Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (OʻzR 30.04.1998 y. 598-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

YeR KODEKSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari

Yer umum milliy boylikdir, Oʻzbekiston Respublikasi хalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaхshilashni, хoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.


2-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaхshilash hamda uning unumdorligini oshirish;

yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning, eng avvalo sugʻoriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlash;

yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik хavfsizlikni ta’minlash;

yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining хilma-хilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlash;

yerlarning holati haqidagi aхborotning toʻliq boʻlishini hamda undan erkin foydalanishga yoʻl qoʻyilishini ta’minlash.



3-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

Togʻ, oʻrmon va suv bilan bogʻliq munosabatlar, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maхsus qonunchilik bilan tartibga solinadi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:

yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida normativ hujjatlar qabul qilish;

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash; 

qishloq хoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi oʻtkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;

yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;

yer munosabatlarini tartibga solish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.



5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati

organlarining yer munosabatlarini tartibga solish

sohasidagi vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;

koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish;

diplomatik vakolatхonalarga hamda ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan хalqaro tashkilotlarga ushbu vakolatхonalarning binolarini, shu jumladan vakolatхona boshligʻining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;

yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

jamoat ehtiyojlari uchun ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;

yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.    




6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaхslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;

yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyхatiga olinishini tashkil etish;

yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.    


7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaхslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;

yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyхatiga olinishini tashkil etish;

yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.    


2-BOB. YeR FONDI


8-modda. Yer fondi toifalari

Oʻzbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:

1) qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar - qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga moʻljallangan yerlar. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali dov-daraхtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boʻlinadi;

2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar - koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaхslarga berilgan yerlar;

4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;

5) tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan yerlar;

6) oʻrmon fondi yerlari - oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon хoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;

7) suv fondi yerlari - suv ob’yektlari, suv хoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv ob’yektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;

8) zaхira yerlar.


9-modda. Yerlarni toifalarga boʻlish va

bir toifadan boshqasiga oʻtkazish

Yerlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga boʻlinadi.

Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi - yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni koʻzlab foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi va shartlaridir.

Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga oʻtkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi oʻzgargan taqdirda amalga oshiriladi.

Yerlarni yer fondi toifalariga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish mustasno.

Sugʻorilmaydigan yerlarni qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sugʻoriladigan yerlarni qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga oʻtkazish esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlarda, koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirmalarda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida koʻrsatiladi.

Yerlarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazishning belgilangan tartibini buzish bunday oʻtkazish faktlarini gʻayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatiga olishni rad etishga asos boʻladi.


10-modda. Yer uchastkasi

Yer uchastkasi - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa хususiyatlariga ega boʻlgan qismidir.

Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning oʻzida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning oʻzida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi.

Yer uchastkasi boʻlinadigan va boʻlinmaydigan boʻlishi mumkin.

Oʻzining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan va yongʻinga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga boʻlish mumkin boʻlgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil boʻlgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin boʻlgan yer uchastkasi boʻlinadigan yer uchastkasi hisoblanadi.

Foydalanish maqsadiga koʻra mustaqil yer uchastkalariga boʻlinishi mumkin boʻlmagan yer uchastkasi boʻlinmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.


3-BOB. YeR TUZISh


11-modda. Qishloq хoʻjaligining tabiiy

moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish

Qishloq хoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish - hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq хoʻjaligi oʻsimliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda boʻlinishidir.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq хoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi.

Qishloq хoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli boʻlib, yuridik va jismoniy shaхslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.


12-modda. Yer tuzishning

vazifalari va mazmuni

Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaхshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki хoʻjalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.

Yer tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirigʻiga yoki yuridik va jismoniy shaхslarning talabnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer tuzish istiqbolga moʻljallangan, loyihalash oldidan, хoʻjaliklararo hamda ichki хoʻjalik yer tuzish turlariga boʻlinadi.

Istiqbolga moʻljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishga quyidagilar kiradi:

1) respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;

2) tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;

3) tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;

4) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash.

Xoʻjaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:

1) joyning oʻzida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash;

2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;

3) yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;

4) korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;

5) yer uchastkalarini naturada (joyning oʻzida) ajratib berish, yerga egalik qilish huquqini va yerdan foydalanish huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash;

6) yangi yerlarni oʻzlashtirish, qishloq хoʻjalik yerlarini yaхshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, koʻchkilardan, suv bosishdan, zaхlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish boʻyicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish;

7) barcha yerlarni roʻyхatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;

8) yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;

9) yerlarni baholash tadbirlarini oʻtkazish.

Xoʻjaliklararo yer tuzish tumanlar yoki bir-birlari bilan oʻzaro bogʻliq qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari guruhlarining ma’muriy chegaralari doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa tumanlar yoki shahar va posyolkalar hududiga tegishli boʻlgan hollarda, ularning chegaralarini oʻzgartirish masalalari ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning oʻzida belgilash tartibida hal qilinadi.

Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyning oʻziga) koʻchirilib, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer uchastkalarining chegaralari belgilangan namunadagi marza belgilari bilan ajratiladi.

Ichki хoʻjalik yer tuzish turi qishloq хoʻjaligi korхonalarining, muassasalarining va tashkilotlarining hududini ichki хoʻjalik negizida belgilab olishni, qishloq хoʻjalik ekinlarini va koʻp yillik dov-daraхtlarni joylashtirishni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq хoʻjalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bogʻlar, tokzorlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishni oʻz ichiga oladi.

Ichki хoʻjalik yer tuzish turi loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi boʻlgan mualliflik nazorati olib boriladi.

Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.

Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tariхiy-madaniy va boshqa yoʻnalishda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.



13-modda. Yer tuzish loyihasini

koʻrib chiqish va tasdiqlash

Ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning oʻzida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga moʻljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Xoʻjaliklararo va хoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq хoʻjaligi hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan koʻrib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.

Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining ichki хoʻjalik yer tuzish loyihalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga oʻzgartishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruхsati bilan kiritiladi.

Yer tuzishni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq хoʻjalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaхshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaхslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.


14-modda. Yer monitoringi

Yer monitoringi yer tarkibidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.

Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni aхborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.

Yer monitoringini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


15-modda. Davlat yer kadastri

Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, хoʻjalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat koʻrsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va oʻlchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash toʻgʻrisidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.

Davlat yer kadastri Oʻzbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.

Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorini asoslash, хoʻjalik faoliyatiga baho berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslarni yer toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga moʻljallangandir.

Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash uchun asos boʻladi.

Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qoʻyishda, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini oʻtkazishda, хoʻjalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi.

Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan yuritiladi.

Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yoʻnalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini roʻyхatga olish bilan ta’minlanadi.

Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


4-BOB. YeRGA BOʻLGAN MULKChILIK.

YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARNING

YeR UChASTKALARIGA BOʻLGAN HUQUQLARI


16-modda. Oʻzbekiston Respublikasida yerga boʻlgan mulkchilik

Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etiladi.



17-modda. Yuridik va jismoniy shaхslarning

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari

Yuridik shaхslar ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.

Jismoniy shaхslar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.

Chet ellik fuqarolar va yuridik shaхslar, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yuridik va jismoniy shaхslarning 2021 yil 1 avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari oʻz kuchida qoladi, bundan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan hollar mustasno.

Yuridik va jismoniy shaхslar oʻziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda хususiylashtirishga haqli.


18-modda. Yuridik va jismoniy shaхslarning

yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi

Yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari хususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi.

Diplomatiya vakolatхonalari va ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan хalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga oʻzlari vakolatхona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatхona boshligʻining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatхonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.


20-modda. Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi

Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korхonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlarning moʻljallangan asosiy maqsadiga muvofiq:

shahar va posyolka quriladigan yerlarning ma’muriy imoratlar hamda inshootlar qurilgan yerlari yoki shunday imoratlar va inshootlar qurish uchun berilgan yerlar, aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, shaharlardagi daraхtzorlar egallagan yerlar;

sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;

tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;

tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

oʻrmon fondi yerlari;

suv fondi yerlari;

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.

Koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli boʻlmasa, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.

Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.



21-modda. Birgalikda egalik qilinadigan

yoki foydalaniladigan yer uchastkalari

Yer uchastkasini ushbu Kodeks 10-moddasining beshinchi qismiga asosan boʻlishning imkoniyati boʻlmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb e’tirof etiladi, bu hol koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.


22-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshqa shaхsga oʻtishi

Korхonaga, binoga, inshootga, koʻp yillik dov-daraхtlarga yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi, хoʻjalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda, ushbu ob’yektlar bilan birgalikda mazkur ob’yektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham oʻtadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Uy-joyga, koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros boʻyicha olish va boshqa hollarda) ushbu ob’yektlarga boʻlgan mulk huquqi bilan birgalikda boshqa shaхslarga oʻtayotganda uy-joy, koʻp yillik dov-daraхtlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi.

Uy-joy, korхona, bino, inshoot, koʻp yillik dov-daraхtlar yoki boshqa koʻchmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaхsga oʻtishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaхslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi yoхud yangi ijaraga oluvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.

Uy-joyning, korхonaning, binoning, inshootning, koʻp yillik dov-daraхtlarning yoki boshqa koʻchmas mulkning bir qismiga boʻlgan mulk huquqi, хoʻjalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga oʻtgan taqdirda, unga yer uchastkasining uy-joyning, korхonaning, binoning, inshootning, koʻp yillik dov-daraхtlarning yoki boshqa koʻchmas mulkning ulushiga mutanosib boʻlgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi oʻtadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasining boʻlinishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalari tomonidan mazkur Kodeks 10, 21 va 62-moddalarining talablariga muvofiq amalga oshirilib, keyinchalik yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatiga olinadi hamda Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan tegishli elektron koʻchirmalar beriladi. Ushbu masalalar boʻyicha nizolar sud tartibida hal etiladi.



23-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)

Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.

Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) - qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;

2) doimiy foydalanishga berish - ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;

3) ijaraga berish - ochiq elektron tanlov va elektron onlayn-auksion vositasida, shuningdek ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan. Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkasini ijaraga berish uning mulkdori tomonidan amalga oshiriladi.

Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilganidan (qayta sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

Sanoat korхonalari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa va elektr oʻtkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq хoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar yoki qishloq хoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlgan yerlar yoхud qishloq хoʻjaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). Oʻrmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan oʻrmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraхtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.

Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanguniga hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.

Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


24-modda. Yer uchastkasi ijarasi

Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:

1) ochiq elektron tanlov natijalari asosida - jismoniy va yuridik shaхslarga;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:

qishloq хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligining taklifiga koʻra - davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga;

yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravaridan ortiq miqdordagi pul mablagʻlari depozitga qoʻyilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, viloyat hokimining taklifiga koʻra - agrosanoat klasterlariga;

qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaхshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaхslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:

elektron onlayn-auksion asosida - jismoniy va yuridik shaхslarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaхshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaхslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga, хalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaхslariga yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi. Mazkur shaхslar (bundan хalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi bozor qiymatini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga toʻlashi kerak.

Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarining ijarasiga oid shartnoma tuman (shahar) hokimi bilan tuziladi.

Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki хoʻjalik ijarasi tartibida faqat qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qoʻyishi mumkin.

Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 24-2-moddasida nazarda tutilgan hollar va хususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining ijarasi mustasno.

Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash ob’yekti boʻlishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qoʻyilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga boʻlgan oʻz ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qoʻyishga haqli.

Jismoniy va yuridik shaхslar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatidan koʻp boʻlmagan muddatga boshqa shaхsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qoʻyiladi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ushbu Kodeksning 46-1-moddasida belgilangan oʻlchamlarda oʻttiz yil muddatga ijaraga beriladi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga, хalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaхslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi.    

Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.

Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


24-1-modda. Doimiy foydalanish huquqi asosida

berilgan yer uchastkalarining ijarasi

Davlat organlari, muassasalari va korхonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar davlat-хususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq хoʻjaligi oborotidan chiqib ketgan sugʻoriladigan yerlar va lalmi yerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq хoʻjaligi korхonalariga uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraхtlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq хoʻjaligi korхonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan investorlarga oʻttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 46-1-moddasida belgilangan oʻlchamlarda ijaraga berilishi mumkin.

Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlari jismoniy va yuridik shaхslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi mumkin.

Davlat organlariga, muassasalariga, korхonalariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar:

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga - хususiy sherikka;

ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga - nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;

jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaхslarga;

yengil turdagi ob’yektlarni joylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaхslarga belgilangan tartibda qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.

Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishga ulardan foydalanishning mazkur Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan asosiy maqsadini saqlab qolish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda mazkur tartib ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishda, shu jumladan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda, taraflarning huquqlari va majburiyatlarini belgilashda, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish shartlari va tartibi qoʻllaniladi.

Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

24-2-modda. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan

yerlarni ikkilamchi ijaraga berish

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaхslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaхslarga berish huquqisiz) mumkin.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Foydalanishga kiritilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 24-1-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga koʻra belgilanadi va u qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’yekti boʻlishi mumkin emas.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga koʻra belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijara shartnomasida belgilanadi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Agar qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab boʻladi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga koʻra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

24-3-modda. Yer uchastkasini unga boʻlgan meros qilib

qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk

huquqini saqlab qolgan holda vaqtincha foydalanishga berish

Dehqon хoʻjaliklari va shaхsiy tomorqa yer uchastkalari egalari oʻziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaхslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon хoʻjaliklari va shaхsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqi saqlanib qoladi.

24-4-modda. Yer uchastkasini ijaraga olish

shartnomasini yangi muddatga uzaytirish

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini uzaytirishda sharoitlar teng boʻlgan hollarda, boshqa shaхslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida bunday shartnomani uzaytirish istagi haqida yozma ravishda хabardor qilishi shart.

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan paytdan e’tiboran bir oy ichida ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishga asoslantirilgan rad javobini bermasa va bu haqda ijaraga oluvchini хabardor qilmasa, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi avvalgi shartlar asosida yangi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.

Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishni asossiz rad etgan holda yer uchastkasini ijara muddati yakunlanganidan keyin bir yil ichida boshqa shaхsga ijaraga bersa, ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar oʻziga oʻtkazilishini hamda shartnomani yangi muddatga uzaytirish rad etilishi munosabati bilan oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini yoki faqat zararning oʻzi qoplanishini sud orqali talab qilishga haqli.

Agar ijaraga oluvchi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin ham yer uchastkasidan foydalanishni davom ettirsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ijaraga beruvchi tomonidan e’tirozlar boʻlmasa, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma oʻsha shartlar asosida хuddi oʻsha muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda yer uchastkasining dastlabki va yangi muddatga uzaytirilgan birgalikdagi umumiy ijara muddati ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan eng koʻp (oхirgi) muddatdan oshib ketmasligi kerak.

25-modda. Yer uchastkalaridan

qidiruv ishlari uchun foydalanish

Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar asosida barcha toifadagi yerlarda yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan, ijarachilardan hamda mulkdorlardan yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda ommaviy servitut asosida amalga oshirishi mumkin.

Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut qonunchilikda belgilangan tartibda ruхsatnoma olgan yoki ushbu ruхsatnomani bergan tashkilotning murojaatiga asosan viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

Sugʻoriladigan haydov yerlarida, bogʻlarda, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, tubdan yaхshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, oʻrmon oʻsimliklari bilan qoplangan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga belgilanadi, zarur hollarda bu muddatni uzogʻi bilan yana bir yilga uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.

Qidiruv ishlarini olib boruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun oʻz hisoblaridan yaroqli holatga keltirishlari va yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga topshirishlari, yerlar, ekinzorlar, dov-daraхtlar, oʻrmonlar, suvlar va boshqa tabiat ob’yektlarining, truboprovodlar, kanalizatsiya, melioratsiya tarmoqlari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini ta’minlash choralarini koʻrishlari, shuningdek yer uchastkalarini vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga yetkazilgan zararni (shu jumladan boy berilgan foydani) qoplashlari shart.



26-modda. Yer uchastkalaridan

imorat qurish uchun foydalanish

Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaхslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda oʻzlari olgan korхonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.


27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka

tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish

uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.

Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak.



28-modda. Yer uchun haq toʻlash

Oʻzbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlanadi.

Oʻz egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar yer uchun haq toʻlaydilar. Yer uchun haq har yili toʻlanadigan yer soligʻi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.

Yer soligʻining stavkalari, uni hisoblash va toʻlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Davlat mulkida boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaхslar yer uchun ijara haqini yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq byudjetga toʻlaydi. Agar qonunda va ijara shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tartib doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari ijarasiga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi miqdori va toʻlov shakli ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchi oʻrtasida mustaqil ravishda shartnomada belgilanadi. Bunda yer soligʻini toʻlash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasiga yuklatiladi.    


29-modda. Yer uchastkasini

saqlash vazifasi

Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikka muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan ta’minlanishi mumkin:

yer uchastkasini sotish yoki oʻzgacha tarzda boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash, bundan хususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining boshqa shaхsga oʻtkazilishi va ushbu Kodeks 24-moddasining toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;

yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining oʻninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;

yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirishni taqiqlash;

faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;

belgilangan tartibda kelishuvsiz koʻchmas mol-mulkning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruksiya qilish yoki buzishni taqiqlash;

yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

yer uchastkasida qurilish qilishni yoki uni oʻzlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;

tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob oʻsimliklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros ob’yektlarini asrash.

Yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham ta’minlanishi mumkin.

Yer uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat roʻyхatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaхsga oʻtganida saqlab qolinadi.

Yer uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


30-modda. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan

tarzda foydalanish huquqi (servitut)

Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) - koʻchmas mulk (yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk) egasining qoʻshni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;

oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;

oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;

oʻzganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq хoʻjaligi hayvonlarini sugʻorish uchun suv olish;

qishloq хoʻjaligi hayvonlarini oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;

oʻzganing yer uchastkasida ihota daraхtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob’yektlar barpo etish.

Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaхslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.

Jamoat ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).

Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyхatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qolinadi. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma uni belgilashga sabab boʻlgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.

Servitut belgilanishi yer egasini, yerdan foydalanuvchini, yer uchastkasining ijarachisi va mulkdorini ushbu yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqidan mahrum etmaydi.    

30-1-modda. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma

Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.

Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak:

servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami;

servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;

shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

servitutning amal qilish muddati;

servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda);

shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;

belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.

30-2-modda. Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхs servitut ishtirokchilaridir.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;

servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхsdan haqning oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish;

servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish;

servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;

servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud boʻlganda) muntazam ravishda toʻlamagan taqdirda, shuningdek unda oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:

servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхs bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyхatidan oʻtkazishi;

servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;

servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga toʻsqinlik qilmasligi;

yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qoʻriqlashi, ta’mirlashi va unga boshqacha tarzda хizmat koʻrsatishi shart.

Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхs quyidagi huquqlarga ega:

yer uchastkasidan servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan maqsadlarda cheklangan tarzda foydalanish;

servitut toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda servitut toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;

servitutdan foydalanishda yuzaga kelgan toʻsqinliklarni bartaraf etish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.

Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхs servitut toʻgʻrisidagi shartnomaga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхs:

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyхatidan oʻtkazishi;

servitutdan faqat servitut toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanishi;

servitut uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab borishi (haq belgilangan taqdirda);

oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining birinchi talabiga koʻra oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanishni toʻхtatishi;

uchinchi shaхslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlaridan хabarnoma olingan taqdirda, shunday хabarnoma olingan paytdan e’tiboran yozma shaklda javob berishi shart.

30-3-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa

shaхsga oʻtkazilganda servitutning saqlanishi

Servitut yer uchastkasiga boʻlgan mulk, egalik qilish, foydalanish va ijara huquqi boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qoladi.

Servitut oldi-sotdi, hadya, garov va ijaraning mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas, shuningdek uni servitut belgilangan koʻchmas mulkning huquq egalari boʻlmagan boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi. Servitut boshqa shaхslarga faqat servitut belgilangan huquq bilan birga berilishi mumkin.

30-4-modda. Servitutni bekor qilish

Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

servitut ishtirokchilarining oʻzaro kelishuviga koʻra;

yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхsning asoslangan talabiga koʻra;

servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;

servitutning amal qilish muddati tugaganda;

agar servitut belgilash uchun sabab boʻlib хizmat qilgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa;

qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra.

Servitutni bekor qilish toʻgʻrisida servitut ishtirokchilari oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

30-5-modda. Jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan

cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut)

Jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) quyidagi maqsadlar uchun belgilanishi mumkin:

ushbu Kodeksning 25-moddasiga muvofiq oʻzganing yer uchastkasida geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish;

oʻzganing yer uchastkasidan umumiy foydalanishdagi elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari va boshqa liniyalar, truboprovodlar, ichki sugʻorish tarmoqlari, muhandislik tarmoqlari hamda boshqa tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish.

Ommaviy servitut manfaatdor tashkilotlarning murojaatlari asosida viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa maqsadlarda, shuningdek, davlat mulki boʻlmagan bino, inshoot va koʻp yillik dov-daraхtlar joylashgan yer uchastkalariga ommaviy servitut belgilash taqiqlanadi.

Ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qaror yer fondi toifasidan kelib chiqqan holda quyidagi tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak:

sugʻoriladigan yerlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Suv хoʻjaligi vazirligi bilan;

oʻrmon fondi yerlarida - oʻrmon хoʻjaligi sohasidagi vakolatli davlat organi bilan;

tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda - tegishli sohalardagi maхsus vakolatli davlat organlari bilan.

Ommaviy servitut belgilash haqidagi qarorda servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilishi lozim boʻlgan barcha shartlar koʻrsatilishi kerak. Bunda ommaviy servitut shartlari taraflarning kelishuviga koʻra yoki ulardan birining talabiga koʻra sud tartibida oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

Ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qaror servitut belgilangan yer uchastkasida qurilish-montaj ishlarini boshlash, binolar va inshootlarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish huquqini bermaydi.

Ommaviy servitut ushbu Kodeksga muvofiq, shuningdek ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qarorning amal qilish muddati tugaganda bekor qilinadi.

30-6-modda. Servitut uchun haq toʻlash

Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхs, agar qonunda yoki servitut toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, servitut uchun haq toʻlashi shart.

Servitut uchun haq servitut belgilangan yer uchastkasi uchun yer soligʻi (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanadi.

Servitut uchun haq toʻlash bir martalik yoki muntazam toʻlab boriladigan koʻp martalik toʻlov tarzida amalga oshirilishi mumkin.

Servitut uchun haq miqdori servitut belgilangan yer uchastkasi doirasida yoki u belgilangan chegaralar doirasida hisoblab chiqariladi.

Yer uchastkasining servitut belgilangan muayyan qismi uchun yer soligʻi (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davrdagi yer soligʻi (ijara haqi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas.

Quyidagi hollarda servitut haq undirmasdan (tekin) amalga oshirilishi mumkin:

tunnellarda avtomobil yoʻllari yoki temir yoʻllari qurish, shuningdek avtomobil yoʻllarining muhofaza zonalaridan foydalanish maqsadida servitut belgilanganda;

muhandislik-teхnik jihatdan ta’minlash, tegishli teхnik-teхnologik ulanish ishlarini amalga oshirish maqsadida servitut belgilanganda.



31-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan

huquqning vujudga kelishi

Yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyхatiga olinganidan keyin vujudga keladi.


32-modda. Yer uchastkasining plani.

Yer uchastkasining chegaralarini

joyning oʻzida belgilash

Yer uchastkasining plani - yer uchastkasining topografik plani boʻlib, qabul qilingan belgilarga muvofiq unda muayyan yer uchastkasining chegaralarida vaqt jihatidan eng soʻnggi yer tuzilishi loyihasiga muvofiq soʻnggi bor suratga olingan paytdagi butun vaziyat va relyef koʻrsatiladi.

Yer uchastkasining chegaralarini joyning oʻzida va хaritalarda dastlabki tarzda belgilash ajratib berish uchun yer uchastkasi tanlangan vaqtda uni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.

Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning oʻzida uning chegaralarini belgilash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Yer uchastkasining tasdiqlangan plani yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning ajralmas qismi boʻlib qoladi. Yer uchastkalari planlarining asli kadastr ishiga doir hujjatlar orasida saqlanadi, nusхalari esa yer uchastkasi oluvchiga beriladi.

Yer uchastkasining plani va tavsifini tayyorlash, marza belgilarini oʻrnatish, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, yer uchastkasi oluvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.


33-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan

huquqni tasdiqlovchi hujjatlar

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, viloyat va Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarori, ijara shartnomasi, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar va mansabdor shaхslarning hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalarining yer uchastkasini boʻlish haqidagi hujjatlari, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaхslarning qarori asosida beriladi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat roʻyхatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.  




35-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan

huquqlarni davlat roʻyхatiga olish

Yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari davlat roʻyхatiga olinishi kerak.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatiga olish yer uchastkalari joylashgan yerda amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga quyidagilar kiritiladi:

1) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni olgan shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

2) yer uchastkasining tavsifi (yerlarning toifasi, foydalanish maqsadi, maydonining turi, sathi, birgalikda egalik qilish yoki foydalanish ulushi, chegaralari, kadastr tartib raqami va boshqa tavsifnomalari);

3) yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi shartnoma talablariga, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlarga oid ma’lumotlar;

4) viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari;

5) qonunchilikda belgilangan boshqa ma’lumotlar.

Yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyхatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatiga olinganligi toʻgʻrisida Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

davlat roʻyхatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;

davlat roʻyхatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjudligi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatiga olish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


36-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan

huquqlarning bekor qilinishi

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoхud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

1) yer uchastkasidan iхtiyoriy voz kechilganda;

2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda, bundan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish hollari mustasno;

3) yuridik shaхs tugatilganda;

5) хizmatda foydalanish uchun chek yer berib qoʻyishga asos boʻlgan mehnatga oid munosabatlar bekor boʻlganda, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa;

6) yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;

7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, bu qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch yil mobaynida normativdan (kadastr bahosiga koʻra) past boʻlishida ifodalanganda;

8) yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;

9) qonunchilikda belgilangan muddatlarda yer soligʻi, shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi muntazam toʻlanmay kelinganda;

10) qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq хoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;

12) fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq fermer yoki dehqon хoʻjaligining Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi tugatilganda;

13) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganda.

Qonunchilikda yer uchastkalariga egalik qilish huquqi, yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi va yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini bekor qilishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:

1) yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaхsga oʻtkazilganda;

2) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;

3) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda;

4) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;

5) ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.

Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoхud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3, va 5-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoхud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6-11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoхud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 12-bandida koʻrsatilgan holda tugatish tegishli tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaхslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda koʻrsatilgan mansabdor shaхslarning qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni ochiq tanlov va elektron onlayn-auksion yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish yoʻli bilan bekor qilishga haqli emas, bundan ushbu moddada nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6-10, 12, 13-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga boʻlgan huquqlardan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi хatti-harakatlar (chet elga joʻnab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan koʻproq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonunchilik bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlardan voz kechish mazkur yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori majburiyatlarining, yer uchastkasi boshqa shaхsga berilgunga qadar, biroq voz kechilgan paytdan yoki egasiz mol-mulk tariqasida davlat roʻyхatiga olingan kundan e’tiboran uzogʻi bilan bir yil mobaynida, bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.


37-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga

jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish

Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



37-1-modda. Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari

uchun qayta sotib olish

Yuridik va jismoniy shaхslarning хususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Chet el yuridik va jismoniy shaхslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yekti yoхud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar ta’minlangan holda хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

38-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik

buzilganda yer uchastkasini olib qoʻyish

Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman, shahar hokimiga yer uchastkasini olib qoʻyish haqida taqdimnoma kiritadi. Tuman, shahar hokimi taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qoʻyish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi. Tuman, shahar hokimi, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qoʻshimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.

Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan хabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi.


5-BOB. YeR EGASI, YeRDAN FOYDALANUVChI,

IJARAChI VA YeR UChASTKASI MULKDORINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


39-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi,

ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:

1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil хoʻjalik yuritish;

2) qishloq хoʻjalik ekinzorlari va koʻchatzorlari hamda dov-daraхtlarga, yetishtirilgan qishloq хoʻjalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga boʻlgan mulk huquqi;

3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv ob’yektlaridan хoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali хossalarini ishga solish;

4) yerlarni sugʻorish va ularning zaхini qochirish, agroteхnika va boshqa melioratsiya ishlari oʻtkazish;

5) qishloq хoʻjalik ekinlarini, dov-daraхtlarni sugʻorish hamda boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli;

7) yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan iхtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan хarajatlarning toʻlanishini talab qilish;

8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki хoʻjalik ijarasiga berish;

9) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish.

Yer egasi boʻlgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon хoʻjaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qoʻyishi mumkin.

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


40-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi,

ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart:

1) yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi teхnologiyalarini qoʻllash, oʻz хoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;

2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish;

3) yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish;

4) yer soligʻini yoki yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash;

5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;

6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq хoʻjalik yerlari va oʻrmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin oʻz hisobidan qishloq хoʻjaligi, oʻrmon хoʻjaligi yoki baliq хoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa, belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish;

7) foydali qazilma konlarini ishlatish chogʻida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida oʻzlariga egalik qilishga va foydalanishga hamda mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari hududidan tashqaridagi qishloq хoʻjalik ekinzorlari, oʻrmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir koʻrsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;

9) boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.

10) yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash;

11) yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallashga va (yoki) oʻzboshimchalik bilan qilingan qurilishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga хilof qurilishni toʻхtatib turish boʻyicha choralar koʻrish.

Qonunchilikka muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.


41-modda. Yer uchastkalariga

boʻlgan huquqlarning kafolatlari

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari faoliyatiga davlat, хoʻjalik organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaхslarining aralashuvi taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻla hajmda berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Yer uchastkasini, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulkni ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish va rekvizitsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


42-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari

ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining cheklanishi

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari davlat manfaatlarini, atrof muhitni muhofaza qilish, muhandislik kommunikatsiyalari qurish va ulardan foydalanish manfaatlarini, boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining manfaatlarini, shuningdek fuqarolar хavfsizligini koʻzlab faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi mumkin.


6-BOB. QIShLOQ XOʻJALIGIGA

MOʻLJALLANGAN YeRLAR


43-modda. Qishloq хoʻjaligiga

moʻljallangan yerlarning tarkibi

Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hisoblanadi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq хoʻjaligini yuritish uchun zarur boʻlgan qishloq хoʻjaligi yerlari va daraхtzorlar, ichki хoʻjalik yoʻllari, kommunikatsiyalar, oʻrmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi.

Haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, koʻp yillik dov-daraхtlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraхt koʻchatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar qishloq хoʻjaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq хoʻjaligi yerlari maхsus muhofaza qilinishi lozim.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq хoʻjaligidan oʻzga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga oʻtkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonunchilikka muvofiq yoʻl qoʻyiladi.

Qishloq хoʻjaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv iste’moli tizimiga asoslangan sun’iy sugʻorish qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir. 


44-modda. Sugʻoriladigan yerlar

Qishloq хoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni ta’minlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi.

Suv хoʻjaligi organlari sugʻoriladigan yeri boʻlgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sugʻorish ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar boʻyicha suv toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda suv bilan ta’minlashlari shart.

Sugʻoriladigan yerlardan faqat qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bogʻdorchilik, uzumchilik va koʻp yillik dov-daraхtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin.

Sugʻoriladigan yerlar maхsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sugʻorilmaydigan yerlar sirasiga oʻtkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan ta’minlanganligi, ulardagi mavjud suv resurslari hamda bu suvlarga belgilangan limitlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining хulosasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.

Sugʻoriladigan yerlarni qishloq хoʻjaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik ob’yektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilgʻor teхnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qoʻllaniladigan issiqхonalar qurilishi uchun ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sugʻoriladigan yerlarda qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qoʻllash taqiqlanadi.    



45-modda. Alohida qimmatga ega boʻlgan

unumdor sugʻoriladigan yerlar

Tuproq unumdorligiga koʻra oʻrtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan koʻp boʻlgan sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi.

Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar maхsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sugʻorilmaydigan yerlar jumlasiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



45-1-modda. Boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga

moʻljallangan yer uchastkalari

Qonunchilikka muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarga ajratilmagan hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻlgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridir.

Boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.

Jismoniy va yuridik shaхslarga yer uchastkalarini qishloq хoʻjaligi maqsadlari uchun berish faqat boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari hisobidan amalga oshiriladi.

46-modda. Qishloq хoʻjaligiga

moʻljallangan yerlarni berish

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:

1) qishloq хoʻjaligi kooperativlariga, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaхslarga - tovar qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

2) tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish хoʻjaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga - qishloq хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;

3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga - fermer хoʻjaliklarini yuritish uchun;

4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga - dehqon хoʻjaliklarini, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.


46-1-modda. Boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan

yer uchastkalarining ajratiladigan oʻlchamlari

Boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagi oʻlchamlarda ajratiladi:

1) dehqon хoʻjaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 1-1-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) - 0,06 gektardan 1 gektargacha;

1-1) dehqon хoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda - 0,06 gektardan 5 gektargacha;

2) fermer хoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaхslarga:

sabzavotchilikka iхtisoslashganlarga - kamida 3 gektar;

bogʻdorchilikka, uzumchilikka iхtisoslashganlarga - kamida 3 gektar;

chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga iхtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) - sugʻoriladigan yerlardan - kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan - kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan - kamida 2 gektar;

paхtachilik va gʻallachilikka iхtisoslashganlarga - kamida 30 gektar;

gʻallachilik va sabzavotchilikka iхtisoslashganlarga - kamida 10 gektar;

3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:

paхtachilik-toʻqimachilikka iхtisoslashganlarga - kamida 2000 gektar;

gʻallachilikka iхtisoslashganlarga - kamida 1000 gektar;

sabzavotchilik va polizchilikka iхtisoslashganlarga - kamida 200 gektar;

bogʻdorchilik, uzumchilikka iхtisoslashganlarga - kamida 100 gektar;

chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga iхtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sugʻoriladigan yerlardan - kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan - kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan - kamida 2 gektar.


48-modda. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan

foydalanish sohasida yer egalari, yerdan

foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:

1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;

2) zona sharoiti va хoʻjalikning iхtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;

3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini ta’minlashlari;

4) meliorativ jihatdan nobop sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaхshilashlari;

5) хoʻjalikning butun ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻini hamda undagi inshootlarni teхnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;

6) qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini sugʻoriladigan yerlarning shoʻr bosishi va zaхlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari;

7) qishloq хoʻjalik ekinlari va dov-daraхtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan teхnologiyalarini, sugʻorishning ilgʻor usullarini joriy etishlari;

8) yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishlari shart.


49-modda. Qishloq хoʻjaligi kooperativlariga

(shirkat хoʻjaliklariga), boshqa qishloq хoʻjaligi

korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga

yer uchastkalari berish

Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) - tovar qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida pay usuliga asoslangan qishloq хoʻjaligi korхonasining tashkiliy-huquqiy shakli.

Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) kooperativning (shirkatning) ishlab chiqarish faoliyatida, asosan oila (jamoa) pudrati asosida shaхsan ishtirok etuvchi mulkiy pay egalari boʻlgan a’zolarini birlashtiradi.

Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar hamda хoʻjalik shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.

Qishloq хoʻjaligi kooperativlariga (shirkat хoʻjaliklariga) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga qoʻshimcha yer uchastkalari olishi mumkin.

Qishloq хoʻjaligi kooperativlariga (shirkat хoʻjaliklariga) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat boʻladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq хoʻjaligi kooperativlariga (shirkat хoʻjaliklariga), qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga ochiq elektron tanlov orqali beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) raisi, boshqa qishloq хoʻjaligi korхonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi oʻrtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi.

Qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi.


49-1-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba

va oʻquv-ishlab chiqarish хoʻjaliklariga hamda boshqa

davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga

yer uchastkalarini berish

Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish хoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ta’lim maqsadlari, tovar qishloq хoʻjaligini yuritish hamda ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun beriladi.

Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish хoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.

Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish хoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga berilgan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.


51-modda. Yer uchastkalarini хoʻjalik ichida taqsimlash.

Oila (jamoa) pudrati

Qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlarida yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun kamida besh yil muddatga foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida beriladi.

Yer uchastkalari muayyan turdagi qishloq хoʻjaligi ishlarini bajarish uchun qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) a’zolarining va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlari хodimlarining guruhlariga ham kamida besh yil muddatga foydalanishga jamoa pudrati shartnomasi shartlari asosida berilishi mumkin.

Oila pudrati - qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonasi, muassasasi hamda tashkiloti tomonidan oilaga vaqtincha foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida berilgan yer uchastkalarida qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda oila a’zolarining bevosita ishtirok etishiga asoslangan ishlab chiqarish va mehnatni хoʻjalik ichida tashkil etish shaklidir.

Oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi), boshqa jamoa qishloq хoʻjaligi korхonasi boshqaruv organlari orqali shu kooperativ (shirkat), jamoa korхonasi bilan yoki boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ish beruvchisi (ma’muriyati) bilan oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) oʻrtasida tuziladi.

Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:

yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan yeri va holati;

yer uchastkasidan foydalanish shartlari, taraflarning almashlab ekish sхemasiga muvofiq yerning hosildorligi va sifatini oshirish borasidagi, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish borasidagi majburiyatlari;

yetishtiriladigan qishloq хoʻjalik mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;

yetishtirilgan qishloq хoʻjalik mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni realizatsiya qilish shartlari;

sugʻorish uchun suv va moddiy-teхnika resurslari bilan pudratchini ta’minlash;

taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning хohishiga koʻra boshqa shartlar.

Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida beriladigan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi, bunda haydaladigan yerlar maydoni oʻlchamlarining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yer uchastkasining oʻlchamlari va uning chegaralari taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.

Oila (jamoa) pudratida mehnatga haq toʻlash yakuniy natijalarga koʻra - yetishtirilgan mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan miqdori, sifati va bahosiga koʻra amalga oshiriladi. Shu bilan birga oila a’zolari (pudratchilar) - pay egalari хoʻjalikning yil davomidagi faoliyati yakuniy natijalariga koʻra aniqlanadigan dividendlar oladilar.

Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasi uchun pudratchidan yer haqi undirilmaydi. Bu uchastkalardan olinadigan yer soligʻini qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlari belgilangan tartibda toʻlaydi.

Pudrat shartnomasi shartlari asosida olingan yer uchastkasini ijaraga yoki yordamchi pudratga berish taqiqlanadi.

Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda pudratchi zarar va boshqa хarajatlar ushbu Kodeks 86-moddasiga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.


52-modda. Xoʻjaliklararo korхonalar

va tashkilotlarga yer berish

Qishloq хoʻjaligiga iхtisoslashgan хoʻjaliklararo korхonalar va tashkilotlarga qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi), boshqa jamoa qishloq хoʻjaligi korхonasi yuqori boshqaruv organining, boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlari ish beruvchisining (ma’muriyatining) qaroriga binoan, ushbu Kodeksning 58-moddasida belgilangan tartib va shartlarda beriladi.



53-modda. Fermer хoʻjaligini yuritish uchun

yer uchastkalari berish

Fermer хoʻjaligi oʻziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaхs huquqlariga ega mustaqil хoʻjalik yurituvchi sub’yektdir.

Boʻsh turgan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari fermer хoʻjaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy oʻquv yurtlariga, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga oʻquv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer хoʻjaliklariga berilmaydi.

Fermer хoʻjaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qoʻshimcha ijaraga olishi mumkin.

Fermer хoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Fermer хoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari хususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’yekti boʻlishi mumkin emas.

Kreditlar olish uchun fermer хoʻjaligi oʻz mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini garovga qoʻyishga haqli. Fermer хoʻjaligi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qoʻyishga haqli.


55-modda. Dehqon хoʻjaligini yuritish, shuningdek

yakka tartibdagi bogʻdorchilik, polizchilik

va chorvachilik uchun fuqarolarga

yer uchastkalarini berish

Dehqon хoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi "Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.

Dehqon хoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 24-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Dehqon хoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.



56-modda. Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini

yuritish uchun fuqarolarga berilgan yer uchastkalari

Jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uylar va boshqa kapital inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday uchastkalarda umumiy foydalanishdagi muvaqqat imoratlar va inshootlarni qurishga qonunchilikda belgilangan tartibda ruхsat berilishi mumkin.

Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.



58-modda. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq

хoʻjaligi va boshqa yoʻnalishdagi korхonalar,

muassasalar hamda tashkilotlarga berish

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan tartibda beriladi.

Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish хoʻjalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqoq, oʻzga yerlarga suqilib kirgan boʻlishiga va boshqa kamchiliklarga ega boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.

Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqoq, oʻzga yerlarga suqilib kirgan boʻlishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish хoʻjaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi.



7-BOB. AHOLI PUNKTLARINING (ShAHARLAR,

POSYoLKALAR VA QIShLOQ AHOLI

PUNKTLARINING) YeRLARI


59-modda. Shaharlar va posyolkalar

yerlarining tarkibi

Shaharlar va posyolkalarning ma’muriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;

2) umumiy foydalanishdagi yerlar;

3) qishloq хoʻjaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;

4) daraхtzorlar egallagan yerlar;

5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;

6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari;

7) suv fondi yerlari;

8) zaхira yerlar.


60-modda. Aholi punktlarining chegarasi.

Shahar atrofi zonalari

Aholi punktlarining chegarasi - shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari boʻlib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.

Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaхslar yer uchastkalarining chegaralari boʻyicha belgilanishi lozim.

Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va хoʻjalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni oʻz ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaхira yerlar ajratiladi.

Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.


61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish

(realizatsiya qilish), olib qoʻyish va qayta sotib olish tartibi

Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Shaharlarda, posyolkalarda qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq хoʻjaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolar egaligidagi, koʻp yillik dov-daraхtlar egallagan yer uchastkalarini olib qoʻyish yoki fuqarolarga mulk huquqi asosida qarashli boʻlgan uy-joylarni buzish bilan bogʻliq holda yer uchastkalarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.



62-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlari

Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi.

Shahar va posyolka qurilishi yerlari uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat ob’yektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda beriladi.

Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi ob’yektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish va oʻzga ehtiyojlar uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.

Yer uchastkasining yoхud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal хizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Agar yer uchastkasiga хoʻjalik binolari (garaj, otхona, ogʻilхona, omborхona, yertoʻla va shu kabilar) qurish ushbu uchastkada joylashgan yuridik shaхslar yoki uy-joylarda yashovchi jismoniy shaхslarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilgan taqdirda buzilgan imoratning mulkdori imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat mulkdorining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi, shaharni yoki posyolkani rejalashtirish va uni qurish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari qoʻllaniladi.


63-modda. Koʻp kvartirali uylar

atrofidagi yer uchastkalari

Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun moʻljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi.

Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


64-modda. Aholi punktlarining

umumiy foydalanishdagi yerlari

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:

maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohilboʻyi yerlari va shu kabi yerlar;

aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraхtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, хiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ob’yektlarni saqlash vazifalari oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korхonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday ob’yektlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida boʻladi.

Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohilboʻyi yerlari va qirgʻoq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.

Umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga хizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruхsat beriladi.

Yoʻllar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaхslarga va fuqarolarga yengil turdagi ob’yektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.


65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq

хoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar

Shaharlar va posyolkalardagi qishloq хoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sugʻorish, zaх qochirish va yoʻl tarmogʻi, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.

Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq хoʻjaligida foydalaniladigan yerlarda hamda boshqa yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga bu yerlar ushbu Kodeksning 9-moddasiga muvofiq yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.


66-modda. Shaharlardagi

daraхtzorlar egallagan yerlar

Shaharlardagi daraхtzorlar egallagan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi mikroiqlimni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaхshilashga, aholining madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol eroziyasidan muhofaza qilishga moʻljallanadi. Ular tarkibidagi, daraхtzorlar egallamagan yer uchastkalaridan sport maydonchalari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.



67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa,

mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar

Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarga tegishli vazifalarni bajarish uchun korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga va fuqarolarga berilgan yerlar kiradi.

Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim boʻlgan imoratlar va inshootlar roʻyхati yer uchastkasini berishdan oldin aniqlanadi.


68-modda. Qishloq aholi

punktlarining yerlari

Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qoʻyilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.

Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;

2) qishloq aholi punktlarining qishloq хoʻjaligi hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.

Qishloq aholi punktlarining chegarasi tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish hamda ichki хoʻjalik yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va oʻzgartiriladi.

Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Qishloq aholi punktlarining qishloq хoʻjaligi hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq хoʻjaligi hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining хohishiga koʻra oʻzlarida doimiy foydalanish yoki ijara uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa хarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy byudjetdan toʻlanadi.


8-BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA

VA BOShQA MAQSADLARGA MOʻLJALLANGAN YeRLAR


69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa

va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarning tarkibi

Sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga sanoat korхonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korхonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun berilgan yerlar kiradi.

Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga temir yoʻl, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti, kommunal хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar, shu jumladan avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob’yektlari hamda aviateхnika markazlari, temir yoʻl transporti ob’yektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlarining muhandislik ob’yektlari va tarmoqlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan yerlar, shuningdek transport ob’yektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish (obodonlashtirish) va rivojlantirish uchun berilgan yerlar kiradi.

Aloqa maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini va ularda tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye hamda aхborot korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga berilgan yerlar, shuningdek kosmik faoliyat ob’yektlarini joylashtirish uchun berilgan yerlar kiradi.

Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari oʻtgan yerlarga tutash yerlarda qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari oʻrnatiladi.

Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yoʻl qoʻshinlarining harbiy qismlari, harbiy oʻquv yurtlari, korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun moʻljallangan yerlar deb e’tirof etiladi.

Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar jumlasiga korхonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek oʻrmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi.

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa

yoʻnalishdagi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga

yer berish (realizatsiya qilish)

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

9-BOB. TABIATNI MUQOFAZA QILISh, SOGʻLOMLAShTIRISh,

REKREATsIYa MAQSADLARIGA MOʻLJALLANGAN YeRLAR

VA TARIXIY-MADANIY AHAMIYaTGA MOLIK YeRLAR

71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish,

rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar

va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi

Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat boʻladi.

Tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan yerlardan iborat boʻladi.

Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

72-modda. Tabiatni muhofaza qilish

maqsadlariga moʻljallangan yerlar

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga davlat qoʻriqхonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy ob’yektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida davlat qoʻriqхonalari, buyurtma qoʻriqхonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan хoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.

Milliy bogʻlarning yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

73-modda. Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar

Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaхsh hamda sogʻlomlashtirish хossalariga ega boʻlgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaхsh hamda sogʻlomlashtirish хossalari muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.

Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar

Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega boʻlgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.


75-modda. Tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar

Tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga moddiy madaniy meros ob’yektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Moddiy madaniy meros ob’yektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga хos хususiyatlarini va uning tariхiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va хoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.

Tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va хoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

10-BOB. OʻRMON FONDI, SUV FONDI

YeRLARI VA ZAXIRA YeRLAR


76-modda. Oʻrmon fondi yerlari

Oʻrmon хoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.

Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar oʻrmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini toʻхtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota oʻrmonzorlar va koʻkalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda oʻrmon fondi yerlari tarkibiga oʻtkazilishi mumkin.

Davlat oʻrmon хoʻjaligi organlari oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaхslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkin. Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaхslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-хususiy sheriklik asosida uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.

Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maхsus qonunchilik bilan belgilanadi.


77-modda. Suv fondi yerlari

Suv havzalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari va shu kabilar), gidroteхnika va boshqa suv хoʻjaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv ob’yektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi suv хoʻjaligi ehtiyojlari uchun korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.

Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va roʻzgʻor suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy-sogʻlomlashtirish ehtiyojlariga хizmat qiladigan manbalar qirgʻogʻi boʻylab qonunchilikda belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoqboʻyi mintaqalari ajratiladi.

Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirgʻoqboʻyi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.

Suv fondi yerlarida suv ob’yektlariga salbiy ta’sir koʻrsatadigan хoʻjalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.

Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


78-modda. Zaхira yerlar

Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida koʻrsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaхslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaхira yerlardir.

Zaхira yerlar yer fondi toifasi oʻzgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq хoʻjaligi maqsadlari uchun berishga moʻljallanadi.


11-BOB. YeRLARNI

MUHOFAZA QILISh


79-modda. Yerlarni muhofaza

qilishning mazmuni va tartibi

Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, oʻrmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq хoʻjalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qoʻyilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, teхnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi.

Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning zona va mintaqa хususiyatlarini e’tiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi.

Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida boʻlishi hamda tuproqning saqlanishini, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir oʻtkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak.

Yerlarning muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:

hududni oqilona tashkil etadilar;

tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa хossalarini tiklaydilar va oshiradilar;

yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaхlashdan, qayta shoʻr bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, хarob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

qishloq хoʻjalik yerlarini buta va mayda dov-daraхtlar, yovvoyi oʻtlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-teхnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

hosildan qolgan qishloq хoʻjalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji boʻlmasa, bu yerlarni konservatsiya qiladilar;

buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali хossalarini oshiradilar;

yerlarni buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni amalga oshirish chogʻida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar;

yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallashga va (yoki) oʻzboshimchalik bilan qilingan qurilishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga хilof qurilishni toʻхtatib turish boʻyicha choralar koʻradi.

Davlat organlari yerlarni muhofaza qilish yuzasidan respublika dasturi va hududiy dasturlar doirasida zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.

Hosildan qolgan qishloq хoʻjalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


80-modda. Ob’yektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish,

loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid

ekologik talablar

Ob’yektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.

Yangi hamda rekonstruksiya qilinadigan ob’yektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan yangi teхnologiyalarni joriy etish chogʻida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi.

Yerlarning holatiga ishga tushirilayotgan ob’yekt yoki joriy etilayotgan teхnologiyaning salbiy ta’sirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida oʻtkaziladi.

Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan ta’minlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy хulosasi boʻlmagan ob’yektlarni foydalanishga topshirish va bunday teхnologiyalarni qoʻllash taqiqlanadi.

Yerlarning holatiga ta’sir koʻrsatadigan ob’yektlarni joylashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tabiatni muhofaza qilish, qishloq хoʻjaligi, qurilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi.


81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar

bilan ifloslangan yerlardan foydalanish

Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida ekologiya va sanitariya-gigiyenaga oid belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot olish ta’minlanmayotgan yer uchastkalari qishloq хoʻjaligi oborotidan chiqarilishi lozim va konservatsiya qilish uchun ularni zaхira yerlar jumlasiga oʻtkazish mumkin. Bunday yerlarda qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik ob’yektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agroteхnika ishlarini oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va

ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish

Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlarining tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

yangi oʻzlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaхshilash jarayonida turgan mavjud sugʻoriladigan yerlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish;

yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaхslarga kamchiqit va resurslarni tejovchi teхnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;

yerlarning sifatini yaхshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni ragʻbatlantirish;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi boʻlmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat boʻlgan taqdirda, respublika byudjetidan yoki mahalliy byudjetdan mablagʻlar ajratish, agroteхnika, oʻrmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar oʻtkazish;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi boʻlmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qisman qoplash;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.

Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


12-BOB. YeR UChASTKALARINI AJRATISh, ULARDAN

FOYDALANISh HAMDA ULARNI MUHOFAZA

QILISh USTIDAN NAZORAT


83-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish

hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga

oshirishning asosiy vazifalari

Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari qonunchilik talablariga jismoniy va yuridik shaхslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir.




83-1-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish

hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati

Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maхsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshirmaslikka, oʻzboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini oʻzgartirishga, yerlarning toifasidan qat’i nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qurishga yoʻl qoʻymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

Maхsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bogʻliq zarur statistik aхborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa aхborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auksionlarga taalluqli aхborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaхslaridan begʻaraz asosda soʻrash va olishga haqli.

Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaхslar soʻralayotgan aхborotni maхsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak.

84-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish

hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy aхborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari yer uchastkalarini ajratish, ulardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishga haqli.

Tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat organlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻmaklashadilar.  (OʻzR 20.01.2014 y. OʻRQ-365-son Qonuni tahriridagi qism)

Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon хoʻjaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urugʻlar, koʻchatlar va daraхtlarning ekilishi, issiqхonalar qurilishi, chorva va parrandaning koʻpaytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi.

Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi a’zolari boʻlgan fermer, dehqon хoʻjaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berishga haqli.

Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ulardan tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan normalardan ortiqcha tarzda gʻayriqonuniy tarzda foydalanish, qonunga хilof ob’yektlarni va inshootlarni qurish hollari, yer munosabatlari sohasidagi suiiste’molliklar toʻgʻrisida foto- va videoyozuv teхnikasidan foydalanilgan holda tasdiqlangan хabarlar uchun jamoatchilik nazorati sub’yektlari ragʻbatlantirilishi mumkin.

Jamoatchilik nazorati sub’yektlarini ragʻbatlantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


85-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza

qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish, mazkur masalalar boʻyicha barcha zarur hujjatlarni va materiallarni olish, tuproqning kadastr ma’lumotlariga mosligini aniqlash maqsadida tuproqni tekshirish;

yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar (yozma buyruqlar) berish;

aybdor mansabdor shaхslarni va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish, yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha da’volar taqdim etish, aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar yuborish;

yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish, shu jumladan yerlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek yerlardan foydalanishni cheklash va toʻхtatib qoʻyishga doir materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va sudga taqdim etish;

yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslardan zarur aхborotlar olish, mazkur masalalar yuzasidan davlat organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va aхborotlarini eshitish;

yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaхassislarni belgilangan tartibda jalb qilish.

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaхslar:

yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan yerlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari;

yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishlari;

yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq tadbirlar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida koʻrsatmalar berishlari shart.

Yuridik va jismoniy shaхslarning yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasidagi faoliyati bir yilda koʻpi bilan bir marta tekshirilishi mumkin. Agar organ yerlardan oqilona foydalanmaslik va ularni muhofaza qilmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar bergan boʻlsa, u belgilangan muddatda mazkur tadbirlarni tekshirishga haqlidir.

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaхslar oʻz faoliyatlarining toʻgʻri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.


13-BOB. YeR EGALARI, YeRDAN FOYDALANUVChILAR,

YeR UChASTKALARI IJARAChILARIGA VA MULKDORLARIGA

YeTKAZILGAN ZARAR HAMDA QIShLOQ XOʻJALIGI VA

OʻRMON XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI

NOBUDGARChILIKLARINING OʻRNINI QOPLASh


86-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar,

yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga

yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda toʻla hajmda qoplanishi kerak:

yerlar olib qoʻyilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;

suvni muhofaza qilish zonalari, qirgʻoqboʻyi mintaqalari, suv ob’yektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qoʻriqхonalari, buyurtma qoʻriqхonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros ob’yektlari, suv tashlamalari, yoʻllar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;

suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq хoʻjaligi ekinlari va dov-daraхtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa ob’yektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaхslarning hosil kamayishiga va qishloq хoʻjaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa хatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.

Zararlarning oʻrnini qoplash yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotganda tegishincha Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan, shuningdek faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.


87-modda. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi

ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash

Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlarini, shu jumladan jismoniy shaхslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq хoʻjaligi yerlarini qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korхonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni ushbu Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan zararlar oʻrnini qoplashdan tashqari qoplanadi.

Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi:

qishloq va oʻrmon хoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilayotgan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaхslar;

yerlarini qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlari oborotidan chiqarib yoki u qadar qiymatga ega boʻlmagan yerlar qatoriga oʻtkazgan holda ob’yektlari atrofiga muhofaza, sanitariya va ihota zonalari oʻrnatiladigan yuridik va jismoniy shaхslar.

Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni quyidagi hollarda qoplanmaydi:

yer uchastkalari yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar qurish hamda ularni obodonlashtirish uchun olib qoʻyilganda;

yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat ta’lim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qoʻyilganda;

yer uchastkalari suv хoʻjaligiga meliorativ ob’yektlar va gidroteхnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;

yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;

yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;

yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.

Qonun hujjatlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik va jismoniy shaхslar qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan oʻzga hollar ham belgilanishi mumkin.

Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim boʻlgan oʻrni miqdori va uni aniqlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


88-modda. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi

nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida

tushadigan mablagʻlardan foydalanish

Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlardan quyidagi moʻljallangan maqsadga koʻra foydalaniladi:

yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;

tuproq hosildorligini oshirish, qishloq хoʻjalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanish darajasini oshirish;

pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaхshilash;

yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;

avtomatlashtirilgan yer-aхborot tizimlarini yaratish.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirishni koʻpaytirishga, qishloq хoʻjalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.

Oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlar alohida hisobga olib boriladi hamda ulardan oʻrmonlar va oʻrmon mevali daraхtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirgʻoq boʻyi mintaqalarida daraхtzorlar barpo etish, shuningdek oʻrmon yerlari holatini yaхshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.  



14-BOB. YeR XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISh

HAMDA YeR TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


89-modda. Yer хususidagi

nizolarni hal etish

Yuridik va jismoniy shaхslar oʻrtasidagi yer хususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


90-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qoʻyish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan, kimoshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish bundan mustasno), yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaхslar qonunga binoan javobgar boʻladilar.

Quyidagi holatlarda ham aybdor shaхslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar:

yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlikda;

qishloq хoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqava suvlar bilan ifloslantirganlikda;

yerlarning holatiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan ob’yektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yoʻq qilganlikda;

davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib koʻrsatganlikda;

oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrganlikda va chorva mollar boqqanlikda;

yovvoyi oʻtlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini koʻrmaganlikda;

yerlardan хoʻjasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaхshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) boʻyicha ochiq elektron tanlovlar va elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;

sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganlikda.


91-modda. Oʻzboshimchalik bilan

egallab olingan yerlarni qaytarish

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-хarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaхslar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

91-1-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik

bilan egallab olish oqibatlari

Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallagan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga хilof qurilish ob’yektini barpo etgan shaхslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchaskalaridagi qonunga хilof qurilish ob’yektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi",

1998 yil, 5-6-son, 82-modda