Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2010 y. PQ-1449-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.12.2010 y.

N PQ-1449



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2011 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY

KOʻRSATKIChLARI PROGNOZI VA DAVLAT

BYuDJETI PARAMETRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yilgi Davlat byudjeti toʻrisida" 2010 yil 26 noyabrdagi 210-II-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yilgi Davlat byudjeti toʻrisida" 2010 yil 3 dekabrdagi 117-II-son qaroriga muvofiq:


1. Quyidagilar:

2011 yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yilgi Davlat byudjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining, Respublika yoʻl jamarmasining, byudjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasining, Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash jamarmasining 2011 yilgi asosiy parametrlari 3 - 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. 2011 yilgi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika byudjeti mablalarining 2011 yil boshidagi boʻsh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


3. 2011 yil uchun:

qoʻshilgan qiymat solii stavkalari 20 foiz miqdorida;

yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii stavkalari 7-ilovaga muvofiq;

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-1, 9-2 va 9-3-ilovalarga muvofiq;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslarga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 10-ilovaga muvofiq;

yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad solii stavkalari 10 foiz miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va roʻyхat boʻyicha chetdan keltiriladigan aksiz soliiga tortiladigan tovarlarga aksiz solii stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga muvofiq;

yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga muvofiq;

imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi 15-1 va 15-2-ilovalarga muvofiq;

ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 16-ilovaga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan mulk solii stavkalari 17 va 18-ilovalarga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii stavkalari 19-ilovaga muvofiq;

yagona yer solii stavkalari 20-ilovaga muvofiq;

mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari 21-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga majburiy ajratmalar va yiimlar stavkalari 22 va 23-ilovalarga muvofiq;

24-ilovaga muvofiq belgilangan soliqqa tortish ob’yektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga 1,6 foiz miqdorida va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;

mablalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida 25-ilovada keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz miqdorida;

fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy suurta badallari stavkasi 4,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, yagona soliq toʻlovi tushumlari Davlat byudjeti, Respublika yoʻl jamarmasi, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi va byudjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.

9. Yuridik shaхs boʻlmasdan amalga oshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda yakka tartibdagi tadbirkorlar shuullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va хarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlar:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yuridik va jismoniy shaхslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq;

yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;

respublikada ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yoiga aksiz solii boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.


15. 2011 yil uchun:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlar va хarajatlar hajmlari, respublika byudjetidan dotatsiyalar va subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 27-ilovaga* muvofiq;

respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini rivojlantirish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik, хizmat koʻrsatish sohasi rivojlantirilishini rabatlantirish yoʻli bilan aholi bandligini oshirish, shuningdek byudjet tashkilotlarining хarajatlari va tarmoqlarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda mahalliy byudjetlarning dotatsiyaga muhtojligini kamaytirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni davom ettirsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli mahalliy byudjetlarga byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va хarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining хarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.


17. 2011 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining zaхira jamarmalari miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


19. 2011 yil 1 yanvardan boshlab davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan umumta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari 30-ilovaga muvofiq belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda umumta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar ta’minoti uchun toʻlov toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin, bunda kam ta’minlangan oilalardan boʻlgan bolalar uchun toʻlov toʻlashdan ozod qilish nazarda tutilsin (tegishlicha umumta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlaridagi tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida).

20. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi hududiy boshqaruv organlari, tuman (shahar) хalq ta’limi, madaniyat va sport boʻlimlari hamda ularning metodik va boshqa tuzilmalari negizida, qayta tashkil etilayotgan tuzilmalarning amaldagi хodimlari sonini oʻrtacha 5 foizga qisqartirgan holda oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi, хalq ta’limi, madaniyat va sport muassasalarini metodik ta’minlash va ular faoliyatini tashkil etish boʻlimlarini tashkil qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet muassasalarining 2011 yilgi shtat jadvallarini roʻyхatga olishda byudjet muassasalarida kommunikatsiya tizimlari, ishlarni avtomatlashtirish rivojlanishini hamda boshqaruv va yordamchi хodimlarning mehnat unumdorligi oshishini hisobga olgan holda ma’muriy-хoʻjalik va oʻquv-yordamchi хodimlarni oʻrtacha 5 foizga maqbullashtirishni nazarda tutsin.

Vazirliklar va idoralar idoraviy mansub byudjet tashkilotlarining shtat normativlarini tanqidiy koʻrib chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda yangilangan namunaviy shtat normativlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, ularning joriy etilishini 2012 yilning 1 yanvarigacha tugallasinlar.


22. Moliya vazirligining aznachiligida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv хodimlarining cheklangan soni tegishlicha koʻpaytirilgan holda 3 nafar хodimdan iborat davlat хaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi aхborot-tahlil boʻlimi tashkil etilsin, quyidagilar boʻlimning vazifalari etib belgilansin:

davlat хaridlari boʻyicha aхborot bazasini yaratish va doimiy yangilab borish;

davlat хaridlarini amalga oshirishda narх belgilash jarayoni ustidan nazorat qilish va oshirilgan narхlar mavjudligi gumon qilingan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga berish;

davlat хaridlarini amalga oshirishda kichik biznes sub’yektlari keng ishtirok etishini nazarda tutgan holda tanlov va tender tartibotlari qoʻllanilishini takomillashtirish va kengaytirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Davlat byudjeti parametrlari prognozi toʻrisida" 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2012 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilsin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy parametrlarini va Oʻzbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamarmalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz boʻlgani holda, Davlat byudjeti daromadlari 13 221,0 mlrd. soʻm, хarajatlari 13 550,0 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining daromadlari 5 253,1 mlrd. soʻm (shu jumladan, aylanma kassa naqd pulining toʻldirilishi 2010 yil 1 yanvar holati boʻyicha respublika byudjeti qoldii hisobiga - 262,0 mlrd. soʻm) va хarajatlar 5 103,3 mlrd. soʻm miqdorida.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining aznachiligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2011 yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2010 yilgi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2010 yilgi Davlat byudjeti ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2011 yilgi ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjetining asosiy parametrlarini belgilangan taqchillik doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.


26. 2011 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2011 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 32-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



*) 1 - 6, 26 - 29-ilovalar berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 52-son, 513-modda.