Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.04.1998 y. 599-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

30.04.1998 y.

N 599-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

YeR KODEKSINI AMALGA KIRITISh

TARTIBI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 1998 yil 1 iyuldan e’tiboran amalga kiritilsin. Mazkur Kodeksning amalga kiritilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18 martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "1998-2000 yillardagi davrda qishloq хoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi"da nazarda tutilgan muddatlar va tadbirlarga muvofiq ravishda ta’minlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Kodeksga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:


Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiqlashtirish toʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etsin;

hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4. Ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari 1998 yil 1 iyuldan e’tiboran toʻla yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



OʻzbekistonRespublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                       E. Xalilov





Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining

1998 yil 30 apreldagi

N 599-I-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasining toʻla yoki

qisman oʻz kuchini yoʻqotgan qonunlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasining 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan "Yer toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Aхborotnomasi, 1990 yil, N 16-18, 249-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Yer toʻrisidagi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Aхborotnomasi, 1990 yil, N 16-18, 295-modda).


3. 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan "Yer toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 2, 84-modda).


4. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Yer toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 243-modda).


5. 1994 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1 boʻlimining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994, N 5, 161-modda).


6. 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining VI boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 11-12, 285-modda).


7. 1995 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining II boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda).


8. 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining VIII boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda).


9. 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining I boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 69-modda).