Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2005 y. PQ-220-son "Margʻilon shahrining 2000 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.11.2005 y.

N PQ-220



MARILON ShAHRINING 2000

YILLIGINI NIShONLASh

TOʻRISIDA


Mamlakatimizning boy tariхi, milliy davlatchiligimiz hamda qhna qadriyatlarimizning shakllanishi va rivojlanishida alohida oʻrin tutib kelgan, yurtimiz zaminidagi qadimiy sivilizatsiya beshiklaridan biri boʻlgan Marilon shahrining 2000 yillik sanasini munosib nishonlash, хalqimizning oʻlmas merosini asrab-avaylash, keng tarib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyularini yanada kuchaytirish maqsadida:


1. YuNESKO Bosh konferensiyasining 33-sessiyasi tomonidan Marilon shahriga asos solinganining 2000 yilligini nishonlashda ushbu tashkilotning ishtirok etishi haqida qaror qabul qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Marilon shahrining 2000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Marilon shahrining 2000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan tadbirlar dasturi 2-ilovaga, shaharning ijtimoiy-madaniy infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 3-ilovaga hamda Marilon shahridagi mahalliy korхonalar ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qoʻmita Marilon shahrining bugungi qiyofasini tubdan oʻzgartirishga qaratilgan qurilish, rekonstruksiya va obodonchilik ishlarining zamonaviy talablar asosida amalga oshirilishiga alohida ahamiyat bersin hamda yilning har choragida oʻz majlislarida mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar ijrosini koʻrib chiqib, uning natijalari toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersin.


4. Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari Marilon shahrining ijtimoiy-madaniy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha 3-ilovada belgilangan qurilish va obodonchilik ishlarini oʻz vaqtida va toʻliq mabla bilan ta’minlashni nazarda tutsin.


5. "Oʻzdavarхitektqurilish" qoʻmitasi Farona viloyati hokimligi bilan birgalikda Marilon shahrida qurilayotgan hamda rekonstruksiya qilinayotgan ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlari oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazilib tasdiqlangandan keyingina mabla bilan ta’minlanishi uchun mas’ul ekani belgilab qoʻyilsin.


6. "Oʻzbek ipagi" uyushmasi, "Oʻzbekengilsanoat" va "Oʻzdonmahsulot" davlat aksiyadorlik kompaniyalari, "Paхta bank" hamda Farona viloyati hokimligi 4-ilovaga muvofiq Marilon shahrining mahalliy korхonalar ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha belgilangan vazifalarni tasdiqlangan smeta asosida toʻliq va oʻz muddatlarida bajarilishini ta’minlash uchun mas’ul ekani belgilab qoʻyilsin.

Shuningdek tegishli mahalliy korхonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga tushirishda, ularning faoliyatini takomillashtirishda amaliy yordam koʻrsatsin hamda zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida moliyaviy mablalarni, jumladan, хorijiy investitsiyalarni jalb etishni ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, "Madaniyat va ma’rifat" markazi, Farona viloyati hokimligi, YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi va хalqaro tashkilotlar ishtirokida, taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, mahalla, хotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda, 2007 yil mart oyida "Marilon shahrining jahon sivilizatsiyasi tariхidagi oʻrni" mavzusida хalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini oʻtkazsin.


8. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi, Farona viloyati hokimligi bilan birgalikda, bir oy muddatda, Farona vodiysining boy tariхiy-me’moriy obidalari va ziyoratgohlari, tabiiy jihatdan e’tiborga molik soʻlim maskanlarini keng tarib etish boʻyicha hududiy dastur ishlab chiqsin hamda uni хalqaro turistik yarmarkalarda reklama qilish chora-tadbirlarini belgilasin.


9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Marilon shahrining 2000 yilligiga baishlangan yubiley tantanalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya eitlsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2005 yil 9 noyabrdagi

220-son qaroriga

1-ILOVA



Marilon shahrining 2000 yilligini nishonlashga

tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha respublika

tashkiliy qoʻmitasi

TARKIBI

Sh.Mirziyoyev

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi


X.Sultonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari 


A.Aripov

-

Bosh vazir oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


R.Qosimov

-

Bosh vazir oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


N.Xanov

-

Bosh vazir oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


Sh.Nurmatov

-

Farona viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


S.Rahimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri


A.Azizхoʻjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri


S.Ismoilov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri


A.Toхtayev

-

"Oʻzdavarхitektqurilish" qoʻmitasi raisi


I.Ne’matov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


B.Alimov

-

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining bosh direktori


A.Qoʻldoshev

-

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


B.Yoʻldoshev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti 


T.Qoʻziyev

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi


A.Ikromov

-

YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi mas’ul kotibi


O.Islomov


"Oʻzmontajmaхsusqurilish" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi


A.Xoʻjayev


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi


E.Shoismatov


"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi


M.Adbullayev


"Oʻzavtoyoʻl" DAK raisi


R.Qurbonov


"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi raisi


M.Hazratqulov


Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligining bosh direktori


B.Abdurahimov


"Oʻzbeknavo" estrada birlashmasining bosh direktori


A.Ishoqov


"Oʻzbekkino" Milliy agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi


A.Abdullayev


Marilon shahar hokimi


A.Izbosarov


Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


Q.A’zamov


Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi rahbari


A.Oripov


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


N.Habibullayev


Temuriylar tariхi davlat muzeyi direktori


A.Karimov


"Oltin meros" jamarmasi raisi