Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.01.2008 y. PQ-771-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.01.2008 y.

N PQ-771



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI

MARKAZIY APPARATI TUZILMASIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tuzilmasiga arхitektura va ishlarni rejalashtirish boʻyicha rais oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi marakaziy apparatining yangi tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisi - Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari N. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



*) Ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 1-son, 45-modda.