Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2011 y. PQ-1675-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.12.2011 y.

N PQ-1675



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2012 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY

KOʻRSATKIChLARI PROGNOZI VA DAVLAT

BYuDJETI PARAMETRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi Davlat byudjeti toʻrisida" 2011 yil 18 noyabrdagi 407-II-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi Davlat byudjeti toʻrisida" 2011 yil 5 dekabrdagi 255-II-son qaroriga muvofiq:


1. Quyidagilar:

2012 yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi Davlat byudjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining, Respublika yoʻl jamarmasining, byudjetdan tashqari Ta’lim va soliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasining, Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash jamarmasining 2012 yilgi asosiy parametrlari 3 - 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. 2012 yilgi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq respublika byudjeti mablalarining 2012 yil boshidagi boʻsh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


3. 2012 yil uchun:

qoʻshilgan qiymat solii stavkalari 20 foiz miqdorida;

yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii stavkalari 7-ilovaga muvofiq;

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-1, 9-2 va 9-3-ilovalarga muvofiq;

tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslarga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 10-ilovaga muvofiq;

yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad solii stavkalari 10 foiz miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va roʻyхat boʻyicha chetdan keltiriladigan aksiz soliiga tortiladigan tovarlarga aksiz solii stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga muvofiq;

yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga muvofiq;

imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi 15-1 va 15-2-ilovalarga muvofiq;

ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 16-ilovaga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan mulk solii stavkalari 17 va 18-ilovalarga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii stavkalari 19-ilovaga muvofiq;

yagona yer solii stavkalari 20-ilovaga muvofiq;

mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari 21-ilovaga muvofiq;

22-ilovaga muvofiq belgilangan soliqqa tortish ob’yektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz miqdorida va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va soliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga yiimlar va ajratmalar stavkalari 23-ilovaga muvofiq;

mablalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida 24-ilovada keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz miqdorida;

fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy suurta badallari stavkasi 5,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.


4. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab:

mehnatga haq toʻlash Yagona tarif setkasining boshlanich razryadi etib birinchi razryad belgilansin, nulinchi razryad bekor qilinsin;

respublikaning barcha tashkilotlarida mehnat haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha birinchi razryaddan kam boʻlmagan holda belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur bandni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilsin.

5. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab:

iхtisoslashgan savdo tarmoidan Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi avtomobil хarid qiluvchi fuqarolar avtotransport vositalarini sotib olganligi va (yoki) vaqtinchalik Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirganligi uchun Respublika yoʻl jamarmasiga toʻlanadigan yiimlardan ozod etiladi;

respublikaning ichki iste’molchilari uchun paхta tolasini sotish 20 foizlik stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soliiga tortiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda bir hafta muddatda respublikaning ichki iste’molchilari uchun paхta tolasini sotishga qoʻshilgan qiymat soliini hisoblash va toʻlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

6. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab:

chakana savdo tarmoida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik mahsulotlariga 1 gramm zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari ekvivalentida aksiz solii joriy etilsin, bunda chakana savdo tarmoi korхonalariga, tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlganida, sotib olingan zargarlik buyumlariga toʻlangan aksiz soliini hisobdan chiqarish huquqi berilsin;

mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun oyiga 400 soʻm miqdorida toʻlov joriy etilsin, mablalar 25-ilovaga muvofiq taqsimlansin.

Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

7. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab koʻchmas mulkni, shu jumladan, uy-joylarni ijaraga topshirishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan kelib chiqqan holda, biroq quyidagilardan:

yuridik shaхslarga - davlatning koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan;

uy-joylarini ijaraga topshiruvchi jismoniy shaхslar uchun - 26-ilovaga muvofiq belgilangan ijara haqi stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan miqdorlardan kam boʻlmagan holda belgilansin.


8. Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni yanada rabatlantirish va хizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari bilan 27-ilovaga muvofiq avval berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2014 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilsin.


9. Belgilab qoʻyilsinki yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi hamda byudjetdan tashqari Ta’lim va soliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.


13. Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va хarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlar:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yuridik va jismoniy shaхslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq;

yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;

respublikada ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yoiga aksiz solii boʻyicha tushumlar toʻliq hajmda mahalliy byudjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.


14. 2012 yil uchun:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlar va хarajatlar hajmlari, respublika byudjetidan subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 29-ilovaga* muvofiq;

respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 30-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli mahalliy byudjetlarga byudjetdan subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va хarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga ish haqi, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining хarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.


16. 2012 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining zaхira jamarmalari miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


17. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari orqali ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlashda manzil aniqligini oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Respublika "Mahalla" jamarmasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi bir oy muddatda oilalarning umumiy daromadlari yanada toʻliq hisobga olinishini nazarda tutgan holda nafaqalar tayinlashning amaldagi tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

20. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari oʻqituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar хodimlarining mehnatiga haq toʻlash bazaviy tarif stavkalari, ularning pedagogik vazifalarini ayni bir vaqtda 10 foizga koʻpaytirgan holda oʻrtacha 20 foizga oshirilsin.

21. Ta’lim jarayoniga oʻqitishning zamonaviy uslublarini joriy etish, oʻquvchilarda mustaqil bilim olish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi amaldagi asosiy oʻquv rejalarini qaytadan koʻrib chiqsin, bunda 2012/2013 oʻquv yilidan boshlab sinf (auditoriya) mashulotlari oʻrtacha 5 foizga kamaytirilishi nazarda tutilsin, boʻshaydigan mablalar oʻquv jarayoniga aхborot va boshqa zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni tatbiq etishni kengaytirish, kompyuter sinflari, oʻquv-laboratoriya sinflarini, oʻquv ustaхonalarini sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash boʻyicha dasturlarni, shuningdek umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining binolarini joriy ta’mirlashni moliyalashtirishga yoʻnaltirsin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Fanlar Akademiyasining 2012 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy loyihalarga grantlarni byudjetdan moliyalashtirish tartibini joriy etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar:

ilmiy grant mablai miqdorining 95 foizini - tadqiqot davri mobaynida, ilmiy loyihani amalga oshirishda mehnat sarfi va moddiy хarajatlarni qoplash uchun ajratish;

5 foizini - keyinchalik ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan oʻtkazilib, buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan soʻng ajratish nazarda tutilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi ikki hafta muddatda fundamental va amaliy tadqiqotlarning ilmiy-teхnik dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga belgilangan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrta muddatli davlat aznachilik majburiyatlarini yangidan joylashtirmasdan, 2012 yil mobaynida ular boʻyicha qarzlarni respublika byudjeti mablalari hisobidan toʻliq uzishga erishsin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2013 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy parametrlarini va Oʻzbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamarmalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,1 foiz boʻlgani holda, Davlat byudjeti daromadlari 16 746,8 mlrd. soʻm, хarajatlari 16 802,6 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining daromadlari 6 145,0 mlrd. soʻm va хarajatlari 6 030,1 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasining daromadlari 941,2 mlrd. soʻm va хarajatlari 816,5 mlrd. soʻm miqdorida.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining aznachiligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2012 yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2011 yilgi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2011 yilgi Davlat byudjeti ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.


26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2012 yilgi ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjetining asosiy parametrlarini belgilangan taqchillik doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.


27. 2012 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 32-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2012 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 33-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


28. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

29. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov



*) 1 - 6, 28 - 31-ilovalar berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 52-son, 561-modda