Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.07.1999 y. PF-2343-son "Davlat byudjetiga soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.07.1999 y.

N PF-2343



DAVLAT BYuDJETIGA SOLIQLAR VA

TOʻLOVLAR BOʻYIChA IMTIYoZLAR BERIShNI

TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


Soliq imtiyozlari aniq berilishini ta’minlash, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan byudjetning daromad bazasini shakllantirishning yagona tamoyillarini belgilash maqsadida:


1. Xayriya hamda boshqa jamarmalar va jamiyatlarga, shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korхonalar va boshqa shoʻ’ba tuzilmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlar 1999 yilning 1 sentyabridan boshlab ular amalga oshiradigan notijorat faoliyatigagina joriy etilishi belgilab qoʻyilsin.

Tijorat faoliyatining ayrim turlariga soliq solish boʻyicha amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan imtiyozlar mazkur jamarmalar, jamiyatlar, korхonalar va tuzilmalarga umumiy asoslarda tadbiq etiladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Hukumat qarorlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻrisidagi takliflarni taqdim etsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari mazkur Farmonga muvofiq holga keltirilishini ta’minlasin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov