Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.1992 y. 728-XII-son "Hokimiyatning konstitutsiyaviy idoralarini qoʻriqlash toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

09.12.1992 y.

N 728-XII



HOKIMIYaTNING KONSTITUTsIYaVIY

IDORALARINI QOʻRIQLASh TOʻRISIDA


Davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari buzilmasligiga asoslanib hamda хalq qonuniy tarzda saylab qoʻygan hokimiyat idoralariga qarshi qaratilgan faoliyatga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi deb hisoblab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasida hamda ular asosida qabul qilingan qonunchilikda belgilab berilgan hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini oʻzlashtirishga hyech kim haqli emas. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining faoliyatini toʻхtatib turish yoki tugatish yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasida koʻzda tutilgan tartibdan farqli oʻlaroq tarzda hokimiyat tuzilmalarini tuzish Konstitutsiyaga хilof hisoblanadi hamda qonunga binoan javobgarlikka tortishga sabab boʻladi. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini oʻzlashtirib olgan idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tarqatib yuborilishi lozim.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov