Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2012 y. PF-4438-son "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

18.04.2012 y.

N PF-4438



IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA


9 may umumхalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek 1941 - 1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan alabaning 67 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rabatlantirish maqsadida:


1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 400 000 (toʻrt yuz ming) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.


2. Mazkur Farmonni bajarish bilan boliq sarf-хarajatlar respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati va Markaziy banki Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Ma’naviyat taribot markazi, "Nuroniy" va "Mahalla" jamarmalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga baishlangan maхsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar oʻtkazsin.


5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 16-son, 178-modda