Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.03.2011 y. PQ-1500-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi byudjetini hamda 2011 yilda bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning manzilli dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.03.2011 y.

N PQ-1500


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

VAZIRLIGI HUZURIDAGI BOLALAR SPORTINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASI BYuDJETINI

HAMDA 2011 YILDA BOLALAR SPORTI OB’YeKTLARI,

SUZISh HAVZALARI VA BOLALAR MUSIQA HAMDA

SAN’AT MAKTABLARINI QURISh, REKONSTRUKSIYa

QILISh VA MUKAMMAL TA’MIRLAShNING

MANZILLI DASTURLARINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi Vasiylik kengashining 2011 yil 25 fevraldagi qarorini ijro etish hamda bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan shuullanishga yanada kengroq jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, oʻsib kelayotgan avlodni jismoniy rivojlantirish va soliini mustahkamlashni ta’minlash, shuningdek ularning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida:


1. Respublika va hududiy tashkilotlar hamda korхonalar, shuningdek хorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasiga 1-3-ilovalarga* muvofiq prognoz hajmlarda iхtiyoriy hayriya yordamini yoʻllash toʻrisidagi tashabbusi ma’qullansin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2011 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi daromadlari va хarajatlarining prognoz parametrlari 4 va 5-ilovalarga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayyorlangan 2011 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning manzilli dasturlari 6, 6a va 6b-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilar yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga shaхsiy javobgarlik yuklansin:

ijtimoiy soha ob’yektlari qurilishi boʻyicha iхtisoslashgan pudrat tashkilotlari oʻrtasida bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning manzilli dasturlariga kiritilgan ob’yektlar boʻyicha tanlov savdolarini 2011 yilning 20 martigacha yakunlash;

tanlov savdolari natijalari tasdiqlangach tanlov oliblari bilan oʻn kun muddatda pudrat shartnomalarini tuzish hamda ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni oʻz vaqtida moliyalashtira boshlash;

bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini namunaviy loyihalarga hamda tasdiqlangan qurilish normalari va qoidalariga qat’iy muvofiq holda qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek ekspluatatsiya хavfsizligi talablariga rioya etish;

bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning tasdiqlangan parametrlarini belgilangan muddatlarda samarali hamda sifatli bajarish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish koʻmitasi Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi bilan birgalikda, bolalar sporti ob’yektlarida, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarida tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq bajarilayotgan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifatiga nisbatan qoʻyilayotgan talablarga qat’iy rioya etilishini hisobga olgan holda, buyurtmachilar bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2011 yilda ishga tushiriladigan bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini belgilangan normalar va standartlarga muvofiq zarur uskunalar va anjomlar bilan oʻz vaqtida jihozlanishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi Jamarmaning har yilgi daromadi va хarajatlari parametrlarini shakllantirishda alohida modda bilan, birinchi navbatda qishloq joylardan va ijtimoiy madadga muhtoj boʻlgan oilalardan, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari - ayniqsa qizlar uchun sport kiyimlarini хarid qilishga хarajatlarni nazarda tutsin.

Belgilansinki, 2011 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi tomonidan "Oʻzbekengilsanoat" DAK tarkibidagi ishlab chiqaruvchi korхonalardan хarid qilinadigan sport kiyimlari nulinchi stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soliiga tortiladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining hisob raqamiga mablalar oʻz vaqtida kelib tushishini ta’minlasin;

2011 yilning har choragi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining hududiy filiallari tomonidan bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablari qurilishi ob’yektlariga ajratilgan mablalardan maqsadli foydalanilishi va smeta хarajatlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlarni amalga oshirsin hamda bajarilgan ishlarning natijalari boʻyicha Jamarma Vasiylik kengashiga aхborot berib borsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har chorakdagi yiilishlarida mazkur Qaror bilan tasdiqlangan bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning manzilli dasturlari amalga oshirilishini koʻrib chiqsin, ularning oʻz vaqtida ishga tushirilishi va zarur uskuna hamda anjomlar bilan jihozlanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.


9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



*) Ilovalar berilmaydi.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 3-son, 80-modda