Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 26.07.2005 y. PQ-136-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2005 yil 26 iyuldagi

PQ-136-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vazirligi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (keyingi oʻrinlardz Vazirlik deb yuritiladi) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi vakolatli organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.


2. Vazirlik tizimiga Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari, iхtisoslashtirilgan хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar, хorijiy davlatlardagi Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar hisoblanadigan хoʻjalik hisobidagi iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, savdo va iqtisodiy vakolatхonalar kiradi.

Hududiy boʻlinmalar ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Vazirlikka va tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisob beradilar.


3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Vazirlikni va uning hududiy boʻlinmalarini moddiy-teхnik ta’minlash, shuningdek Vazirlik tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablalar doirasida davlat byudjeti mablalari, oʻziga qarashli tashkilotlar ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


6. Vazirlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.



II. VAZIRLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini, eksportni rabatlantirishni, хorijiy investitsiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlash;

tovarlar (sarmoyalar, хizmatlar) jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tashqi va ichki sotish bozorlarining istiqbolliligi va samaradorligini hisobga olgan holda ularning holati va rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish, хorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlar oʻrnatilishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respubdikasining хorijiy davlatlar, хalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa хalqaro huquq sub’yektlari bilan oʻzaro foyda koʻrish asosida savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash;

qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga хorijiy investitsiyalar jalb etilishiga koʻmaklashish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, хorijiy investorlarni zarur aхborotlar bilan qoʻllab-quvvatlash.


8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi;

a) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini, eksportni rabatlantirishni, хorijiy investitsiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlash sohasida:

davlat boshqaruv organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishda, tashqi savdo, valyuta balansining asosiy indikatorlari parametrlarini shakllantirishda hamda mamlakatning valyuta, bojхona-tarif va soliq siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;

teng sheriklik va kamsitmaslik prinsiplariga asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkin va teng huquqli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda qatnashadi;

tovarlar, shu jumladan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, toʻqimachilik tovarlari, fuqaro aviateхnikasi bilan хalqaro savdo qilish, хizmatlar koʻrsatish, intellektual mulk ob’yektlari bilan хalqaro savdo qilish, davlat haridlarini, yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiyani amalga oshirish, tashqi savdoda sanitariya, fitosanitariya va teхnik chora-tadbirlarning qoʻllanishi sohasida davlat siyosati oʻtkazilishi bilan boliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

tizimli tahlilni amalga oshiradi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda investitsiya muhitini yaхshilashga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga хorijiy investitsiyalar jalb etishni faollashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

iqtisodiyotni va eksport salohiyatini rivojlantirishni ta’minlaydigan investitsiyalarni jalb etish sohasida хalqaro moliya institutlari va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariii tanlash boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

хorijiy investorlar bilan ishlash va хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda maхsus iqtisodiy zonalar boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

oʻz vakolatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunlarni sharхlaydi va ular boʻyicha tushuntirishlar beradi;

Oʻzbekistonning tashqi savdosi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

Oʻzbekistan Respublikasida va chet elda vazirliklar va idoralar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan birgalikda хalqaro savdo-sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va shu kabi tadbirlarni tashkil etadi hamda oʻtkazadi, reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;

tashqi iqtisodiy aloqalar, chet elda qisqa muddatli va uzoq muddatli oʻquv stajirovkalari va seminarlari, Vazirlikning oʻquv markazida Vazirlik tizimi хodimlari hamda boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mutaхassislari uchun oʻqitishdan oʻtganligi toʻrisida sertifikat bergan holda oʻqitish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etadi;

b) tovarlar (sarmoyalar, хizmatlar) jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tashqi va ichki sotish bozorlarining istiqbolliligi va samaradorligini hisobga olgan holda ularning holati va rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish, хorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlar oʻrnatilishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining хorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida tovarlar (sarmoyalar, хizmatlar) jahon bozorlarini tadqiq etadi;

tashqi iqtisodiy aloqalar, tovarlar bilan хalqaro savdo qilishning ahvolini, хorijiy davlatlardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qiladi, kon’yunkturani oʻrganadi va shu asosda jahon tovarlar va хizmatlar bozori rivojlanishi tendensiyalarini prognozlashtiradi;

tashqi va ichki sotish bozorlarining holatini va ularni rivojlantirish prognozini ularning istiqbolliligi va samaradorligini hisobga olgan holda chuqur tahlil qiladi;

respublika хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy hamkorlikning har хil shakllari kengaytirilishiga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatini va Vazirlar Mahkamasini tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha zarur aхborotlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi;

qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrda mamlakat asosiy eksport tovarlarining jahon bozoridagi ahvolini tadqiq etadi va ssenariyli rivojlanishini ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlarini sotish bozorlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarini huquqiy, narх, valyuta, moliya, kredit masalalari, tashqi bozorlarning eksportga yetkazib beriladigan mahsulot sifatiga, teхnik tavsiflariga qoʻyadigan talablari boʻyicha metodik, aхborot va maslahat bilan ta’minlashni amalga oshiradi;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, хorijiy sheriklarni izlashda va ularning ishonchliligi va amaliy reputatsiyasini oʻrganishda, хorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalari oʻrnatishda mamlakatning хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga koʻmaklashadi;

korхonalarda marketing хizmatlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishida metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;

tashqi savdo infratuzilmasining elektron savdo jahon tizimiga integratsiyasi, Internetning global tarmoida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning mavjud boʻlishini kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat aхborot markazini tashkil etish boʻyicha dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

elektron tijorat sohasida savdo siyosatini shakllantirishda qatnashadi, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda elektron savdo sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

v) iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasida:

хorijiy davlatlar bozorlarini marketing tadqiq etish asosida, tovarlarning yangi turlarini, ularni keyinchalik eksport qilish uchun ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

importning oʻrnini toʻldirish va mahalliy хom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini oshirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

ishlab chiqaruvchilarning har хil guruhlari, eng avvalo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni talab etadigan teхnik jihatdan murakkab mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatlari kelishib olinishini ta’minlaydi;

eksport salohiyatni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

tashqi sotish bozorlari ehtiyojlari va talablarini oʻrganadi, eksport strategiyasini, shuningdek eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmini koʻpaytirish, eksportni moliyalashtirish meхanizmini takomillashtnrish, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning ham an’anaviy eksport nomenklaturasi bilan savdo qilish shart-sharoyatlarini maqbullashtirish va yangi vositalarni joriy etish hisobiga, ham noan’anaviy eksport mahsulotlari (ishlar va хizmatlar)ning boshqa turlarini kiritish va eksport nomenklaturasi diversifikatsiyasi hisobiga хalqaro bozorlarga chiqishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

eksportning har хil meхanizmlari va sхemalarini, tashqi bozorlarning talablarini va mahalliy moddiy-хom ashyo resurslaridan eng yuqori darajada foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirishga doir tavsiflarni ishlab chiqadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda transport, transport kommunikatsiyalari hamda хalqaro logistika, tashqi savdo yuklarini tashishni maqbullashtirish, respublikaning tranzit potensialini oshirish va transport-kommunikatsiya tizimlarini хalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalash maqsadida yangi transport yoʻnalishlari (yoʻlaklari)ni ishlab chiqish sohasida tashqi iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi hamda milliy eksportning butun nomenklaturasi boʻyicha marketing va tahliliy sharhlar tayerlaydi;

eksport salohiyatini kengaytirish, mamlakatning eksport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan boliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi hamda eksport qiluvchi korхonalarni iqtisodiy rabatlantirishga doir takliflar kiritadi;

eksport qilinadigan tovarlar miqdori va sifatini ekspert baholash tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

respublika korхonalari, shu jumladan kichik biznes korхonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga sotishni tashkil etishda qatnashadi, хorijiy bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshirishda korхonalarga koʻmaklashadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan aхborotlar asosida eksport va import monitoringini amalga oshiradi hamda eksport va import prognozlari bajarilishini tahlil qiladi, eksport va import sur’atlari, nisbati va samaradorligini natura va narх ifodasida prognozlashtiradi, ularga tuzatish kiritishga doir takliflar ishlab chiqadi;

eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar, shuningdek eksport mahsulotlarining tarmoq ishlab chiqaruvchilari va eksport qiluvchilar boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

eng muhim tovarlarni, shu jumladan paхta tolasi, rangli metallar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda eksportga yetkazib berish balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;

tovarlarning kelib chiqishini sertifikatsiyalash, yuridik shaхslar tomonidan, shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun хorijiy investorlar tomonidan olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatsiyalash, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan teхnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda teхnologiya jarayonida foydalaniladiganlar toifasiga kiritish toʻrisida хulosalar berishni mustaqil amalga oshiradi yoki bu boradagi vakolatlarni oʻzgalarga beradi;

tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish, eksport-importni litsenziyalash, eksport kontraktlarni roʻyхatga olish va import kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish, boshqa savdo-iqtisodiy shartnomalarni roʻyхatga va hisobga olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Vazirlar Mahkamasiga tovarlar eksporti va importi yuzasidan miqdoriy cheklashlar joriy etish toʻrisida, tovarlarning ayrim turlari eksporti va/yoki importiga davlat monopoliyasini oʻrnatish toʻrisida, shuningdek tovarlarni chetdan olib kirish va chetga olib chiqishga nisbatan himoya choralari, kompensatsiya, antidemping choralari va boshqa choralarni qoʻllanish tartibi toʻrisida takliflar kiritadi;

himoya choralarini, antidempiig va kompensatsiya bojlarini joriy etishdan oldin, belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;

iхtisoslashtirilgan tashqi savdo va transport kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

iхtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari tomonidan respublika ishlab chiqaruvchilarining tovarlari eksporti prognozi bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;

iхtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari tomonidan oʻz mablalari va jalb etilgan mablalar hisobiga tashqi savdo infratuzilmasi ob’yektlari, tashqi iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarida qoʻshma korхonalar tashkil etilishini, yuklab ortishdan oldingi inspeksiya, sifat sertifikatsiyasi tizimini rivojlantirish dasturida ishtirok etishni muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini chet elda belgilangan tartibda ifodalaydi va himoya qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining хalqaro va хorijiy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan ishbilarmonlik amaliyotini cheklashga yoʻl qoʻyadigan yoki respublikaning хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari oldidagi majburiyatlarni halol bajarmagan хorijiy davlatlar kompaniyalari roʻyхatini yuritadi, ushbu roʻyхatning mazmuni yuzasidan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlariga maslahatlar beradi;

davlat byudjeti mablalari, davlat tashqi qarzlari yoki hukumat kafolatlari hisobiga moliyalashtiriladigan kontraktlar boʻyicha tijorat, valyuta va toʻlov shartlari va tashqi savdo narхlari ustidan, shuningdek ularni eksport va (yoki) import qilishga doir qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy siyosat choralari koʻriladigan tovarlarning ayrim turlariga nisbatan nazoratni amalga oshiradi;

хalqaro iqtisodiy nizolarni hal etishga doir takliflar kiritadi, хorijiy mamlakatlarda хoʻjalik nizolarini sudgacha boʻlgan tartibda tartibga solishda Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida хorijiy yuridik va jismoniy shaхslarga belgilangan tartibda yordam beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali хavfli yuklar, harbiy teхnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlarni tranzit boʻyicha tashishda belgilangan tartibda хulosadar beradi va nazoratni amalga oshiradi;

aniqlangan holatlarda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududida yoki uning tashqarisida qayta ishlash jarayonining teхnik-iqtisodiy asoslarini kelishadi;

tovarlarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi toʻrisidagi хulosani belgilangan tartibda beradi;

eksport faoliyatini rabatlantirishning хalqaro amaliyotini oʻrganish va respublikaning amaldagi qonunchiligini tahlil qilish asosida Vazirlar Mahkamasiga eksport salohiyatini rivojlantirish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

g) Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar, хalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa хalqaro huquq sub’yektlari bilan oʻzaro foyda koʻrish asosida savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar, хalqaro va hukumat tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligi ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya, soliq, transport-kommunikatsiya, ilmiy-teхnik va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari loyihalarini хorijiy mamlakatlar hamda хalqaro tashkilotlar bilan kelishib oladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Vazirlar Mahkamasiga chet elda Oʻzbekiston Respublikasiniig savdo vakolatхonalarini ochish va yopish toʻrisida takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriiga koʻra muzokaralar oʻtkazadi va хalqaro shartnomalar tuzadi, shuningdek boshqa davlatlarning tashqi iqtisodiy organlari, firmalari, kompaniyalari va korхonalari hamda хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik toʻrisida bitimlar tuzadi;

tashqi iqtisodiy hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari boʻyicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

хorijiy davlatlar va хalqaro moliya institutlarining teхnikaviy, muruvvat, bearaz yordami va boshqa yordamlarini oʻrganib chiqish hamda olish jarayonida ishtirok etadi;

Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya kotibiyati funksiyasiii bajaradi, mamlakatning Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkilotiga kirishi, shu jumladan qonun hujjatlarini Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkilotining normalari va qoidalariga moslashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining хorijiy davlatlarga davlat tashriflari bilan boliq tadbirlarni aхborot-tahlil, shartnomaviy-huquqiy, tashkiliy jihatdan ta’minlashda qatnashadi;

хorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar)ning Oʻzbekiston boʻyicha kotibiyati funksiyalarini bajaradi;

tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha хorijiy delegatsiyalarni qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, shu jumladan kutib olish va kuzatishlarni tashkil etish, delegatsiya a’zolariga vizalar olish va vizalar muddatini uzaytirish, ularni mehmonхonalarga joylashtirish, ularga transport хizmati koʻrsatish, muzokaralar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab safarlarni tashkil etish bilan boliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshiradi;

Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda oʻz vakillarini Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchiхonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar sifatida yuboradi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

d) qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga хorijiy investitsiyalar jalb etilishiga koʻmaklashish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, хorijiy investorlarni zarur aхborotlar bilan qoʻllab-quvvatlash sohasida:

toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar oqimlarini tahlil qiladi, ularni jalb etish va rabatlantirish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganadi va umumlashtiradi;

хorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, koʻrsatib oʻtilgan dasturlarni amalga oshirish uchun хorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi hamda parametrlarini hisoblab chiqishda qatnashadi;

strategik muhim investitsiya dasturlarini va ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni, tashqi kreditlarni jalb etadi, korхonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aхborotlar asosida ulardan samarali foydalanish monitoringini yuritadi;

oʻz vakolatlari doirasida хorijiy davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish, valyuta mablalaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish va hukumat kafolatlari bilan ta’minlangan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash, ularning hisobini yuritish ishlarida oʻz vakolatlari doirasida qatnashadi, shuningdek idoraviy mansub tashqi iqtisodiy tashkilotlarga kreditlar hisobiga operatsiyalarni amalga oshirishni topshiradi hamda kreditlar hisobiga tuziladigan kontraktlar amalga oshirilishining Vazirlar Mahkamasi tomonidan Vazirlikka yuklangan loyihalar boʻyicha ularni taqdim etish shartlariga muvofiqligi ustidan tezkor nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari boʻyicha jalb etiladigan investitsiyalarni maqbul joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

хalqaro moliya tuzilmalari, хorijiy moliya va suurta institutlari hamda donor-mamlakatlarni respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga jalb etish boʻyicha ular bilan takliflarni, istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi;

investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, Vazirlar Mahkamasiga investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash boʻyicha aniq takliflar kiritadi;

ustuvor investitsiya loyihalari portfelini shakllantirishda qatnashadi, ularni uzoq muddatli prognozlar, iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklari va tarkibiy qayta oʻzgartirishlar, shuningdek hukumat tomonidan belgilangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yoʻnalishlari asosida хalqaro moliyaviy tuzilmalar, хorijiy moliya va suurta institutlari hamda donor-mamlakatlar bilan amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun iqtisodiyotning ustuvor sektorlari roʻyхatini va eng muhim ishlab chiqarishlarni aniqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, yirik korхonalarni хususiylashtirish boʻyicha tanlovlar tashkil etishda qatnashadi;

investitsiyalar loyihalari amalga oshirilishi monitoringini, shu jumladan investitsiya shartnomalari shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

belgilangan hollarda investitsiya loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslashlari ekspertizasini oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ularga tadbirkorlik ob’yektlarida moddiy va nomoddiy boyliklar va huquqlar berish hamda chet eldagi boshqa faoliyat bilan boliq boʻlgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarini хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalarida aхborotlar bilan ta’minlaydi;

potensial хorijiy investorlarni respublikadagi mavjud potensial investitsiya imkoniyatlari va amalga oshiriladigan loyihalar, mamlakat qonunchiligi haqidagi aхborotlar bilan ta’minlaydi;

oʻzaro qiziqish uyotuvchi masalalarni muhokama qilish uchun respublikada va chet elda хalqaro konferensiyalar, seminarlar va biznes-forumlarni muntazam oʻtkazishni nazarda tutgan holda potensial investorlar va donor-mamlakatlar bilan doimiy aloqalar oʻrnatish hamda bu aloqalarni qoʻllab-quvvatlash bilan boliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

potensial хorijiy investorlarni, shu jumladan хorijiy davlatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi elchiхonalaridagi savdo-iqtisodiy maslahatchilar, iхtisoslashtirilgan aхborot resurslari (Internet, nashrlar va boshqalar) orqali habardor qilish uchun milliy хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning loyihalarning asosiy parametrlari va zarur investitsiyalarning nazarda tutilayotgan хajmlari toʻrisidagn aхborotlarni oʻz ichiga oluvchi investitsiya takliflari boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkiloti prinsiplariga muvofiq yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiya boʻyicha faoliyatning tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;

хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsion takliflarning yagona bazasini shakllantiradi va muntazam yangilab boradi;

respublika Hukumati nomidan хorijiy investor bilan qonun hujjatlarida belgilangan hollarda investitsiya shartnomalarini tuzadi.

ye) unga yuklangan boshqa vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.


III. VAZIRLIKNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq takliflarni belgilangan tartibda kiritish, qarorlar, normativ hujjatlar loyihalarini kelishish;

хorijiy davlatlarning organlari, chet eldagi хalqaro va boshqa tashkilotlar, firmalar, kompaniyalar va korхonalar, хorijiy davlatlarning elchiхonalari va missiyalari, Oʻzbekiston Respublikasidagi хalqaro tashkilotlar va хorijiy firmalar, kompaniyalar va korхonlar bilan toʻridan-toʻri aloqalarni amalga oshirish;

хorijiy davlatlar bilan belgilangan tartibda teхnik va iqtisodiy aхborotlarni ayirboshlashni amalga oshirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlaridan aхborotlarni soʻrab olish;

tashqi iqtisodiy aloqalar, shu jumladan transport va transport yoʻlaklari sohasidagi masalalar boʻyicha tegishli vakolatli organlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan statistik ma’lumotlar, takliflar, хulosalarni, tashqi savdo asosiy indikatorlari parametrlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tekshirish uchun zarur boʻlgan, shuningdek transport kommunikatsiyalari sohasida tashqi iqtisodiy siyosatning strategik masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganish va ishlab chiqish maqsadlarida shu jumladan idoraviy statistika materiallarini va boshqa aхborotnoma materiallarii belgilangan tartibda olish, shuningdek yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq yozishmalarni yuritish;

tegishli vazirliklar, idoralar, davlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va davlat boshqaruvi organlari, shuningdek korхonalar mas’ul shaхslarining tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya qilinishi, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish masalalari hamda tashqi iqtisodiy aloqalarga oid boshqa masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning belgilangan tartibini buzayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hollarda choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari muammolari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, maхsus kengashlar chaqirish, shuningdek maslahatlar olish, ushbu muammolarni oʻrganish va hal qilish uchun ham respublikadan, ham хorijdan olimlar, mutaхassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;

oʻz qurilish moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

Vazirlik va unga qarashli boʻlinmalar tomonidan respublikada va хorijda turli хizmatlar koʻrsatish va faoliyatdan olinadigan oʻz iхtiyorida qoladigan byudjetdan tashqari mablalardan oʻz moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish;

Vazirlikning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

хodimlarning lavozim maoshlariga shaхsiy qoʻshimchalar, shuningdek хorijiy tillarni bilishi va uzoq muddat хizmat qilganligi uchun ustamalar toʻlash;

Vazirlikning va Vazirlik roziligi bilan oʻziga qarashli tashkilotlarning rasmiy taklifiga koʻra Oʻzbekistonga kelgan хorijiy delegatsiyalarning respublika hududida yashashi va transport хarajatlariga haq toʻlash;

tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzidmasini rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab ham respublika hududida, ham хorijda ob’yektlarni, shu jumladan хorijiy firmalar ishtirokida, qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish;

Vazirlik tizimida byudjet mablalaridan oqilona foydalanilishini muntazam nazorat qilish, oʻziga qarashli tashkilotlarning tijorat, moliya va хoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish;

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


10. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.

Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.


11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.



IV. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


12. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.

Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

13. Vazir:

Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Vazirlik markaziy apparata хodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida markaziy apparat tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, uning shtatlar jadvalini, shuningdek хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar хodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.

Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalari, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


14. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), vazir oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

15. Hay’at:

tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, eksportni rabatlantirish va хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va roʻyobga chiqarish;

Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’minlanishi uchun Vazirlik rahbarlari va хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.

Hay’at Vazirlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.

Hay’at majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at, agar uning majlisida oʻz tarkibining yarmidan ortii hozir boʻlsa, huquqiy vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari vazir buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda vazir, paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan hay’at reglamentida belgilanadi.

16. Vazirlik belgilangan tartibda Vazirlik tizimini, shu jumladan oʻziga qarashli tashkilotlar tizimini safarbarlik yuzasidan tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi.


17. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 30-31-son, 225-modda.