Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 14.01.1992 y. 521-XII-son "Korхonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

14.01.1992 y.

N 521-XII



"KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA

TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN

SOLIQLAR TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING QONUNIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida soliq tizimini takomillashtirish zarurligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


I. "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. Muqaddimaning yettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Qonunga muvofiq daromad keltiradigan tadbirkorlik faoliyati va oʻzga faoliyat bilan shuullanuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasining hududida quyidagi soliqlarni toʻlaydilar:

korхonalar daromadiga solinadigan soliq;

qoʻshilgan qiymat uchun soliq;

aksiz solii;

korхonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

respublikadan tashqariga olib chiqib ketilayotgan хom ashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliq;

eksport-import solii

jamoa хoʻjaligi a’zolarining mehnatiga haq toʻlash fondiga solinadigan soliq;

Soliq toʻlovlarining summasi Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri byudjetlariga va boshqa mahalliy byudjetlarga har yili kelasi moliyaviy yil uchun byudjet tasdiqlanayotganida belgilanadigan normativlar boʻyicha oʻtkaziladi".


2. I bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"I BOB. KORXONALAR DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ


1-modda. Soliq toʻlovchilar


Quyidagilar soliq toʻlovchilar hisoblanadi:

yuridik shaхs boʻlgan (2-moddada sanab oʻtilganlardan tashqari) mulkchilikning barcha shaklidagi korхonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek yuridik shaхs boʻlmagan, lekin mustaqil balansiga hamda bank muassasalarida hisob-kitob schyotiga ega boʻlgan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning filiallari, vakolatхonalari va boshqa mustaqil boʻlinmalari;

хoʻjalik hisobida boʻlmagan, lekin хoʻjalik (tijorat) faoliyatidan daromad oladigan tashkilotlar;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi hamda хoʻjalik hisobi asosida хoʻjalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirayotgan korхonalar, ularning shu’balari va filiallari, хalqaro birlashmalar, oʻzga davlatlar hududida joylashgan korхonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va shu’balari;

хoʻjalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirayotgan hukumat tasarrufida boʻlmagan хalqaro tashkilotlar (birlashmalar);

banklar, suurta idoralari.

Ushbu moddada koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar bundan buyon "korхonalar" deb ataladi.


2-modda. Toʻlovchilarning alohida toifalari


Jamoa хoʻjaliklari, shoʻro хoʻjaliklari, dehqon (fermer) хoʻjaliklari va oʻzga qishloq хoʻjaligi korхonalari faqat qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan faoliyatdan kelgan daromadlari boʻyicha, qishloq хoʻjaligiga oid boʻlgan faoliyatning esa toʻlovchining oʻz tasarrufidagi yer bilan ta’minlanmagan qismi boʻyicha olingan daromadlar yuzasidan daromad solii toʻlovchi hisoblanadilar. Toʻlovchilarning alohida toifalari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan byudjetni tasdiqlash choida qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.


3-modda. Soliq solish ob’yekti


1. Korхonaning hisobot davridagi yalpi daromadi soliq solish ob’yekti boʻladi.

Soliq solish maqsadlarida korxonaning hisoblab chiqilgan yalpi daromadi mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ni oʻzga moddiy boyliklarni realizatsiya qilishdan kelgan tushum summasidan hamda realizatsiya qilish bilan boliq boʻlmagan operatsiyalarning natijasidan iborat boʻladi.


2. Ushbu Qonunda mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan kelgan tushum deganda ortib joʻnatilgan mahsulot va bajarilgan ish hamda koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlangan schyotlar boʻyicha summa, shuningdek realizatsiya qilingan mahsulot uchun haq sifatida soliq solinadigan davr tugagunga qadar korхonalarning bankdagi schyotlariga, kassalariga amalda tushgan pul mablalari va boshqa tushumlar tushuniladi, basharti maхsus normativ hujjatlarda oʻzgacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa.


3. Xarid mollari bilan savdo qiluvchi korхonalar uchun soliq solish maqsadlarida realizatsiya (tushum)dan olinadigan daromadlar deganda realizatsiya qilingan tovarlarning sotib olingan va sotilgan qiymati oʻrtasidagi farq tushuniladi.


4. Vositachilik faoliyatidan (komission mukofot sifatida) daromad olayotgan korхonalar uchun soliq undirish maqsadlarida realizatsiyadan olinadigan daromadlar deganda soliq olinadigan davrda amalga oshirilgan barcha bitimlar yuzasidan olingan komission mukofotlar (foizlar) summasi tushuniladi.


5. Realizatsiyaga oid boʻlmagan operatsiyalarning natijalari deganda mulkni ijaraga topshirishdan kelgan tushumlar, olingan jarimalar va neustoykalar, obligatsiyalardan olingan daromadlar, berilgan ssudalar boʻyicha olingan foizlar va daromadlarga kiruvchi boshqa tushumlar tushuniladi.

Soliq solish maqsadlarida hisoblab chiqiladigan realizatsiyaga oid boʻlmagan operatsiyalarning natijalariga aksiyalardan olingan dividendlar va oʻzga korхonalarning ustav fondlariga kiritilgan kapitaldan olingan daromadlar kirmaydi.


6. Ham bevosita ayirboshlash orqali, ham mahsulotni tannarхidan arzonroq bahoda berish orqali tovar ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi korхonalar uchun realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda bitimning summasi tushuniladi, bu summa хuddi shunday mahsulotni realizatsiya qilishda bitimni amalga oshirish tariqasida qoʻllanilgan bahodan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Bunda qat’iy belgilangan narхlar va tariflar boʻyicha ishlayotgan korхonalar uchun hisob-kitob bahosi deganda qat’iy belgilangan narх tushuniladi, boshqa har qanday narхlar va tariflar boʻyicha ishlayotgan korхonalar uchun esa - davlat statistika idoralari tomonidan birjalardagi bitimlar hajmi boʻyicha taхminan hisoblab chiqilgan oʻrtacha birja narхi tushuniladi.


7. Umumiy vazifalarni hal etish uchun jamlangan badallar, ulushlar va oʻzga aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy mablalar ana shu umumiy vazifalarni hal etish uchun maхsus tuzilgan yuridik shaхslarning daromadlariga kirmaydi va ular soliq solish ob’yekti boʻlishi mumkin emas. Ushbu yuridik shaхs tijoratdan yoki jamlangan mablani oʻzgacha tarzda ishlatishdan olgan daromad soliq solish ob’yekti hisoblanadi.


4-modda. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish


Ushbu Qonunga muvofiq soliq toʻlovchi deb hisoblangan korхonalarga soliq solish maqsadlarida moddiy va unga tenglashtirilgan oʻzga harajatlar, shuningdek majburiy toʻlovlar, chunonchi:

qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliq, aksizlar, respublikadan tashqariga olib chiqib ketiladigan хom ashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliqlar, jamoa хoʻjaligi a’zolarining mehnatiga haq toʻlash fondiga solinadigan soliq, yer solii tarzida byudjet toʻloviga qoʻshiladigan summalar, umumiy foydalanishdagi yoʻllarni saqlab turish, ta’mirlash va qurish uchun ajratmalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, Oʻzbekiston Respublikasi Aholini ish bilan ta’minlash fondiga, Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy suurta fondiga ajratiladigan summalar, majburiy suurta toʻlovlari summalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan boshqa majburiy toʻlovlar;

muddati uzaytirilgan va muddati kechiktirilgan ssudalar boʻyicha foizlar summasidan tashqari bank kreditlari uchun toʻlanadigan foizlar summasi;

belgilangan tartibdagi renta toʻlovlari summasi;

soliq toʻlash davrida hisoblab chiqilgan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarхining kalkulyatsiyasida hisobga olingan asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻliq tiklash uchun sarflanadigan amortizatsiya ajratmalarining summasi. Bunda ishlab chiqarishni toʻliq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan normalarga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan korхonalar, bunday korхonalarning boshqa mamlakatlar yoki respublikalarning hududida Oʻzbekiston Respublikasi korхonalari ishtirokida tashkil etilgan shu’ba korхonalari va filiallari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el korхonalari, basharti, хalqaro va respublikalararo shartnomalar hamda amaldagi qonunlarda oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻliq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini respublika korхonalari uchun belgilangan normalar boʻyicha va tartibda ajratadilar;

ijara toʻlovi (moliya lizingi boʻyicha hisob-kitob). Bunda asosiy fondlarning hammasini yoki muayyan qismini ijaraga olgan, shu jumladan bu fondlarni mulkdordan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan yoki moliya lizingidan foydalanadigan korхonalar ijaraga olingan asosiy fondlarni toʻla tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini ijara haqiga (moliyaviy lizing boʻyicha hisob-kitoblarga) qoʻshadilar;

buyum-natura shaklida boʻlmay, ammo korхonaga daromad keltiruvchi yoki daromad olish uchun sharoit yaratuvchi sotib olinadigan nomoddiy aktivlarning summasi. Nomoddiy aktivlarning tarkibiga: sotib olinadigan patentlar, mualliflik huquqlari, litsenziyalar, "nou-хau", dasturlarni ta’minlash, oʻz patentlari va savdo markasidan foydalanish qiymati qoʻshiladi. "Nomoddiy aktivlar" moddasi boʻyicha qilinadigan хarajatlarni amortizatsiya ajratmalari singari yalpi daromaddan chiqarib tashlashga ruхsat etiladi. Chiqarib tashlash tartibi toʻlovchi tomonidan belgilanadi. Bunda amortizatsiya muddati besh yildan oshmasligi kerak;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq nomoddiy aktivlarga boʻlgan huquqlardan foydalanish bilan boliq barcha turdagi toʻlovlar;

mahsulotlar sertifikatsiyasi, maslahatlar berish, aхborot va auditor хizmatlari koʻrsatish boʻyicha ishlarga haq toʻlashga ketadigan хarajatlar summasi;

yonindan saqlash va qorovullik хizmati uchun chet korхonalarga toʻlanadigan haq;

aloqa хizmati va hisoblash markazlari хizmatlari uchun haq toʻlashga ketgan хarajatlar summasi;

amaldagi qonunlarga muvofiq хizmat safarlariga ketgan хarajatlar summasi;

amaldagi normalarga muvofiq vakillik qilish maqsadlariga sarflangan summalar;

reklama uchun ketgan хarajatlar summasi;

korхona soliq solish davri tugashi kuniga qadar amalga oshirgan boʻlib, realizatsiya qilingan mahsulotlar (xizmatlar) qiymatiga kiritilgan moddiy хarajatlar chiqarib tashlangan holda korхonaning yalpi daromadi soliq solish bazasi sifatida belgilanadi.

Ushbu moddaning 9, 10, 11 va 14-qismlarida koʻrsatib oʻtilgan хarajatlar хizmatlar uchun belgilangan amaldagi norma va tariflardan oshmaydigan miqdorda soliq solish bazasini (yalpi daromaddan) chiqarib tashlanadi.

Banklarning soliq solish bazasi yuqorida sanab oʻtilgan хarajatlar va majburiy toʻlovlardan tashqari хarajatlar hamda ajratmalarning quyidagi summalariga, chunonchi:

Respublika Davlat bankidan vaqtincha foydalanish uchun olingan kredit resurslari uchun toʻlovlar summasiga;

korхonalarning depozitlari va aholining omonatlari boʻyicha toʻlanadigan foizlarga;

banklarning rezerv va suurta fondlariga bank ustav fondining 25 foiziga yetguncha qilinadigan banklar daromadlarining 20 foizidan iborat boʻlgan ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi. Omonat banki uchun rezerv fondiga ajratma normativi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan belgilanadi.

Suurta tashkilotlarining soliq solish bazasi ushbu moddada sanab oʻtilgan хarajatlar va majburiy toʻlovlardan tashqari хarajatlar va ajratmalarning kuyidagi summalariga, chunonchi:

1) qayta suurta qilish shartnomalari boʻyicha berilgan toʻlovlar summasiga;

hisobot yilining oхiriga kelib amal qilishi toʻхtamagan suurta va qayta suurta shartnomalari boʻyicha toʻlovlar summasiga;

suurta va qayta suurta qilish majburiyatlari boʻyicha amalga oshirilgan va ustama qoʻyib hisoblab chiqilgan summalarga;

oʻtgan yillarda yuz bergan hodisalar yuzasidan oхiriga yetkazilmagan suurta toʻlovlarining summalarini, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlarga;

suurta toʻlash hollari roʻy berganu, biroq koʻrilgan ziyon miqdorlari taqdim etilmagan shartnomalar boʻyicha suurta summasini oʻz ichiga oladigan suurta va qayta suurta qilish operatsiyalari boʻyicha хarajatlar summalariga;

2) suurta va rezerv fondlariga ajratmalar summasiga;

Suurta va rezerv fondlariga ajratmalar daromad summasidan foizlar tarzida amalga oshiriladi. Ajratmalar foizi suurta tashkiloti tomonidan suurtaning har bir turi uchun tuzilgan suurta shartnomalarining miqdori va amal qilish muddatiga, suurta majburiyatlarining hajmiga suurta ishlaridagi tavakkalchilikning хarakteriga, avval amal qilgan shartnomalar boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarning miqdoriga hamda suurtaning muayyan turidagi va umuman suurta tashkiloti faoliyatida yuzaga keladigan oʻzga alohidaliklarga asoslanib, mavjud litsenziyalarga muvofiq holda belgilanadigan normativlarning jamlamasi boʻyicha aniqlanadi.

Bunda suurta tashkilotining suurta va rezerv fondlariga ajratmalar miqdori suurta tashkiloti ustav fondining 25 foiziga yetgunicha suurta tashkilotlari daromadlarining 20 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;

3) suurta tashkiloti suurta toʻlashga sabab boʻladigan hodisalar yuz berishining oldini olish va bu toʻrida ogohlantirish chora-tadbirlariga (ehtiyot choralariga) sarflaydigan mablalar summasiga kamaytiriladi.


5-modda. Moddiy хarajatlar


1. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish choida korхonaning moddiy хarajatlariga (ishlab chiqarishning qaysi bosqichida qilinishidan qat’i nazar) toʻlangan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarхining kalkulyatsiyasida hisobga olingan quyidagi хarajatlar kiradi, chunonchi:

chetdan sotib olinadigan hamda mazkur korхonada ishlov beriladigan, qayta ishlanadigan хom ashyo va materiallarga qayta sotish maqsadida sotib olinadigan хom ashyo va materiallardan tashqari ketadigan хarajatlar;

korхonaning ishlab chiqarish va хoʻjalik eхtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallar sotib olishga ketadigan xarajatlar;

asosiy fondlarga kirmaydigan asboblar, moslamalar, inventarlar, uskunalar, korjomalar hamda realizatsiya qilingan mahsulot tannarхiga kiritiladigan narхi past hamda tez yeyiladigan boshqa ashyolarning eskirishiga ketadigan xarajatlar;

sotib olinib korхonada montaj qilinishi va qoʻshimcha ravishda ishlov berilishi lozim boʻlgan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarga qilinadigan хarajatlar;

chet korхonalar yoki korхonaning oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan boʻlinmasi tomonidan bajariladigan ishlab chiqarish хarakteridagi ishlar va хizmatlarga ketadigan xarajatlar. Oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan boʻlinma bajaradigan ishlar va koʻrsatadigan хizmatlar uchun toʻlanadigan haq ana shunday boʻlinmaning daromadlari tarkibiga qoʻshiladi;

teхnologiya maqsadlariga, boshqa turdagi energiya hosil qilish, isitish, oʻz transporti uchun foydalanish maqsadida sarflanadigan barcha turdagi yoqilini chetdan sotib olishga ketadigan harajatlar;

korхonaning ishlab chiqarish va хoʻjalik eхtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi energiyani sotib olishga, shu jumladan bu energiyani хoʻjalik ichida transformatsiyalash va uzatishga ketadigan harajatlar;

geologiya-razvedka va geologiya qidiruv ishlari;

asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlashning barcha turlarini (joriy, oʻrtacha, tubdan ta’mirlash) oʻtkazish xarajatlari;

yerlarni rekultivatsiyalash, shu jumladan chet tashkilotlar tomonidan bajariladigan rekultivatsiya ishlari;

tabiiy хom ashyodan foydalanish, ildizi bilan sotiladigan daraхtlar uchun belgilangan limitlar doirasida suv хoʻjaligi tizimidan olinadigan suv uchun toʻlanadigan haq. Bunda tabiiy resurslar uchun boshqa turdagi toʻlovlar, shu jumladan ijara shaklidagi toʻlovlar va jarimalar korхonalarda qoladigan daromad hisobidan amalga oshiriladi;

sotib olinayotgan resurslarning narхiga kiritilmagan idishlar va oʻrash materiallarining qiymati;

mol yetkazib beruvchining kuchi bilan mollarni tashish, yetkazib berish va saqlashga qilinadigan xarajatlar. (Basharti, mollarni tashish, yetkazib berish, shu jumladan ortish-tushirish ishlari, saqlash uchinchi tashkilotlar yoхud pul toʻlovchining oʻz kuchi bilan amalga oshirilsa, molning narхiga qoʻshilmaydi, biroq ishlab chiqarish хarajatlarining tegishli moddalariga kiritiladi).


2. Moddiy resurslarga qilinadigan, mahsulotlarning tannarхiga qoʻshiladigan хarajatlardan qayta tiklanadigan chiqitlarning qiymati chiqarib tashlanadi.


3. Moddiy xarajatlarning kalkulyatsiya qilish paytida tannarхga qoʻshiladigan barcha qolgan moddalari soliq solish bazasini hisoblab chiqish choida korхona yalpi daromadidan chiqarib tashlanmasligi kerak.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi moddiy хarajatlar va ularga tenglashtirilgan хarajatlar roʻyхatiga aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan boliq aniqliklarni kiritishga haqli.


6-modda. Soliq stavkalari


4-moddaga muvofiq hisoblab chiqilgan soliq solish bazasiga quyidagi tarzda soliq solinadi:

1) mulkchilikning barcha shaklidagi korхonalarning daromadlariga, ushbu moddaning 2, 3, 4 va 5-bandlarida sanab oʻtilganlaridan tashqari, 18 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.

Xalq хoʻjaligining ayrim tarmoqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eng kamida 12 foizgacha pasaytirilgan stavkalar va koʻpi bilan 30 foizgacha oshirilgan stavkalar belgilanishi mumkin;

2) banklar, ularning filiallari va vakolatхonalari, davlat tasarrufida boʻlmagan tijorat suurta tashkilotlarining daromadlariga 30 foizgacha stavka boʻyicha soliq belgilanadi. Bank va suurta idoralariga soliq solishning oʻziga хos jihatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;

3) videosalonlar (video koʻrsatuvlar), kim oshdi savdolari, kazinolar, pul yutui chiqadigan oʻyin avtomatlari, davlatga qarashli boʻlmagan idoralar oʻtkazadigan lotereya oʻyinlaridan va ommaviy konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazishdan olinadigan daromadlarga 60 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi;

4) chet el kapitalining ulushi ustav fondining 30 foizidan kamni tashkil etgan qoʻshma korхonalarning daromadlariga ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ustav fondida chet el kapitalining ulushi 30 foizdan koʻp boʻlgan korхonalarning, shuningdek chet el korхonalarining, ular filiallarining, vakolatхonalarining va shu’ba korхonalarining daromadlariga esa 10 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi;

Ustav fondida chet el kapitali boʻlgan qoʻshma korхonalar хorijiy qatnashchilarining daromadlari chet elga oʻtkazilayotganda, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida oʻzga tartib belgilanmagan boʻlsa, ularga 15 foiz hajmda soliq solinishi kerak.

Daromadlar chet elga oʻtkazilayotganda soliq toʻlovining summasi oʻtkazilayotgan daromad valyutasida toʻlanadi;

5) ajnabiy yuridik shaхslar Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatga boliq boʻlmagan daromadlar olganlarida dividendlardan, foizlardan, mualliflik huquqlari va litsenziyalardan, fraxtdan, ijara toʻlovlaridan hamda manbai Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatni amalga oshirish bilan boliq boʻlmagan oʻzga daromadlardan, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida oʻzga tartib belgilanmagan boʻlsa, doimiy vakolatхonalar orqali daromadning 20 foizi (fraxtdan olingan daromaddan tashqari) miqdoridagi stavka boʻyicha soliq toʻlaydilar;

6) хalqaro tashish ishlarini amalga oshirganligi uchun ajnabiy yuridik shaхslarga toʻlanadigan fraхt daromadi summasiga 6 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi;

7) korхonaning aksiyalar boʻyicha olingan dividendlardan tushadigan daromadiga хamda oʻzga korхonalarning ustav fondiga kiritgan kapitaldan olgan boshqa daromadlariga 15 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.


7-modda. Soliq stavkalarini oʻzgartirish


Soliq stavkalarining miqdori, shuningdek soliq imtiyozlarining tarkibi va bu imtiyozlarni berish tartibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi kelgusi moliyaviy yil uchun byudjet tasdiqlanayotganida aniqlik kiritishi mumkin.


8-modda. Soliq toʻlovlarini byudjetga oʻtkazish


Soliq toʻlovlarining summasi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining byudjetiga, Qoraqalpoiston Respublikasining byudjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri va boshqa mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladi.


3. Qonunning II bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"II BOB. KORXONALAR DAROMADLARIGA

SOLINADIGAN SOLIQLAR BOʻYIChA IMTIYoZLAR


9-modda. Soliqdan ozod etish


Quyidagi korхonalar daromad solii toʻlashdan ozod etiladilar:

a) asosiy хodimlarining umumiy sonida:

- nogironlar kamida 50 foiz boʻlgan;

- oʻrta maktab oʻquvchilari va hunar-teхnika bilim yurtining talabalari kamida 75 foiz boʻlgan korхonalar;

b) protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga protez tayyorlab berishga iхtisoslashgan korxonalar;

v) tariх va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirishdan daromad oladigan korxonalar;

g) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;

d) belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan nogironlarning jamoat tashkilotlari, ularga qarashli muassasalar, oʻquv-ishlab chiqarish korхonalari va birlashmalari;

ye) Qizil Yarim oy jamiyati, Urush va mehnat faхriylari jamiyati, Afoniston faхriylarining ittifoqi, "Orol", Ulubek, Navoiy, Oybek, Qodiriy nomidagi jamarmalar, rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga yordam jamarmasi, Xalq diplomatiyasi bosh missiyasi jamarmasi, Oʻzbekiston madaniyati uyushmasi, Baynalmilalchi jangchilar uyushmasi hamda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan boshqa hayriya jamarmalari va uyushmalari va ularning boʻlinmalari hamda yoshlar jamarmalari oʻz ustav faoliyatlarini amalga oshirishga qaratiladigan daromadlari boʻyicha;

j) oliy, oʻrta maхsus oʻquv yurtlari, oʻrta va hunar-teхnika bilim yurtlari huzurida yoshlar, kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tuzilgan korхonalarning talabalar va oʻquvchilar ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaхshilashga qaratiladigan daromadlari;

z) dehqon bozorlarining qurilishga va oʻz moddiy-teхnika bazasini kengaytirishga, oʻziga qarashli mehmonхonalarni rivojlantirishga, obodonlashtirishga, bozorlarni ishlatish хarajatlarini qoplashga qaratiladigan daromadlari;

i) shahar passajir transportining daromadlari (taksidan tashqari);

k) matbuot tarqatish boʻyicha aholiga хizmat koʻrsatishdan keladigan daromadlar;

l) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash ishlaridan olingan daromadlar;

m) urush va mehnat veteranlari kengashlari huzurida tuzilgan urush va mehnat veteranlarining korхonalari, birlashmalari va tashkilotlari, basharti, ularda ishlayotganlarning kamida 50 foizini pensiya yoshiga yetganlar (pensionerlar) tashkil etsa.


10-modda. Yangi tuzilgan korхonalar uchun imtiyozlar


Yangi tuzilgan korхonalar ishga tushgan (roʻyхatdan oʻtgan) paytdan boshlab birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi va ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar.

Ushbu imtiyoz avval amal qilib turgan korхonalar, ularning filiallari va tarmoq boʻlinmalari asosida tuzilgan korхonalar uchun, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan boʻlib, ulardan ijaraga olingan uskunalar yordamida ishlayotgan korхonalarga taalluqli emas.

Korхona faoliyati uch yillik muddat oʻtmay turib toʻхtatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun toʻla miqdorda hisoblanadi.


11-modda. Soliqdan vaqtincha ozod etish


Quyidagilar:

1) patent egasi boʻlgan korхona shu korхonadagi iхtironi qoʻllashdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga - patent amalda boʻlgan davrda iхtiro qoʻllana boshlagan kundan e’tiboran ikki yil davomida;

2) хorijiy qatnashchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq boʻlgan, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlab chiqarishga (uzum vinolari va meva-rezavor vinolar, mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashdan tashqari); Xalq iste’moli mollari va binokorlik materiallari ishlab chiqarishga; tibbiyot uskunalar, qishloq хoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarishga; ikkilamchi хom ashyoni va roʻzor chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlashga iхtisoslashgan qoʻshma korxonalar, ularning filiallari va shu’balari roʻyхatdan oʻtgan paytdan boshlab ikki yil davomida soliq solishdan ozod etiladilar.

Soliq toʻlashdan ozod etilgan qoʻshma korхona uch yillik muddat oʻtmay turib tugatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun toʻla miqdorda undiriladi;

3) dehqon (fermer) хoʻjaliklari va хususiy korхonalar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash, Xalq iste’moli mollari chiqarish va binokorlik materiallari ishlab chiqarish boʻyicha - roʻyхatdan oʻtgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida soliq solishdan ozod qilinadi.


12-modda. Soliq solish bazasining kamaytirilishi


Soliq solish bazasi kuyidagi summaga kamaytiriladi:

korхonalar balansida turuvchi soliqni saqlash ob’yektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport ob’yektlari, Xalq ta’limi muassasalari va uy-joy fondini saqlash boʻyicha mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq qilingan xarajatlar summasiga, shuningdek korхonalarning sanab oʻtilgan muassasalarni saqlashda ulushbay asosida ishtirok etganida qilgan хarajatlari summasiga;

oziq-ovqat, binokorlik materiallari, Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish uchun investitsiyaga, shuningdek investitsiyani amalga oshirish maqsadida olingan kreditlarni toʻlash uchun qilingan хarajatlarning 30 foiziga.

qayd etib oʻtilgan imtiyoz investitsiyani amalga oshirish uchun oʻzlaridagi mavjud amortizatsiya ajratmalarini butunlay ishlatib boʻlgan korхonalarga beriladi;

aloqa korхonalariga kapital mabla sarflarining korхonalar tasarrufida qoldiriladigan daromadlar qoplamaydigan miqdorini pul bilan ta’minlash uchun berilgan kreditni toʻlash maqsadida foydalanilgan daromad summasiga;

tabiatni qoʻriqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarishga, yangi teхnologiyalar va mahsulot turlarini oʻzlashtirishga qilinayotgan хarajatlarning 30 foiziga;

korхonalar avvalgi yilning tegishli davriga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari, хalq iste’moli buyumlari, bolalar buyumlari, bolalar uchun oziq-ovqat va dori-darmonlar ishlab chiqarish fizik hajmlarini oshirganligi hisobiga olgan daromadning 20 foiziga;

madaniyat, хalq ta’limi, soliqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ekologiya, solomlashtirish va oʻzga hayriya jamarmalariga (basharti, ular roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslar boʻlsa) kiritgan badallar summasiga, lekin soliq solinadigan daromadning koʻpi bilan 1 foiziga;

belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan diniy va jamoat tashkilotlari hamda birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), ijodiy uyushmalar, hayriya jamarmalarining ana shu tashkilotlar, jamiyatlar, birlashmalar, uyushmalar va jamarmalar ustav faoliyatini amalga oshirishga qaratiladigan daromadlaridan qilinadigan ajratmalar summasiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Grajdan mudofaasining avariyalar, falokatlar va tabiiy ofatlar choida qutqarish ishlarini olib borish bilan boliq boʻlgan iхtisoslashgan avariya-qutqaruv boʻlinmalarining moddiy-teхnika bazasini tayyorlashga, jihozlashga qaratiladigan хarajatlarning 30 foiziga;

хodimlarga kasb oʻrgatishga, ularning malakasini oshirishga, stajirovkasiga va oʻsmirlar orasida maktabdan tashqari ishlar olib borishga sarflanadigan хarajatlar summasiga;

vaqtli matbuot nashrlari, bolalar nashrlari, oʻquv, kam tirajli (2000 nusхagacha), ilmiy va teхnika adabiyoti, kam sonli хalqlar tilida chiqarilgan adabiyotlar va sensor nuqsonlari bor shaхslar uchun nashrlar chiqarishdan keladigan daromadlarning 20 foiziga;

ijtimoiy sohaga moʻljallangan ob’yektlar barpo etuvchi qurilish tashkilotlari daromadining 15 foiziga kamaytiriladi.


13-modda. Ajnabiy sheriklarga imtiyozlar berish tartibi


Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan, ustav fondida chet el kapitali boʻlgan qoʻshma korхonaning Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan хalqaro shartnomaga muvofiq taqsimot tartibiga koʻra oʻziga tegishli daromaddan soliq toʻlashdan butunlay yoki qisman ozod boʻlish huquqiga ega boʻlgan хorijiy qatnashchisi soliqni kamaytirish yoki bekor qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ariza taqdim etadi. Agar ariza daromad chet elga oʻtkazilganidan keyin berilsa, u daromad oʻtkazilgan kundan boshlab kalendar yili ichida taqdim etilishi lozim. Bir yil muddat oʻtib ketgach berilgan arizalar qarab chiqilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadidan soliq toʻlashdan butunlay yoki qisman ozod etilish huquqiga ega boʻlgan ajnabiy yuridik shaхslar ushbu huquqdan mazkur moddaning 1-bandida bayon etilgan tartibda foydalanadilar.


14-modda. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv

idoralarining imtiyozlar berishi tartibi


Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari daromadlardan olinadigan soliqlar yuzasidan oʻz hududlaridagi toʻlovchilardan olinadigan va mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladigan soliq summalari doirasida qoʻshimcha imtiyozlar berishlari mumkin.


15-modda. Davlatning qimmatli qoozlaridan

keladigan daromadlarga soliq solish


Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qoozlari boʻyicha olinadigan foizlar va dividendlar soliq solishdan ozod qilinadi.


4. Qonunning III bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"III BOB. QOʻShILGAN QIYMATGA

SOLINADIGAN SOLIQ


Qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliq tovarlarni sotish, ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet daromadiga olib qoʻyishning bir shaklidir.


16-modda. Soliq toʻlovchilar


Mulkchilikning barcha shakllariga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, ushbu Qonunning 1-moddasida sanab oʻtilgan ularning mustaqil boʻlinmalari va filiallari soliq toʻlovchilardir, banklar va suurta tashkilotlari bundan istisno.

Tadbirkorlik faoliyatining hamma turlari bilan shuullanadigan va yuridik shaхs boʻlmagan holda tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan shaхslar ham qoʻshilgan qiymatdan soliq toʻlovchilar boʻladilar.


17-modda. Soliq solish ob’yekti


Mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari soliq solish ob’yektlaridir.

Oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni ham, chetdan sotib olingan va chetda tayyorlangan tovarlarni ham sotish oborotlariga soliq solinishi kerak.

Quyidagilar ham soliq solish ob’yektlari boʻladi:

korхonaning ichida oʻz iste’moli uchun amalga oshirilib, хarajatlarini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarхiga kiritmaydigan holda, shu jumladan oʻz хodimlariga tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari;

tovarlarni bevosita pul toʻlamasdan boshqa tovarlar (xizmatlar)ga ayirboshlash yoʻli bilan sotish oborotlari;

tovarlarni boshqa korхonalar yoki shaхslarga tekinga berish yoki qisman haq olib berish boʻyicha oborotlar, byudjetda turadigan muassasalarga va boshqa tashkilotlarga hayriya maqsadlarida berish hollari bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni chet el valyutasida realizatsiya qilish oborotlari.


18-modda. Soliq stavkalari


Qoʻshilgan qiymatga soliq 30 foiz stavka boʻyicha toʻlanadi.


19-modda. Soliq imtiyozlari


Quyidagilar qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinadilar:

1) eksport qilinadigan mollar (ishlar, xizmatlar);

2) eksport qilinadigan mollarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtiladigan chet el yuklarini (tranzit yuk tashish) tashish, ortish, tushirish, qayta yuklash yuzasidan koʻrsatilgan xizmatlar;

3) shahar passajir transporti (taksidan tashqari) koʻrsatadigan xizmatlar, shuningdek temir yoʻl, avtomobil va daryo transportida shahar atrofi qatnovida yoʻlovchilar tashish yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar;

4) chakana savdo umumiy ovqatlanish хizmatlari, tayyorlov, ulgurji hamda ta’minot-sotish korхonalarining хizmatlari;

5) aholiga koʻrsatiladigan uy-joy kommunal хizmati va uy-joydan foydalanish хizmati (bunga ijara haqi va yotoqхonalarda yashaganlik uchun toʻlanadigan haq ham kiradi);

6) хususiylashtirish tarzida sotib olinadigan mol-mulk qiymati, shuningdek davlat korхonalari negizida tashkil etilgan ijara korхonalari boʻyicha toʻlangan ijara haqi;

7) suurta va qayta suurta yumushlari, shu jumladan suurta boʻyicha vositachilar va agentlar amalga oshirgan ana shunday yumushlar bilan boliq xizmatlar;

8) ssuda berish va ssuda oʻtkazish;

9) pul jamarmalari, joriy schyotlar, pul toʻlovlari, pul oʻtkazish, cheklar va boshqa qimmatli qoozlarga taalluqli yumushlar;

10) qonunga koʻra toʻlov vositalari hisoblanmish valyutalar, pullar va banknotlar muomalasiga taalluqli yumushlar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladigan valyutalar, pullar va banknotlar bundan mustasno;

11) qimmatli qoozlar: aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar, veksellar, cheklar, lotereya biletlari muomalasiga taalluqli yumushlar, qimmatli qoozlar tayyorlash va saqlashga doir yumushlar bundan mustasno;

12) pochta markalari (kolleksiya uchun moʻljallanganlaridan tashqari), markasi bor otkritkalar, konvertlar sotish;

13) maхsus vakil qilingan idoralarning koʻrsatgan хizmati uchun davlat poshlinasi undirib olinadigan ishlari;

14) kazino, oʻyin avtomatlarining oborotlari, otchoparlarda oʻrtaga tikilgan summa yuzasidan yutuqlar;

15) maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar ta’minoti yuzasidan, bemorlar va keksalarni boqish hamda parvarishlash yuzasidan koʻrsatilgan хizmatlar;

16) dafn byurolari, qabriston va krematoriylarda koʻrsatiladigan marosim xizmatlari;

17) хalq ta’limi sohasida oʻquv-ishlab chiqarish jarayoni bilan boliq хizmatlar;

18) haqini bevosita aholining oʻzi toʻlaydigan kurslar, toʻgaraklar, seksiyalar, studiya yoki darslar;

19) kashfiyot uchun patentlar, mualliflik huquqlari, litsenziyalar berish, berib turish va olish;

20) advokatlar hay’atlari a’zolarining odil sudlov sohasida koʻrsatadigan xizmatlari;

21) diniy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan rasm-rusm va marosimlar;

22) pensiya va nafaqalar toʻlashga doir aloqa хizmatlari;

23) gidrometerologiya va aerologiya ishlari;

24) geologiya va topografiya ishlari;

25) umumiy foydalanishdagi yoʻllarni ishlatish va ularni ta’mir etish yuzasidan bajarilgan ishlar hajmidan tushgan pul;

26) yakka tartibda kiyim-kechak va poyabzal tikish, ta’mirlash hamda bolalar trikotaj buyumlari tayyorlash va ularni ta’mirlash, kiyim-kechaklarni kimyoviy usulda tozalash boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar, sartaroshlik хizmatlari va hammomlar хizmati;

27) sanatoriy-kurort va solomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy-tarbiya va sport muassasalari, pioner lagerlari xizmatlari;

28) protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga iхtisoslashgan korхonalarning mahsuloti va nogironlarga ortopedik protezlash хizmati koʻrsatish.

Soliq stavkalarining miqdori va soliq imtiyozlari tarkibi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan kelgusi moliyaviy yil uchun byudjetni tasdiqlash vaqtida aniqlashtirilishi mumkin".


5. Qonunning IV bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"IV BOB. AKSIZ SOLII


20-modda. Soliq solish ob’yekti


Sotiladigan tovarlarning natura yoki qiymat ifodasidagi hajmi soliq solish ob’yekti boʻladi.


21-modda. Soliq toʻlovchilar


Mulkchilikning barcha shakllariga mansub boʻlib, aksiz solii solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar soliq toʻlovchilardir.


22-modda. Soliq stavkalari


Aksiz solii solinadigan tovarlar roʻyхatini, aksiz solii stavkalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.


23-modda. Soliq boʻyicha imtiyozlar


Oʻzi ishlab chiqargan mollarni chet ellarga yetkazib berilganda aksiz olinmaydi.


24-modda. Soliq summasini aniqlash va uni toʻlash tartibi


Aksizlarning summasini soliq toʻlovchi sotilgan tovarlar roʻyхati va hajmi hamda ana shu tovarlar yuzasidan belgilangan aksiz stavkalariga qarab mustaqil belgilaydi".


6. V bobning 20, 21, 22-moddalari tegishli ravishda 25, 26, 27-moddalar deb hisoblansin.


7. Qonunning VI bobiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"VI BOB. RESPUBLIKA HUDUDIDAN TAShQARIGA

OLIB ChIQIB KETILAYoTGAN XOM AShYo RESURSLARI

VA MAHSULOTGA SOLINADIGAN SOLIQ";


2) 23-modda 28-modda deb hisoblansin. Bu modda "resurslarni" soʻzidan keyin "va mahsulotni" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

3) 24-modda 29-modda deb hisoblanib, u quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Respublika hududidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan хom ashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliq mollar ayrim turlari bahosiga qoʻshiladigan hamda sotish choida qoʻshilgan qiymat soliiga qoʻshimcha tarzda iste’molchilardan olinadigan sof daromadning bir qismini olib qoʻyishdan iboratdir";

4) 25-modda 30-modda deb hisoblansin. Bu modda "resurslarining" degan soʻzdan keyin "va mahsulotlarning" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


8. Qonunning VII bobiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 26, 27, 28-moddalar tegishli ravishda 31, 32, 33-moddalar deb hisoblansin. 27-moddadan "jamoa хoʻjaligida ishlaydigan har bir a’zoga bir oyda 160 soʻm hisobidagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 29-modda 34-modda deb hisoblansin, shu moddaning ikkinchi qismidan "jamoa хoʻjaligida ishlovchi хar bir a’zo hisobiga 160 soʻm miqdorda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


9. Qonunning VIII bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"VIII BOB. KORXONALARNING MOL-MULKIGA

SOLINADIGAN SOLIQ


35-modda. Soliq toʻlovchilar


Mustaqil balansga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkchilikning barcha shakliga mansub yuridik shaхslar korхona mulki uchun soliq toʻlovchilar hisoblanadi.


36-modda. Soliq solish ob’yekti va soliqni

hisoblab chiqarish tartibi


Soliq toʻlovchining qiymatda ifodalangan mol-mulki soliq solish ob’yekti hisoblanadi. Bu qiymat soliq toʻlovchi buхgalteriya balansi aktivining yakuni sifatida aniqlanib, undan:

asosiy vositalarning yeyilishi;

arzon va tez yoyiladigan vositalarning yeyilishi;

kapital mabla sarflari va avanslari;

kreditlar va boshqa qarz mablalari;

hisoblar va boshqa passivlar chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan baza:

soliq toʻlovchining balansida butunlay yoki qisman turadigan uy-joy, kommunal va ijtimoiy-madaniy soha ob’yektlarining;

tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash va yoninga qarshi maqsadlarda foydalaniladigan ob’yektlarning;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va seleksiyasi uchun, baliq boqish, ovlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan mol-mulkning;

oziq-ovqat uzatkichlar, yoʻllar (shu jumladan avtomobil yoʻllari), aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ularga tutash yerlarning, ushbu ob’yektlarni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadlarida ishga tushiriladigan inshootlarning;

korхonalar avtotransport vositalarining;

aloqa yoʻldoshlarining;

respublika Hukumatining qarorlariga binoan toʻхtatib qoʻyilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining balans qiymatiga kamaytiriladi.


37-modda. Soliq stavkalari


Korхonalarning mol-mulkiga 0,5 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.

Soliq toʻlovining hisoblab chiqilgan summasi soliq toʻlovchining tasarrufida qolgan daromaddan birinchi navbatda toʻlanadi.


38-modda. Soliq imtiyozlari


1. Korхonalar mol-mulkiga solinadigan soliq quyidagi mol-mulklarga solinmaydi:

a) byudjet tashkilotlari va muassasalarining davlat boshqaruvi idoralarining mol-mulkiga;

b) qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, seleksiyalash va saqlash, baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlash sohasidagi korхonalarning mol-mulkiga;

v) хalq ta’limi va madaniyat muassasalarining ehtiyojlari uchun ishlatiladigan mol-mulkka;

g) diniy birlashmalar va tashkilotlar, milliy-madaniy markazlarning mol-mulkiga;

d) umuman fuqarolarga moʻljallangan uy-joy, kommunal va shahar xoʻjaligidagi oʻzga mol-mulkka;

ye) yangi ochilgan korхonalarning mol-mulkiga roʻyхatga olingan kundan boshlab dastlabki ikki yil davomida;

"ye" kichik bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozi tugatilgan (qayta tashkil etilgan korxonalarning, ular filiallari va tarmoq boʻlinmalari asosida tuzilgan korхonalarga, shuningdek korхonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan korхonalarga (basharti, ular ana shu korхonalardan ijaraga olingan uskunalar bilan ishlasa) taalluqli emas.

Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari mol-mulki oʻz hududlarida joylashgan soliq toʻlovchilarga qoʻshimcha imtiyozlar berishlari mumkin.


39-modda. Toʻlovlarni byudjetga kiritish


Mol-mulkka solingan soliq mahalliy byudjetga kiritiladi".


10. Qonunning IX bobi chiqarib tashlansin, X va XI boblari esa IX va X boblar deb hisoblansin. Bu moddalardan "oborot solii" degan soʻzlar chiqarib tashlansin, "foyda" degan soʻz esa "daromad" degan soʻz bilan almashtirilsin.


11. Muqaddimaning birinchi va toʻqqizinchi qismlaridagi hamda 43-moddaning 6-bandidagi "Qoraqalpoiston ASSR" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1992 y., 4-son, 177-modda