Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2006 y. PQ-499-son "Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.10.2006 y.

N PQ-499



UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL

YOʻLLARINI LOYIHALAShTIRISh, QURISh

VA REKONSTRUKSIYa QILISh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish, shuningdek Respublika yoʻl fondi hisobidan yoʻl tarmoining ekspluatatsiya qilish va pudratchi tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishni maqbullashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Umumiy foydalaniladigan yoʻllarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondining yangilangan nizomi 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi daromadlari shakllanishi va mablalarini sarflash tartibi toʻrisidagi yangilangan nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi "Oʻzavtoyoʻl" DAK, Davarхitektqurilish va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi хizmatlari bilan birgalikda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishning belgilangan tartibiga qat’iy amal qilinishini, koʻrsatilgan maqsadlarga ajratilgan mablalardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika yoʻl fondining avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilishga ajratilgan mablalaridan maqsadli va oqilona sarflanish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 2003 yil 21 avgustdagi 361-sonli qarorining 7-bandidagi 2, 3 va 5-хatboshilari hamda mazkur qarorning 5, 6 va 8-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



*) 1 - 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 43-44-son, 427-modda.