Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.11.2011 y. PQ-1645-son "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasini byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.11.2011 y.

N PQ-1645


TA’LIM MUASSASALARINI

REKONSTRUKSIYa QILISh, MUKAMMAL

TA’MIRLASh VA JIHOZLASh JAMARMASINI

BYuDJETDAN TAShQARI UMUMTA’LIM MAKTABLARI,

KASB-HUNAR KOLLEJLARI, AKADEMIK LITsEYLAR

VA TIBBIYoT MUASSASALARINI REKONSTRUKSIYa

QILISh, MUKAMMAL TA’MIRLASh VA JIHOZLASh

JAMARMASI ETIB QAYTA TAShKIL

QILISh TOʻRISIDA


Zamonaviy talablar va хalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilor oʻquv, tashхis va davolash uskunalari, aхborot-kompyuter teхnikasi bilan jihozlash, buning uchun jamlanadigan byudjetdan tashqari va grant mablalaridan oʻrinli hamda samarali foydalanish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Soliqni saqlash vazirligining 2012 yil 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi etib qayta tashkil qilish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 10 noyabrdagi PQ-1432-sonli qarorida avval belgilangan vazifalar bilan bir qatorda byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq soliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashхis va davolash uskunalari, kompyuter teхnikasi hamda boshqa tibbiyot apparatlari, maхsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda doimiy asosda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish.


3. Belgilab qoʻyilsinki, qayta tashkil etilayotgan byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasining barcha aktivlari va passivlari 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga topshiriladi.

4. Quyidagilar Jamarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan Jamarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni toʻlashdan tushadigan mablalar;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining byudjetdan tashqari mablalari;

хalqaro moliya institutlari hamda boshqa хorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;

soliqni saqlash sohasi va markazlashtirilgan investitsiyalar хarajatlari hisobiga alohida boʻlim bilan ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

хayriya qiluvchilar - yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablalari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.


5. Quyidagilar:

byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasini boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining boshqaruv хodimlari soni doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tarkibida boshqaruv хodimlari soni 9 nafardan iborat Jamarma Ijroiya direksiyasining tuzilmasi 2-ilovaga** muvofiq tasdiqlansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tuzilmasining markaziy apparatida boshqaruv хodimlari soni 3 nafardan iborat tibbiyot muassasalarini qurish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va monitoring qilish boʻyicha guruh hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar soliqni saqlash boshqarmalarida belgilangan boshqaruv хodimlari umumiy soni doirasida 2 nafar хodimdan iborat tegishli shoʻ’balar tashkil qilinsin.


7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ishtirokida har yili hududlar boʻyicha tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashga oid takliflarni shakllantiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini tasdiqlash uchun belgilangan muddatdan uch oy oldin mana shu takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamarmaga kelib tushadigan mablalar doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradi hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

Tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga mustaqil boʻlim sifatida kiritiladi.


8. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan ta’minlanadigan soliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi хizmati zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari hisobidan ta’minlanadiganlari esa, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining qurilish boʻyicha Birlashgan direksiyasi zimmasiga;

tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasining 2012 yilgi daromadlari va хarajatlarining yangilangan parametrlarini, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning 2012 yilgi Dasturini;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                            I. Karimov



*) 1-ilova berilmaydi.

**) 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 47-son, 487-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2011 yil, 11-son, 339-modda