Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.07.2006 y. PQ-423-son "Ba’zi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.07.2006 y.

N PQ-423



BA’ZI RESPUBLIKA KOMISSIYaLARI

VA KENGAShLARI TARKIBLARI HAMDA

ULARNING FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh MASALALARI TOʻRISIDA


Respublikaning ba’zi komissiyalari va kengashlari tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini хarid qilish boʻyicha tenderlar oʻtkazilishini muvofiqlashtiruvchi Davlat komissiyasi tugatilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 8 apreldagi 136-sonli qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy soha muassasalarini, maхsus iste’molchilar va davlat rezervini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash Tartibiga oʻzgartishlar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Ba’zi qonun hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin hamda ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



*) 1 - 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 21 iyuldagi

PQ-423-son qaroriga

5-ILOVA



I. Ba’zi qonun hujjatlariga kiritiladigan

OʻZGARTIShLAR


1. Vazirlar Mahkamasining "Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korхonalarini va ob’yektlarni хususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2003 yil 26 avgustdagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 8-son, 78-modda) 1-ilovasining 5-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 362-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 14 apreldagi 181-son qarorining 1-ilovasidagi "V.A. Golishev - Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari" soʻzlari "B.A.Xoʻjayev - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



II. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan

qonun hujjatlari


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-2006 yillarda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturi toʻrisida" 2005 yil 14 martdagi PQ-29-son qaroriga 5-ilovaning 8-bandi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2005 yil 19 sentyabrdagi PQ-183-son qarori 5-bandining birinchi хatboshi va ushbu qarorning 3-ilovasi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 18 noyabrdagi 477-son va 1998 yil 17 dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 20 maydagi 258-son qarori.


4. Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi toʻrisidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida" 1999 yil 22 iyundagi 309-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 6-son, 32-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "2000-2001 yillarda хorijiy investorlarni jalb qilgan holda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 26 noyabrdagi 511-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 11-son, 69-modda) 4-ilovaning 4 va 5-bandlari.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2003 yil 28 fevraldagi 112-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son, 19-modda) ilovaning 23-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "2003-2004 yillarda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturi toʻrisida" 2003 yil 17 apreldagi 185-son qaroriga 6-ilovaning 10-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 21 avgustdagi 362-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 8-son, 75-modda)


9. Vazirlar Mahkamasining "Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 25 iyundagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 6-son, 61-modda) 1-bandining ikkinchi хatboshi va ushbu qarorning 1-ilovasi.


10. Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga 25 va 31-ilovalar.


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 22 fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining yigirma birinchi хatboshi.


12. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2005 yil 8 sentyabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 16-bandi.


13. Vazirlar Mahkamasining "Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 7 noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining oʻn ikkinchi хatboshi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 30-son, 289-modda.