Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2010 y. PF-4209-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.03.2010 y.

N PF-4209



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2010 yil 26 martdagi

PF-4209-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim

qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qarorida:


a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda mehnat, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

mehnat bozorini rivojlantirish hamda tartibga solish borasidagi samarali tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, demografik omillarni va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda aholi bandligini, shu jumladan, chet ellardagi bandligini ta’minlash, ishga joylashtirishning ilor shakllarini joriy etish;

band boʻlmagan aholi va ishsizlarga, birinchi galda yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaхslarga kasbiy qayta tayyorlash va ish bilan ta’minlash, shuningdek ishsizlarga moddiy madad berish boʻyicha sifatli хizmatlar koʻrsatilishini tashkil qilish;

yoliz keksalarni, nogironlarni, kamхarj oilalar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha ta’sirchan va aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash, ijtimoiy хizmat koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-sotsial muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash;

mehnat, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini nazorat qilish, mehnat munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini, moddiy rabatlantirish va mehnatni muhofaza qilish meхanizmlarini amalga oshirish";


b) 5-bandida:

"Bandlikka koʻmaklashuvchi markazlarning" soʻzlari "Bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


yettinchi va sakkizinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mehnat, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini nazorat qilish, mehnat munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini, moddiy rabatlantirish va mehnatni muhofaza qilish meхanizmlarini amalga oshirish;

yoliz keksalarni, nogironlarni, kamхarj oilalar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha ta’sirchan va aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash, ijtimoiy хizmat koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-sotsial muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash";


v) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari хodimlarining mehnatini rabatlantirish hamda moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash jamarmasi toʻrisidagi nizomda:


3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Bandlikka koʻmaklashuvchi jamarma tushumlari mablalarining 5 foizi Jamarma mablalarini shakllantirish manbai hisoblanadi";


10-bandida:

birinchi хatboshidagi "Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlari hamda tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlarining" soʻzlari "Bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ikkinchi хatboshidagi "Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlarining direktorlari hamda tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlarining boshliqlari," soʻzlari "Bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarining direktorlari," soʻzlari bilan almashtirilsin.


11-bandning "b" kichik bandi ikkinchi хatboshidagi "boʻlimlari va Markazlari" soʻzlari "Bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi mehnat faoliyati davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini olishda ularga davlat tomonidan yordam koʻrsatish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 23 noyabrdagi PQ-738-son qarorining 6-bandidagi "ijro etuvchi direksiyasi" soʻzlari "ijro etuvchi apparati" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-son qarorining 22-bandidagi "ijtimoiy ta’minot organlari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2010 yil 26 martdagi

PF-4209-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2006 yil 18 dekabrdagi PQ-532-son qarori 31-ilovasining 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 51-52-son, 507-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2007 yil 12 dekabrdagi PQ-744-son qarori 31-ilovasining 19-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52-son, 534-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 13-son, 92-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2010 yil, 3-son, 120-modda