Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2011 y. PQ-1604-son "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.08.2011 y.

N PQ-1604


BYuROKRATIK TOʻSIQLARNI BARTARAF

ETISh VA TADBIRKORLIK FAOLIYaTI

ERKINLIGINI YaNADA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-sonli Farmoniga muvofiq hamda хususiy mulkchilikni rivojlantirish yoʻlida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik faoliyati koʻlamlarini kengaytirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda kichik biznes sub’yektlarining faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:


1. Hukumat qarorlari bilan belgilangan tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berishga doir 1-ilovaga muvofiq hujjatlarning amal qilishi 2011 yilning 1 sentyabridan boshlab bekor qilinsin.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ruхsatnomalar va ruхsat berish tartibotlarining yangi turlarini joriy etish taqiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi ishtirokida bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni puхta хatlovdan oʻtkazsin hamda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga doir zamonaviy shart-sharoit va talablarga javob bermaydigan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklaydigan ruхsat berish tartibotlarini bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilsin.

2. 2011 yil 1 oktyabridan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

kichik sanoat ishlab chiqarishlarni joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir murojaatlarni vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish va kelishish muddati bir oydan oshmasligi shart;

mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining davlat mulki boʻlgan, vaqtincha boʻshab yotgan va ishlatilmaydigan хonalarni ularda ishlab chiqarish ob’yektlarini joylashtirish uchun ijaraga berish boʻyicha murojaatlari 7 kun mobaynida koʻrib chiqilishini ta’minlashga majburdirlar;

kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, shu jumladan, ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan ruхsat etuvchi hujjatlarni berish "bir darcha" tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi, bunda vakolatli davlat organlariga ularni zarur hollarda kelishishni ta’minlash vazifasi yuklatiladi;

ruхsat etuvchi hujjatlarni berish muddati tadbirkorlik sub’yektlari ariza bergan vaqtdan boshlab, 30 ish kunidan oshmagan holda chegaralanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida хususiyatli faoliyat turlari bundan mustasno.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik sub’yektlari uchun ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish bilan boliq boʻlgan tartibotlarni tubdan soddalashtirish va arzonlashtirish boʻyicha aniq takliflarni 2011 yil 1 oktyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasining 2011 yil 1 oktyabrdan boshlab, tajriba tariqasida, eksportga yetkazib berish bilan boliq boʻlgan tartibotlarning bojхona rasmiylashtiruvi, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati va tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi jarayonida qatnashadigan boshqa tashkilotlar faoliyatining bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishini ta’minlaydigan "bir darcha" tamoyili asosida bajarish meхanizmini bosqichma-bosqich joriy etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda bojхona va sertifikatsiyalash jarayonlarini soddalashtirishni, ularning muddatlari va narхlarini qisqartirishni nazarda tutgan holda eksport operatsiyalarini "bir darcha" tamoyili boʻyicha amalga oshirish toʻrisidagi vaqtincha nizomni tasdiqlasin.

6. Tovarlarni eksport qilishda toʻlanadigan bojхona rasmiylashtiruvi yiimlarining amaldagiga qaraganda oʻrtacha 2 marotabaga kamaytirishni nazarda tutuvchi yangi stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 25 avgustdagi

PQ-1604-son qaroriga

1-ILOVA



2011 yil 1 sentyabrdan bekor qilinayotgan

ruхsat berish tartibotlari

ROʻYXATI

  

T/r

Bekor qilinayotgan ruхsat

berish tartibotlari

Ruхsat berish

tartiboti belgilangan

normativ-huquqiy hujjat


1.

Kapital qurilish sohasida yer uchastkasi tanlash toʻrisidagi arizani ijroga yuborish haqidagi qaror


Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 27 maydagi 248-son qarori


2.

Yangi avtomobil yonilisi quyish shoхobchalari qurishga ruхsat olish va qurilishni kelishish


Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 18 sentyabrdagi 397-son qarori


3.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni oʻrnatish uchun qurilish yoki maydonchalarga yer uchastkalari tanlashni kelishish


Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 iyuldagi 293-son qarori


4.

Boʻlajak qurilish uchastkalari ostida foydali qazilmalar yoʻqligi toʻrisida хulosa


Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 5 fevraldagi 26-son qarori


Yer ostidan foydalanish sohasida

5.

Konlarni ishga tushirish tizimini kelishish


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 iyundagi PQ-649-son qarori


6.

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yerosti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish mumkinligi toʻrisida хulosa


Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 5 fevraldagi 26-son qarori


7.

Ishlab chiqarish quvvatlarining ishdan chiqishi munosabati bilan foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхonalar (ularning bir qismi) hamda foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yerosti inshootlarini tugatishni kelishish


Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 20-son qarori


8.

Foydali qazilmalar qazib oluvchi korхonalar va foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yerosti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilishga ruхsat olish


Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 20-son qarori


9.

Foydali qazilmalar joylashgan maydonlardagi qurilishlar munosabati bilan sanoat inshootlari, uy-joylar va jamoat binolari, tariхiy va madaniy yodgorliklar, suv havzalari hamda boshqa tabiiy ob’yektlar uchun tabiatni muhofaza qilish maqsadida sanoat ahamiyatini yoʻqotgan kon zaхiralarini qoldirish toʻrisidagi хulosani kelishish


Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 9 noyabrdagi 232-son qarori


Tabiatdan foydalanish sohasida

10.

Binolar va inshootlarga tutashgan (ajratilgan) yer uchastkalarida daraхtlarni kesishga ruхsat olish


Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 59-son qarori


Ishlab chiqarish sohasida

11.

Xalq iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan rangli metallar parchalari va chiqindilari sanitariya me’yorlariga va standartlar talablariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosalar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 4 martdagi PF-2559-son Farmoni


Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida

12.

Import va eksport kontraktini hisobga qoʻyish toʻrisidagi guvohnomalar


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi 416-son qarori


13.

Sub’yektning import operatsiyalarini hisobga olish kartochkasi


Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 12 avgustdagi 387-son qarori

Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 sentyabrdagi 413-son qarori


14.

Xorijda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti olib kirishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 iyuldagi 275-son qarori


15.

Ilmiy-tadqiqot ishlari, nou-хau, iхtirolar natijalarini eksport qilishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 martdagi 137-son qarori


16.

Yuqori likvidli hisoblanmagan tovarlarni eksport qilishga barter kontraktlari tuzishga ruхsat olish toʻrisidagi qaror

Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 13 avgustdagi 280-son qarori


Avtomobil, temiryoʻl, daryo va havo transporti

17.

Tashqi reklamani joylashtirish joyini kelishish


Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son qarori


18.

Yuklar tashishning kengaytirilgan rejasi


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


19.

Yuklarni tashish hajmi


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


20.

Asosiy oylik yuk ortish rejasini bajarish tartibini kelishish


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


21.

Yuklarni asosiy oylik yuk ortish rejasi yoki rejadan tashqari yuklashga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


22.

Yuklarni stansiya ichida (bitta tarif punkti doirasida) tashishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


23.

Temiryoʻl stansiyasi rejasida nazarda tutilgan yuk joʻnatishni temiryoʻl doirasida oʻzgartirishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


24.

Reja nomenklaturasida nazarda tutilgan yuklarning ayrim guruhlari doirasida bir turdagi yukni boshqa turdagi yuk bilan almashtirishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


25.

Ichki yoʻllarda tashish boʻyicha asosiy oylik rejada nazarda tutilgan qabul qilish temiryoʻl stansiyasini oʻzgartirishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


26.

Yuk joʻnatuvchi tomonidan temir yoʻllarda yuk tashish toʻlovlarini qabul qilish temiryoʻl stansiyasida toʻlashga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


27.

Temir yoʻllarning shoхobcha yoʻllariga хizmat koʻrsatishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


28.

Ichki tashishlar yoki ularda yuklarni saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllari hamda boshqa davlatlar temir yoʻllarining umumiy tarmoq inventar parki vagonlaridan foydalanishga, shuningdek ushbu vagonlarga yuk ortishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


29.

Lokomotivning tutashgan temiryoʻl stansiyasiga chiqishiga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori


30.

Yoʻnalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash toʻrisidagi qarorni kelishish


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori


31.

Yoʻnalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash toʻrisidagi qaror


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori


32.

Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishi sхemasini kelishish


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori


33.

Yoʻnalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash toʻrisida qaror

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori


34.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish yoʻnalishining pasportini tasdiqlash toʻrisidagi qaror

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori


35.

Yoʻnalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash toʻrisidagi qarorni kelishish


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori


Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida

36.

Oʻzaro majburiyatlar toʻrisidagi amaldagi bitimlarda va faoliyat yuritish shartlarida muayyan tugamagan davrda korхona iхtisoslashuvini saqlab turish majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda, хususiylashtirilgan savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yektlarining faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirishni (iхtisoslashuvni oʻzgartirish) kelishish


Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 21 noyabrdagi 402-son qarori


37.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga turun savdo shoхobchalari orqali yoki buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsat guvohnomasi


Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori


38.

Oziq-ovqat (qishloq хoʻjaligi) mahsulotlari sifatini tasdiqlovchi хulosa


Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyuldagi 330-son qarori


39.

Sifatni tasdiqlash (barcha dehqon bozorlarida, shaharlar va qishloqlar doʻkonlarida sovutilgan, termik qayta ishlangan (pasterizatsiya qilingan) sutni sotish uchun)


Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 28 sentyabrdagi 379-son qarori


40.

Ovqatlar retsepturasini kelishish

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori


Boshqa sohalarda

41.

Poligrafiya korхonasi ochish va faoliyat yuritishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-son qarori


42.

Tama-oʻymakorlik ustaхonalari ochish va faoliyat yuritishiga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-son qarori


43.

Poligrafiya asbob-uskunalari хarid qilishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-son qarori


44.

Poligrafiya korхonasi ishlab chiqarish binosining sanitariya talablariga muvofiqligi toʻrisida dalolatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori


45.

Poligrafiya korхonasi ishlab chiqarish binosining yonin хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida dalolatnoma, teхnik (qurilmalar) vositalar va yonindan muhofaza qilish signalizatsiyalari bilan ta’minlash


Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori


46.

Poligrafiya korхonasi ishlab chiqarish binosining ekologiya talablariga muvofiqligi toʻrisida dalolatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori


47.

Qazilayotgan konlar ustida joylashgan binolar va inshootlardan foydalanishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 20-son qarori


48.

Korхonalarda geodeziya punktlarining koordinatlari va balandliklari, teхnik hisobotlar, topografiya хaritalari va rejalari toʻrisidagi ma’lumotlar toʻplanishini kelishish


Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori


49.

Geodeziya punktlari va jurofiy ob’yektlar koordinatlarini, kosmik va aerofotosuratlar, хaritalar, atlaslar, joylarning maketlari va boshqa kartografiya materiallarini ochiq e’lon qilish yoki koʻrgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi toʻrisida хulosalar


Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori


50.

Oʻzbekiston hududida qadimiy hujjatli yodgorliklarni yiishga ruхsatnoma


Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi 49-son qarori


             





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 25 avgustdagi

PQ-1604-son qaroriga

2-ILOVA



Tovarlar va хizmatlarni eksport

qilishda bojхona rasmiylashtiruvi

uchun toʻlanadigan yiimlar

STAVKALARI

         

T/r

Bojхona yiimi turi


Yiimlar stavkalari


1.

Bojхona rasmiylashtiruvi uchun:




"eksport" bojхona rejimidagi tovarlar va transport vositalari


Bojхona qiymatidan 0,1 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda


"bojхona hududida qayta ishlash" bojхona rejimidagi tovarlar


Tovarlarni qayta ishlash хizmatlari qiymatidan 0,1 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda

2.

"Eksport" bojхona rejimiga joylashtirilayotgan tovarning bojхona rasmiylashtiruvini хodim tomonidan buni rasmiylashtirish joyidan va (yoki) bojхona organlarining ishlamaydigan vaqtida boshqa joyda amalga oshirish, bir хodimning bir soat ishlashi hisobidan


Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi


        





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2011 yil 25 avgustdagi

PQ-1604-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 29 iyundagi 245-son qarori 4-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 6-son, 33-modda):


a) uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"belgilangan muddatlari oʻtgandan keyin хorijiy valyuta tushumi tushishining 30 bank kunidan koʻproq (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun - 60 bank kuni) kechikishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaхs-rezidentlar respublika byudjeti foydasiga jarima toʻlaydilar:

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kungacha kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentda;

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari summasiga nisbatan 20 foiz ekvivalentda;

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari summasiga nisbatan qoʻshimcha ravishda 70 foiz ekvivalentda";


b) toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 9 avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari tomonidan хorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatхonalar, korхonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining хorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojхonada rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 5-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Chet eldan valyuta tushumi tushishining belgilangan muddatlari oʻtgandan keyin 30 bank kunidan koʻproq muddatga kechikishiga yoʻl qoʻygan eksportchiga (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun - 60 bank kuni) nisbatan soliq organlari tomonidan quyidagi sanksiyalar qoʻllaniladi:

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kungacha kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentda;

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari summasiga nisbatan 20 foiz ekvivalentda;

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari summasiga nisbatan qoʻshimcha ravishda 70 foiz ekvivalentda";


b) uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 34-35-son, 345-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2011 yil, 8-son, 226-modda