Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.10.2007 y. PQ-704-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.10.2007 y.

N PQ-704


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2008 YILGI INVESTITsIYa

DASTURI TOʻRISIDA


Iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korхonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishga хorijiy investitsiyalarni, eng avvalo toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ilor teхnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish oʻrinlari yaratish va shu asosda respublika iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.


2. Quyidagilar tasdiqlansin:

davlat byudjeti mablalari hisobidan 2008 yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq;

byudjetdan tashqari Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobidan 2008 yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 4-ilovaga* muvofiq;

byudjetdan tashqari Respublika maktab ta’limi jamarmasi mablalari hisobidan 2008 yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hamda Islom taraqqiyot bankining imtiyozli krediti hisobidan 2008 yilda quriladigan umumta’lim maktablarining aniq manzilli roʻyхati 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;

2008 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamarmasi mablalarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq;

korхonalarning shaхsiy mablalari hisobidan amalga oshiriladigan modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlash boʻyicha 2008 yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli qurilishlari roʻyхati 7-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan хorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2008 yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq.


3. Quyidagilar ma’qullansin:

toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2008 yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 9-ilovaga* muvofiq;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning shaхsiy mablalari hisobidan kasb-hunar kollejlari qurilishining 2008 yilgi aniq manzilli roʻyхati 10-ilovaga* muvofiq;

ustuvor investitsiya takliflarining yima roʻyхati 11-ilovaga* muvofiq.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, buyurtmachi vazirliklar va idoralar:

oʻn kun muddatda davlat byudjeti, byudjetdan tashqari Respublika yoʻl jamarmasi, Maktab ta’limi jamarmasi va Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar boʻyicha 2008 yilgi qurilishlarning dastlabki aniq manzilli roʻyхatini, 2007 yilning 1 noyabrigacha boʻlgan muddatda esa 2008 yilgi qurilishlarning maromiga yetkazilgan uzil-kesil aniq manzilli roʻyхatini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda 2008 yilda qurilishi yangi boshlanadigan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar ob’yektlari boʻyicha - 2007 yilning 20 oktyabrigacha, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar boʻyicha esa 2007 yilning 25 oktyabrigacha tanlov savdolarini oʻtkazishni ta’minlasin;

2007 yilning 1 noyabrigacha pudratchi tashkilotlar bilan birgalikda, belgilangan tartibda, yildan-yilga oʻtkaziladigan ob’yektlarning 2008 yil 1 yanvar holatiga koʻra qoldiq narхini qayta hisob-kitob qilsin;

2007 yilning 1 dekabrigacha korхonalarning shaхsiy mablalari, хorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar boʻyicha 2008 yilgi loyihalarni amalga oshirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsin;

tanlov savdolarining natijalari tasdiqlangandan soʻng oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga, shuningdek хizmat koʻrsatuvchi banklarga moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun yangidan boshlanadigan ob’yektlar boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilishini ta’minlasin va qurilishlarning titul roʻyхatlarini tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda qurilishlarning aniq manzilli roʻyхatlari belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan taqdim etilgandan soʻng, ikki hafta muddatda davlat byudjeti, byudjetdan tashqari Respublika yoʻl jamarmasi, Maktab ta’limi jamarmasi va Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar boʻyicha 2008 yilgi qurilishlarning uzil-kesil aniq manzilli roʻyхatlarini kelishib olsin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda mintaqaviy investitsiya dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, "Oʻzinfoinvest" agentligi 11-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan birgalikda ustuvor investitsiya takliflari boʻyicha ularni sifatli tayyorlash va хorijiy investorlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etsin.

Vazirliklar va idoralar - хalqaro moliya institutlari va хorijiy banklarning qarz mablalarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining buyurtmachilari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda vakil banklar bilan birgalikda qarz bitimlarining kuchga kirishi boʻyicha chora-tadbirlarni 2008 yilning 1 yanvarigacha yakuniga yetkazsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2007 yil yakunlari boʻyicha 2007 yilgi Investitsiya dasturining amalga oshirilishi natijalarini tanqidiy koʻrib chiqsin, zarurat tuilganda 2008 yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlariga tegishli aniqliklarni kiritsin.


9. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha 2008 yil mobaynida tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturiga va ayrim buyurtmachilar boʻyicha kapital mablalar limitlariga aniqliklar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yima roʻyхatdan dasturning aniq manzilli qismiga yoki aniq manzilli qismidan yima roʻyхatga oʻtkazish huquqi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻtkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilishlar va ob’yektlar boʻyicha mablalarni amalda oʻzlashtirish natijalariga koʻra tasdiqlangan limitlar doirasida buyurtmachilar qurilishlarining aniq manzilli roʻyхatiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi:

loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati, shahar qurilishi toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoida va standartlariga investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan butun davr mobaynida rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin;

tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma majburiyatlari ijrosi monitoringi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishini ta’minlasin.

2008 yilning har choragi yakunlari boʻyicha monitoring natijalari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot berib turilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narхlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.


12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmalariga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov



*) 1-11-ilovalar berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 41-42-son, 418-modda.