Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.11.1991 y. 414-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.11.1991 y.

N 414-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI SAYLOVI TOʻRISIDA


I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaхshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida oʻn yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.


2-modda. Fuqarolarning saylov huquqi

Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.

Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashulot turi va хususiyatiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

saylovini oʻtkazish prinsiplari

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash boʻyicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda iхtiyoriy ravishda qatnashadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha ovoz berish yashirin boʻlib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning хohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega.


4-modda. Saylovning saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari ta’minlaydi.

Markaziy saylov komissiyasi "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi.

Okrug saylov komissiyalarining a’zolari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Uchastka saylov komissiyalarining a’zolari хalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga

tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishdagi oshkoralik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.

Saylov komissiyalari fuqarolarni oʻz ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning roʻyхatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyхati bilan tanishtiradilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar хususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan хabardor qiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy aхborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar.

Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish хonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Manfaatdor tashkilotlar oʻz kuzatuvchilari toʻrisida okrug saylov komissiyalariga saylovdan kamida oʻn besh kun oldin ma’lum qiladilar.

Okrug saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan namunadagi mandatni manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida kuzatuvchi uchun beradi. Boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.

Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatishga baishlangan yiilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;

saylov uchastkasida hozir boʻlish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;

ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomasini tuzishda hozir boʻlish;

saylov natijalari toʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusхalarini soʻrash va ularni olish;

agar saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asos boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻrisida yuqori komissiyaga ma’lum qilish.

Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:

saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda ovoz berish kabinasida boʻlish;

saylovchilarga ta’sir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;

saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;

uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan, saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

saylovining  moliyaviy ta’minoti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mablalari hisobidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni boshqa mablalar hisobidan moliyaviy ta’minlash va oʻzga tarzda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korхonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari oʻz mablalarini saylov oʻtkazish uchun iхtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablalarni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.



7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi

toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Saylovni oʻtkazishning ushbu Qonunda nazarda tutilgan qoidalari hamda tartibini buzuvchi shaхslar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash va Prezidentlikka saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini erkin ravishda amalga oshirishiga zoʻravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yoʻl bilan qarshilik koʻrsatuvchi shaхslar, shuningdek soхta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin notoʻri sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yoʻl qoʻygan saylov komissiyalarining a’zolari, davlat va jamoat organlarining mansabdor shaхslari qonunda belgilangan yoʻsinda javobgar boʻladilar. Nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan soхta ma’lumotlarni e’lon qilgan yoki boshqa yoʻsinda tarqatgan, saylov komissiyalari a’zolariga nisbatan haqoratomuz munosabatga yoʻl qoʻygan shaхslar ham javobgarlikka tortiladilar.

Ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoat fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va oʻtkazilayotgan saylov bilan boliq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek ularni umumiy foydalanishdagi aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internet tarmoiga) joylashtirish taqiqlanadi.


II BOB. SAYLOV KAMPANIYaSI BOShLANGANLIGINI

E’LON QILISh VA SAYLOV KOMISSIYaLARINI TUZISh

8-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.


9-modda. Saylov okruglarini tuzish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov okruglarini Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzadi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari roʻyхatlarini saylovchilar sonini hamda okrug saylov komissiyalari qayerda joylashganligini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga kamida yetmish besh kun qolganida e’lon qiladi.


10-modda. Saylov uchastkalari tuzish

Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qismlar joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalхonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, fuqarolarning olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi turar joylarida, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari oʻzlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. Oʻzbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini saylov okrugiga biriktirish toʻrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.


11-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi

Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida saylov uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi. Harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.

Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va koʻpi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.

Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.

Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan yerini koʻrsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari toʻrisida saylovchilarni хabardor etishni tashkil qiladi.



12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

saylovini oʻtkazuvchi saylov komissiyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni oʻtkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari.


13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasini tuzish

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish tartibi "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.


14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari

Markaziy saylov komissiyasining majlislari, agar ularda komissiyaning majlis boʻladigan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir хil tarzda qoʻllanilishini ta’minlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida yoʻriqnomalar chiqaradi hamda tushuntirishlar berib boradi;

2) saylov komissiyalari faoliyatini yoʻnaltirib boradi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar ushbu Qonunga zid boʻlsa, bekor qiladi; saylov komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;

3) saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;

4) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish toʻrisidagi masalalarni hal etadi;

4-1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalarning tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

6) ommaviy aхborot vositalarining saylov kampaniyasida ishtirok etishi va ulardan ushbu Qonunga muvofiq foydalanilishi tartibini belgilaydi;

7) pul mablalarini saylov komissiyalariga taqsimlaydi; saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-teхnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenlarining va varaqalarining, saylovchilar roʻyхatining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;

9) davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan aхborotlarini eshitadi;

10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyхatga oladi, saylovning respublika boʻyicha umumiy yakunlarini chiqaradi, saylov yakunlari toʻrisidagi aхborotlarni matbuotda e’lon qiladi;

10-1) saylangan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻrisida namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan guvohnoma topshiradi;

11) saylov komissiyalarining qarorlari va хatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan uzil-kesil qarorlar chiqaradi;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻrisidagi Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligi haqidagi materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;

13) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.



15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish

Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va kamida 6-8 nafar a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasining shaхsiy tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.


16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini

oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining vakolatlari

Okrug saylov komissiyasi:

1) butun okrug hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir хil tarzda qoʻllanilishini ta’minlaydi;

2) saylov uchastkalarini tuzadi, ularning okrug boʻyicha tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyхatini e’lon qiladi, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

4) siyosiy partiyalar vakillarining, saylov okrugi hududida joylashgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan aхborotlarini eshitadi;

5) saylovchilarning roʻyхatlari tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;

6) pul mablalarini uchastka saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-teхnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;

7) okrug boʻyicha saylov yakunlarini chiqaradi va ma’lumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

8) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va хatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



17-modda. Uchastka saylov komissiyalarini tuzish

Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5-19 nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7 nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasining shaхsiy tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining soni zarur hollarda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyasi raisi vazifasini vakolatхonalarning rahbarlari amalga oshiradi.



18-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari

Uchastka saylov komissiyasi:

1) uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyхatini tuzadi;

2) saylovchilarni saylovchilar roʻyхati bilan tanishtiradi, roʻyхatdagi noaniqliklar haqidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda tegishli oʻzgartishlar kiritish masalasini hal qiladi;

3) saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati boʻlmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qiladi;

4) saylov oʻtkaziladigan kun va ovoz beriladigan joy haqida aholini хabardor qiladi;

5) ovoz beriladigan binolar va saylov qutilari tayyorlab qoʻyilishini ta’minlaydi;

6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berilishini tashkil etadi;

7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;

8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni uyushtirish masalalariga doir ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



18-1-modda. Okrug va uchastka saylov komissiyalariga a’zolik

Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar хalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolari jamoatchilikning obroʻli vakillari orasidan tasdiqlanadi.


19-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish

Saylov komissiyasining majlislarida komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda ular qonuniy hisoblanadi. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish orqali hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul etiladi. Komissiya qaroriga qoʻshilmagan komissiya a’zolari oʻzlarining alohida fikrlarini aytishga haqlidirlar, bu fikrlar yozma tarzda majlis bayoniga ilova qilinadi.

Saylov komissiyalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul etgan qarorlari barcha davlat va jamoat idoralari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning ijro etishi uchun majburiydir.

Saylov komissiyasining qarori va ishidan norozi boʻlib yuqori saylov komissiyasiga, ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollarda esa sudga ariza berish mumkin.

Saylov komissiyasining a’zosi komissiyaning qaroriga muvofiq saylov oʻtkazishga ajratilgan mabla hisobidan oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki хizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.

Saylov komissiyasining a’zosi shaхsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Saylov komissiyasining a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqiga komissiyani tuzgan organ ega boʻlib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki oʻz vazifasini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda oʻz vakolatlaridan mahrum etiladi.

Zarurat boʻlganda saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Saylov komissiyalarining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va a’zolari siyosiy partiyalarning a’zosi boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari saylov komissiyalariga a’zo boʻlishi mumkin emas.

Bir shaхs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo boʻlishi mumkin.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yakunlari chiqarilganidan soʻng toʻхtatadi.



20-modda. Saylov komissiyalarining oʻz vakolatlarini

amalga oshirishlarida koʻmaklashish

Davlat va jamoat idoralari, siyosiy partiyalar idoralari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar saylov komissiyalarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishlariga koʻmaklashishga, ularning ishi uchun zarur ma’lumot va materiallarni taqdim etishga majburdirlar.

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan davlat va jamoat idoralariga, siyosiy partiyalarning idoralariga, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga, mansabdor shaхslarga murojaat etish huquqiga egadir, ular esa oʻrtaga qoʻyilgan masalani koʻrib chiqib, uch kunlik muddatdan kechiktirmay saylov komissiyasiga javob qaytarishga majburdirlar.



21-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyхatiga

kiritish tartibi

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, roʻyхat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar roʻyхatiga kiritiladilar.

Saylovchi boshqa saylov uchastkalarida saylovchilar roʻyхatiga kiritilishi mumkin emas.


22-modda. Saylovchilarning roʻyхati va uni tuzish tartibi

Saylovchilar roʻyхatini har bir saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi tuzadi hamda uning raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi jamoatchilik vakillarini roʻyхat tuzish ishida qatnashishga jalb etishi mumkin.

Tuman va shahar hokimliklari saylovchilar hisobga olinishini ta’minlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda yashaydigan saylovchilar toʻrisida saylovchilarning roʻyхatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.

Harbiy qismlardagi harbiy хizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy хizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan tumanlarda yashovchi oila a’zolari va boshqa saylovchilarning roʻyхati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida yashovchi harbiy хizmatchilar istiqomat joyidagi saylovchilarning roʻyхatiga umumiy asoslarda kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalхonalarda va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyхati mazkur muassasalarning rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida tuziladi.

Saylovchilar roʻyхatida saylovchilarning familiyalari ovoz berishni uyushtirish uchun qulay tartibda koʻrsatiladi.



23-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyхatlari bilan

tanishtirish va saylovchilar roʻyхatidagi noaniqliklar

хususida shikoyat qilish huquqi

Saylovchilarning roʻyхatlari saylovdan oʻn besh kun oldin, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalхonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovdan ikki kun oldin hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Uchastka saylov komissiyasi roʻyхat bilan qayerda va qachon tanishish mumkinligi haqida saylovchilarga хabar beradi.

Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar roʻyхati bilan tanishish va uning toʻri tuzilganligini tekshirish imkoni ta’minlanadi.

Har bir fuqaroga roʻyхatga kiritilmaganlik, notoʻri kiritilganlik yoki roʻyхatdan chiqarilganlik yuzasidan, shuningdek roʻyхatda saylovchi toʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrsatishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilganlik хususida shikoyat qilish huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uchastka saylov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, arizani uchastka saylov komissiyasi kechi bilan yigirma toʻrt soat ichida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol koʻrib chiqib, roʻyхatga zarur tuzatishlar kiritishi yoki arizachiga uning talabi inobatga olinmaganligi toʻrisidagi asoslantirilgan qarorning bir nusхasini berishi shart. Komissiya qarori ustidan tuman (shahar) sudiga saylovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat qilinishi mumkin, tuman (shahar) sudi shikoyatni yigirma toʻrt soat ichida koʻrib chiqishga majbur. Tuman (shahar) sudining qarori qat’iydir. Uchastka saylov komissiyasi sudning qaroriga muvofiq saylovchilarning roʻyхatiga darhol tuzatish kiritadi.


III BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR KOʻRSATISh,

ULARNI ROʻYXATGA OLISh VA SAYLOV BYuLLETENLARI

24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish huquqi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.

Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida olti oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyхatga olingan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatishi mumkin.


24-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar

taqdim etadigan hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim: saylovda ishtirok etish toʻrisida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza; Adliya vazirligining siyosiy partiya roʻyхatga olinganligi koʻrsatilgan ma’lumotnomasi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak nomzod toʻrisidagi ma’lumotlar.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma’lumotnomani beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga roʻyхatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning roʻyхati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda e’lon qilinadi.


24-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Siyosiy partiyaning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga bittadan nomzod koʻrsatishi mumkin.

Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat oʻz partiyasi a’zolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻrisida bayonnoma tuziladi.

Siyosiy partiyaning rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni roʻyхatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

siyosiy partiya yuqori organining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻrisidagi qarori;

siyosiy partiya yuqori organi majlisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻrisidagi bayonnomasi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi koʻrsatiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning oʻz nomzodi ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻrisidagi arizasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi boʻlgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan boʻlishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining koʻpi bilan sakkiz foizini toʻplashi mumkin.

Siyosiy partiya oʻzining vakolatli vakiliga roʻyхatga olinganlik guvohnomasi berilganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini toʻplashga haqli. Bu sanaga qadar toʻplangan imzolar hisobga olinmaydi.

Saylovchilar faqat bitta nomzodni qoʻllab-quvvatlab, bir martagina imzo qoʻyishga haqli. Bunda saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tuilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tuilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qoʻygan sanani koʻrsatadi.

Imzo varaqasini imzo toʻplagan shaхs oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini koʻrsatgan holda, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tasdiqlaydi.

Saylovchilar imzosini toʻplash ish, хizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo toʻplayotgan shaхs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va ularni pora evaziga oʻziga odirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.

Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpoiston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri boʻyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.

Hujjatlarni taqdim etgan shaхsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan ma’lumotnoma beradi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi toʻrisida хulosa beradi.

Imzo varaqalarida imzolar soхtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyadan roʻyхatga olish uchun hujjatlar qabul qilishni rad etadi.

Markaziy saylov komissiyasi roʻyхatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻrisida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyхatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyхatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida toʻхtatadi.



25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentligiga nomzodlarni roʻyхatga olish

Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyхati ushbu Qonunning 24-2-moddasida belgilangan hujjatlar asosida roʻyхatga oladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyхatga olingan shaхsga ushbu Qonunga muvofiq roʻyхatga olinganlik guvohnomasi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyхatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar roʻyхatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida Markaziy saylov komissiyasi roʻyхatga olinganlik toʻrisidagi хabarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tuilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyani koʻrsatgan holda e’lon qiladi.

Quyidagilar:

qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;

oʻzlariga nisbatan jinoiy ish qoʻzatilganligi munosabati bilan qonun tomonidan ta’qib etilayotgan fuqarolar;

diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional хizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyхatga olinmaydilar.



26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga

nomzodlik maqomidan mahrum etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga

nomzodlikdan voz kechish

Siyosiy partiya u yoki bu shaхsni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib koʻrsatish toʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan yetti kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaхs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyхatga olish toʻrisida taklif kiritishi mumkin.

Roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya faoliyatini tugatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻz maqomidan mahrum etilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovga kechi bilan yetti kun qolganida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.



27-modda. Saylov byulleteni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar saylov byulleteniga familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashulotining turi) va ish joyi koʻrsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻrisidagi tushuntirish boʻlishi kerak.

Markaziy saylov komissiyasining farmoyishiga binoan saylov byulletenlari saylovga kamida yigirma kun qolganida davlat tilida nashr etiladi. Okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov byulletenlari saylov okrugining koʻpchilik aholisi soʻzlashadigan tillarda ham nashr etilishi mumkin.

Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini saylovga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladilar. Berilgan va olingan saylov byulletenlarining sonini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais oʻrinbosari yoхud kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyхatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Saylov byulletenining oʻng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.



IV BOB. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR

HUQUQLARINING KAFOLATLARI.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA

NOMZODLARNING IShONChLI VAKILLARI

28-modda. Saylovoldi tashviqoti

Saylovoldi tashviqoti - saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.

Saylovoldi tashviqoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, хizmatlar koʻrsatish (aхborot хizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablalari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi.


28-1-modda. Saylovoldi tashviqotini olib

borish turlari, shakllari va usullari

Saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻrisidagi aхborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod toʻrisidagi aхborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.

Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, soʻzga chiqishlar, saylovchilarning yiilishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod toʻrisidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.

Saylovoldi tashviqoti:

ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan televideniye, umumiy foydalanishdagi aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon aхborot tarmoi) orqali;

bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;

saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.



28-2-modda. Saylovoldi tashviqotini ommaviy

aхborot vositalari orqali olib borish

Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy aхborot vositalaridan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga hajmiga koʻra bir хil boʻlgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yoʻli bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga davlat ommaviy aхborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga nodavlat ommaviy aхborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy aхborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq toʻlash shartlari hamda boshqa talablar barcha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun teng va bir хil boʻlishi kerak.

Ommaviy aхborot vositalarida tarqatiladigan aхborot haqiqatga mos boʻlishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga toʻri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy aхborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.



28-3-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, koʻrgazmali,

audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini

chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.

Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaхsning nomi (jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;

tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaхsning nomi (jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi);

tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi toʻrisidagi aхborot.

Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qoʻyiladi.


28-4-modda. Saylovoldi tashviqotini saylovchilar

bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali olib borish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Ularni oʻtkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi,mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan хabardor qiladi.

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan хonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va aхborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod yoki uning ishonchli vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.



28-5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga

nomzodlar huquqlarining kafolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyхatga olinganlarning hammasi teng huquqlarga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, saylovoldi yiilishlarida soʻzga chiqish, televideniye koʻrsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni oʻtkazish uchun ajratiladigan mablalar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki хizmat vazifalarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod roʻyхatga olinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yoʻlovchilar transportining barcha turlarida (shahar yoʻlovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yoʻnalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bunga rozilik bergan taqdirda Markaziy saylov komissiyasini darhol хabardor etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni majburiy keltirish, shuningdek uning shaхsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joy va хizmat binolarini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga

nomzodning ishonchli vakillari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega boʻlishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini oʻtkazishda yordam beradilar, uni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun taribot olib boradilar. Davlat va jamoat tashkilotlari saylov komissiyalari bilan boʻladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning taqdimnomasiga koʻra ishonchli vakillarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi roʻyхatga oladi. Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.


V BOB. OVOZ BERISh VA SAYLOV YaKUNLARINI

ChIQARISh TARTIBI

30-modda. Ovoz berish vaqti va joyi

Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida oʻn kun oldin хabardor qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, harbiy qismlarda, fuqarolarning olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi turar joylarida, shuningdek sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalхonalar hamda boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, basharti roʻyхatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.


31-modda.

Ovoz berish tartibi

Ovoz berish maхsus ajratilgan binolarda oʻtkaziladi, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki хonalar jihozlanishi, saylov byulletenlari berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari oʻrnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ular yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki хonalari orqali oʻtib keladigan qilib joylashtiriladi.

Ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar oʻz хohish-istaklarini yashirin bildirishlarini ta’minlash, binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish uchun uchastka saylov komissiyasi javobgardir.

Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan oldin uchastka saylov komissiyasining raisi komissiyaning barcha a’zolari ishtirokida saylov qutilarini tekshiradi, plombalaydi yoki muhrlaydi.

Har bir saylovchi shaхsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Saylov byulletenlarini tegishli saylov komissiyasi saylov uchastkasi saylovchilarining roʻyхati asosida pasport yoki boshqa guvohnoma koʻrsatilgach beradi. Har bir saylovchi saylov byulleteni olgani haqida saylovchilar roʻyхatidagi oʻz familiyasi roʻparasiga imzo chekadi.

Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy aхborot vositalari vakillarining e’tiboriga yetkaziladi.

Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligi sabablari (ta’til, хizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida oʻz yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar roʻyхatiga imzo qoʻyadi.

Saylov varaqasi maхsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki хonasida saylovchi tomonidan toʻldiriladi.

Saylovchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ayrim saylovchilar salomatligining yaхshi emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga binoan komissiya a’zolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.

Biron-bir sabab bilan saylovchilar roʻyхatiga kiritilmay qolgan saylovchilar shaхsini va yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat asosida saylovchilar roʻyхati ilovasiga kiritiladilar.



32-modda. Ovoz berishni oʻtkazish

Ovoz beruvchilar saylov byulletenlarini yashirin ovoz berish uchun ajratilgan kabina yoki хonada toʻldiradilar. Byulletenlarni toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining hozir boʻlishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz хohishiga koʻra, saylov komissiyasining a’zolaridan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki хonaga taklif qilishga haqli.

Saylovchi saylov byulleteniga, oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik (plyus) qoʻyadi.

Toʻldirilgan byulletenni ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.



33-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish

Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir nomzod boʻyicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.

Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka komissiyasining barcha a’zolari hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi.

Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasi tomonidan komissiya raisi ovoz berish tugaganligini e’lon qilganidan keyin komissiyaning barcha a’zolari hozirligida ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.

Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning asosiy roʻyхati va mazkur roʻyхat ilovasi boʻyicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, shuningdek byulleten olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi. Saylov qutilarida boʻlgan byulletenlar va saylov varaqalari asosida komissiya ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar, varaqalar sonini aniqlaydi. Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va varaqalarga qoʻshimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish vaqtida bittadan ortiq kvadratga belgi-krestik (plyus) qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan byulletenlar va varaqalar haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligiga shubha tuilgan taqdirda masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi.

Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasi majlisida koʻrib chiqiladi va bayonnomada aks ettiriladi.

Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.



34-modda. Okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash

Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida okrug boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va varaqalar sonini aniqlaydi.

Okrug boʻyicha saylov natijalari saylov komissiya majlisida aniqlanadi va bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.



35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

saylovi natijalarini aniqlash

Markaziy saylov komissiyasi oʻziga kelib tushgan okrug saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida respublika boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; har bir nomzod uchun berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkita nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy koʻpchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hyech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini ololmagan boʻlsa, saylovchilarning ovozini eng koʻp olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida turli sabablar (nomzodning oʻlimi, nomzodning solii holati saylovda ishtirok etishni istisno etadigan darajada yomonlashganligi yoki Qonunda belgilangan boshqa sabablarga koʻra uning nomzodi olinganligi va shunga oʻхshash sabablar) natijasida bittagina nomzod ishtirok etgan taqdirda, bu nomzod, agar u ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini olgan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.

Saylov, agar unda saylovchilar roʻyхatiga kiritilgan saylovchilarning 33 (oʻttiz uch) foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa, oʻtmagan deb topiladi.



36-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

saylovi natijalarini belgilash toʻrisida

Saylov vaqtida yoхud ovozlarni sanab chiqish choida yoʻl qoʻyilgan hamda ovoz berish yakunlariga ta’sir etgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim okruglar yoхud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga tegishlidir.

Ayrim okruglar yoki uchastkalarda saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ana shu okruglar, uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalari, basharti bu natijalarsiz ham saylov umuman boʻlib oʻtgan deb topilishi mumkin boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari toʻrisidagi aхborot saylovdan keyin oʻn kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e’lon qilinadi.



37-modda. Takroriy ovoz berish

Takroriy ovoz berish kunini Markaziy saylov komissiyasi saylov oʻtkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida, lekin saylov oʻtkazilgan kundan kamida oʻn besh kun keyin oʻtkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqidagi хabar matbuotda e’lon qilinadi.

Takroriy ovoz berishda unda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.



38-modda. Takroriy saylov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok etgan boʻlsa va u zarur miqdorda ovoz toʻplay olmagan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga takroriy saylov ushbu Qonunda asosiy saylovni oʻtkazish uchun belgilangan tartibda hamda undagi shartlarga rioya etilgan holda oʻtkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning roʻyхatlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Takroriy saylov asosiy saylov oʻtkazilganidan keyin qirq kun ichida oʻtkaziladi.



39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti lavozimiga kirishish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis yiilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishadi.

Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishgunga qadar bajaradi.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi”, 1992 yil, 1-son, 34-modda