Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.05.2007 y. PQ-643-son "Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.05.2007 y.

N PQ-643



OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI YaNADA

RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 1 maydagi PQ-338-sonli Qarorining ijrosi yuzasidan va "Paхtakor" futbol klubi" qoʻshma korхonasi futbol boʻyicha Oʻzbekistonning milliy terma va yoshlar olimpiya jamoalarini oʻyinchilar bilan toʻldiruvchi asosiy baza ekanligini inobatga olgan holda, shuningdek "Paхtakor" sport-mashulot oʻquv majmuasini хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligining:

"Paхtakor" OAJ" sport-mashulot oʻquv markazi ("Paхtakor" SMOʻM" OAJ) aksiyalari davlat ulushining 51 foizi Toshkent shahar hokimligi hisobida saqlanib qolishi;

muddati ikki yil boʻlgan, "Paхtakor" majmuasi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga yoʻnaltirilgan 5 mln. AQSh dollariga teng investitsiya majburiyatlarini olgan holda "Paхtakor" SMOʻM" OAJ aksiyalari paketining 49 foizini "Paхtakor" futbol klubi" qoʻshma korхonasiga tekinga berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Belgilansinki:

tekinga berilgan aksiyalar paketining 49 foizini tasarruf etish huquqi "Paхtakor" futbol klubi" qoʻshma korхonasiga, uning tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarganidan soʻng beriladi;

"Paхtakor" futbol klubi" qoʻshma korхonasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmay qolganda, davlat aktivlarining oldi-sotdi boʻyicha tuzilgan shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi va keyinchalik ular Toshkent shahar hokimligiga topshiriladi.


3. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, "Paхtakor" SMOʻM" OAJ, "Paхtakor" futbol klubi" qoʻshma korхonasi bilan birgalikda uch oy muddatda "Paхtakor" majmuasi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha biznes-reja, loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi "Paхtakor" majmuasi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining oʻz vaqtida ekspertiza qilinishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, qurilishda ishlatiladigan materiallar, import qilinadigan jihozlar hamda bajariladigan ishlar qiymatining asosliligi ustidan nazorat oʻrnatsin.


5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov