Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 07.05.1993 y. 864-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

07.05.1993 y.

N 864-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

HAVO KODEKSINI AMALGA KIRITISh

TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

uch oylik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq holga keltirish toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini kodeks bilan muvofiq holga keltirsin;

Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksida bayon etilgan Aviatsiya ma’muriyatining vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi zimmasiga yuklasin;

"Fuqaro aviatsiyasi toʻrisida"gi hukumatlararo bitimga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksini hisobga olgan holda Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tasarrufiga beriladigan vazifalarning roʻyхatini aniqlasin va tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksida koʻrsatib oʻtilgan me’yoriy hujjatlarni 1993-1994 yillar davomida ishlab chiqsin va amalga kiritsin.


3. Havo kodeksida qayd etib oʻtilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgunga va qabul qilingunga qadar havo transporti sohasida amal qilib kelayotgan me’yoriy hujjatlar qoʻllab turiladi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                      Sh. Yoʻldoshev

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1993 yil, 6-son, 248-modda