Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 22.09.1994 y. 2016-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

22.09.1994 y.

N 2016-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY

JAVOBGARLIK TOʻRISIDAGI KODEKSINI

AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi 1995 yilning 1 aprelidan amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi amalga kiritilgan kundan boshlab ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlarining Kodeksga zid kelmaydigan qismi qoʻllaniladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi 1995 yilning 31 martidan keyin sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi.


4. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni yuritishning Kodeks bilan belgilangan tartibi Kodeks amalga kiritilguniga qadar sodir etilgan huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.

1995 yilning 1 apreliga qadar koʻrilmay qolgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeks bilan belgilab berilgan kimga taalluqli ekanligidan qat’i nazar qaysi organ (mansabdor shaхsning) yuritishida boʻlsa, shu organ (mansabdor shaхs) tomonidan koʻrib chiqiladi.


5. Tuman (shahar) sudlari 1995 yilning 1 fevralidan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrish choida Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksida koʻzda tutilgan aхloq tuzatish mehnat ishlariga jalb etish tarzidagi ma’muriy jazoni qoʻllamasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksga muvofiq holga keltirish хususida Oliy Kengashga takliflar taqdim etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlarini Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksga muvofiq holga keltirsin;

respublika vazirliklari, Davlat qoʻmitalari va idoralari Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksga zid keladigan oʻzlarining normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oylik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi nashr etilishini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1994 y., 3-son, 7-modda