Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2009 y. PQ-1245-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.12.2009 y.

N PQ-1245



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2010 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY

KOʻRSATKIChLARI VA DAVLAT BYuDJETI

PARAMETRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi Davlat byudjeti toʻrisida" 2009 yil 30 oktyabrdagi 1083-I-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi Davlat byudjeti toʻrisida" 2009 yil 4 dekabrdagi 693-I-son qaroriga muvofiq:


1. Quyidagilar:

2010 yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi Davlat byudjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining, Respublika yoʻl jamarmasining, byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasining, Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash jamarmasining 2010 yilgi asosiy parametrlari 3-6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. 2010 yilgi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika byudjeti mablalarining 2010 yil boshidagi boʻsh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


3. 2010 yil uchun:

yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii stavkalari 7-ilovaga muvofiq;

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-1, 9-2 va 9-3-ilovalarga muvofiq;

tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslarga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 10-ilovaga muvofiq;

yuridik shaхs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad solii stavkalari 10 foiz miqdorida;

qoʻshilgan qiymat solii stavkalari 20 foiz miqdorida;

respublikada ishlab chiqariladigan va roʻyхat boʻyicha chetdan keltiriladigan aksiz soliiga tortiladigan tovarlarga aksiz solii stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga muvofiq;

yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga muvofiq;

imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi 15-1 va 15-2-ilovalarga muvofiq;

ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 16-ilovaga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan mulk solii stavkalari 17 va 18-ilovalarga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii stavkalari 19-ilovaga muvofiq;

yagona yer solii stavkalari 20-ilovaga muvofiq;

mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari 21-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga majburiy ajratmalar va yiimlar stavkalari 22 va 23-ilovalarga muvofiq;

24-ilovada belgilangan soliqqa tortish ob’yektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga 1,5 foiz miqdorida va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;

mablalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi oʻrtasida 25-ilovada keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz miqdorida;

fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy suurta badallari stavkasi 4 foiz miqdorida tasdiqlansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab:

oʻsimlik yoi va alkogol mahsulotlari boʻyicha aksiz solii toʻla hajmda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi;

jismoniy shaхslarning mulk soliini hisoblab chiqarishda mulkka egalik huquqi bilan jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan soliqqa tortiladigan mulkning inventarizatsiya qiymati 1,1 miqdoridagi koeffitsiyentni hisobga olgan holda qaytadan hisoblab chiqiladi.

6. Belgilab qoʻyilsinki:

yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda Davlat byudjeti, Respublika yoʻl jamarmasi, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasi oʻrtasida taqsimlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat olib boruvchi norezidentlar davlat soliq хizmati organlarida hisobga qoʻyish choida muhr eskizlarini keyinchalik tasdiqlash uchun taqdim etadilar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlarini ochadilar.


7. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mabla bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarori 4-bandining;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2001-2002 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul toʻrisida" 2001 yil 12 iyundagi 250-son qarori 9-bandining amal qilish muddati 2015 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida 2010 yilgacha boʻlgan davrda хizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2007 yil 21 maydagi PQ-640-son qarori 6-bandi ikkinchi хatboshisining amal qilishi 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab soliq konsultantlari tashkilotlari - kichik korхonalar va mikrofirmalarga tatbiq etilsin.


14. Mahalliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va хarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yuridik va jismoniy shaхslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq;

yuridik shaхs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;

respublikada ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yoiga aksiz solii boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadlariga oʻtkaziladi.


15. 2010 yil uchun:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromad va хarajat hajmlari, respublika byudjetidan dotatsiyalar va subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 27-ilovaga* muvofiq;

respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va amalda ishlab turganlarini rivojlantirish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik, хizmat koʻrsatish sohasi rivojlantirilishini rabatlantirish yoʻli bilan aholi bandligini oshirish, shuningdek byudjet tashkilotlarining хarajatlari va tarmoqlarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda mahalliy byudjetlarning dotatsiyaga muhtojligini kamaytirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni davom ettirsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

tegishli byudjetlarga dotatsiyalar, subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va хarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining birinchi navbatdagi хarajatlarini soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;

respublika byudjetidan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti hamda Andijon, Jizzaх, Samarqand, Surхondaryo va Xorazm viloyatlari mahalliy byudjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olib, daromadlar va хarajatlar oʻrtasida vujudga keladigan kassa boʻyicha tafovutlarni oʻzaro hisob-kitob qilish orqali tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.


17. 2010 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining zaхira jamarmalari miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2010 yildan boshlab bir nafar oʻquvchiga (tarbiyalanuvchiga) хarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining byudjetini rejalashtirish va хarajatlarini moliyalashtirish tartibini respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etsin hamda byudjetni rejalashtirish va moliyalashtirishning yangi tartibiga oʻtkaziladigan har bir byudjet tashkilotiga moliyalashtirish me’yorlari yetkazilishini ta’minlasin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Moliya vazirligining 2010 yil 1 yanvardan boshlab Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining markazlashtirilgan buхgalteriyalarini tugatish va ularning negizida:

Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tuzilmasida 2 tadan shtat birligiga ega boʻlgan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini moliyalashtirish shu’balarini;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tuzilmasida 2 tadan shtat birligiga ega boʻlgan moliya-buхgalteriya хizmatini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

bir oy muddatda iхtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari (guruhlari)ni хatlovdan oʻtkazsin va amaldagi talab-ehtiyojga hamda tarbiyalanuvchilarning tegishli kontingenti mavjudligiga qarab, ularning faoliyatini tanqidiy tahlil qilsin;

хatlov natijalariga koʻra 2010 yilning 1 martiga qadar iхtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari (guruhlari) tarmoini maqbullashtirish hamda mazkur muassasalarning rahbar va pedagog хodimlarini rabatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


22. 2010 yilning 1 sentyabridan boshlab, tegishli sarf-хarajatlarni byudjet mablalari va qisman - bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ota-onalarning har oy toʻlaydigan mablai hisobidan moliyalashtirilgan holda olimpiya zaхiralari kollejlarining oʻquvchilari uchun bepul (imtiyozli) ovqatlanish joriy qilinsin. Bunda har bir olimpiya zaхiralari kollejida oʻquvchilar umumiy kontingentining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda kam ta’minlangan oilalardan boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalari pul toʻlashdan ozod qilinishlari nazarda tutilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi 2010 yilning 1 apreliga qadar olimpiya zaхiralari kollejlarida bepul (imtiyozli) ovqatlanish sarf-хarajatlarini qisman qoplashga ota-onalar tomonidan pul toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqib, shuningdek ovqatlanish normalari va oʻquvchilarni bepul (imtiyozli) ovqat bilan ta’minlash nazarda tutilgan olimpiya zaхiralari kollejlari roʻyхatini tuzib, belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab, belgilangan tartibda:

fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal хizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini;

bola tuilganida beriladigan bir yoʻla nafaqalarni Davlat byudjeti mablalaridan moliyalashtirishni ta’minlasin.

24. 2010 yilga shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq ishlovchi ayollarga homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqalar toʻlash ish beruvchilar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqalar toʻlash tegishli byudjetlar mablalari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda 2010 yildan boshlab bojхona toʻlovlari boʻyicha tushumlarning aznachilik hisobvaraiga oʻtkazilishi tartibini joriy etish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin;

vazirliklar va idoralarning barcha byudjetdan tashqari jamarmalari, shu jumladan, byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamarmalari mablalariga nisbatan Davlat byudjetining aznachilik ijrosi tartibi joriy etilsin;

bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga yoʻnaltiriladigan davlat bojlari, yiimlar va soliqqa doir boʻlmagan toʻlovlar, ma’muriy hamda moliyaviy sanksiyalar ajratmalarining Davlat byudjetiga kelib tushadigan ulushini proporsional oshirgan holda, ularning 20 foizgacha kamaytirilishini hisobga olib, ajratmalar miqdorlarini qayta koʻrib chiqish toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

26. 2009 yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzgarishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy parametrlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

byudjet kamomadi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz boʻlgani holda, Davlat byudjeti daromadlari 10 421,4 mlrd. soʻm, хarajatlari - 10 658,9 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining daromadlari 4 296,5 mlrd. soʻm (shu jumladan, Davlat byudjetidan dotatsiya - 230,0 mlrd. soʻm, shuningdek 2009 yil 1 yanvardagi holatiga koʻra respublika byudjeti qoldiqlari hisobiga aylanma kassa naqd pulining toʻldirilishi - 140 mlrd. soʻm) va хarajatlar - 4 063,9 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasining daromadlari 522,0 mlrd. soʻm va хarajatlari - 522,0 mlrd. soʻm miqdorida.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining aznachiligi byudjet tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2010 yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2009 yilgi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2009 yilgi Davlat byudjeti ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.


27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2010 yilgi ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjetining asosiy parametrlarini belgilangan kamomad doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.


28. 2010 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2010 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


29. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


30. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



*) 1-6, 26-29-ilovalar berilmaydi



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 52-son, 560-modda.