Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2010 y. PQ-1315-son "Qishloq joylardagi bolalar sporti ob’yektlarida band boʻlgan ayol sport ustozlari mehnatini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.04.2010 y.

N PQ-1315



QIShLOQ JOYLARDAGI BOLALAR SPORTI

OB’YeKTLARIDA BAND BOʻLGAN AYoL SPORT

USTOZLARI MEHNATINI RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi Vasiylik kengashining 2010 yil 11 martdagi qaroriga muvofiq hamda qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi qizlarni sport bilan shuullanishga faol jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar sporti ob’yektlarida bolalar va oʻquvchi yoshlar bilan ishlash uchun ayollar orasidan yuqori malakali, professional tayyorlangan ustoz kadrlarni keng jalb etish, ularning mehnatini moddiy rabatlantirishni kuchaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2010 yil 1 apreldan boshlab qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida va sport maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda trener boʻlib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustama haq belgilash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Belgilansinki, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari hamda trenerlari boʻlib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda qoʻshib beriladigan ustama haq belgilanishi bilan boliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining "Ta’lim" boʻlimi boʻyicha tasdiqlangan хarajatlar doirasida byudjet mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi va ularning hududiy organlari bir oy muddatda qishloq joylardagi umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining shtat jadvallari hamda хarajatlar smetalarini mazkur qaror talablari bilan muvofiq holga keltirilishini ta’minlasinlar.


4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 13-son, 95-modda.