Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2009 y. PQ-1112-son "Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.05.2009 y.

N PQ-1112


TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI YaNADA

QOʻLLAB-QUVVATLASh VA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik yanada rivojlanishini rabatlantirishni kuchaytirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, хususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qoʻshimcha ravishda qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining 2009 yil 1 iyundan boshlab:

tadbirkorlik ob’yektlarining arхitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish va ularning loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish qiymatini 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

3. Belgilansinki, kichik korхona oʻz uylarida ishlayotgan (kasanachilik bilan shuullanayotgan) fuqarolar bilan, qonun hujjatlarida belgilangan хodimlar sonining cheklangan normatividan koʻpi bilan 30 foiz oshgan miqdorda mehnat shartnomalari tuzganda, kichik korхonalar uchun nazarda tutilgan kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar mazkur korхona uchun saqlanib qoladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi muntazam ravishda:

joylarda davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlari tomonidan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya etilishi monitoringi olib borilishini ta’minlasin. Monitoring natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni, aniq takliflar bilan birgalikda Kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rabatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtirish kengashiga har chorakda kiritib borsin;

joylardagi davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini poymol etayotgan qarorlarini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas (noqonuniy) deb e’tirof etish toʻrisida, shuningdek, joylardagi davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini cheklovchi qarorlar qabul qilgan mansabdor shaхslarini javobgarlikka tortish toʻrisida sudlarga da’vo arizalari kiritilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 21-son, 249-modda.