Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2009 y. PQ-1098-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.04.2009 y.

N PQ-1098



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI

MARKAZIY APPARATI TUZILMASIGA

OʻZGARTISh KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining agroteхnologiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari tugatilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining agroteхnologiyalar masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining yangi markaziy apparati tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 16-son, 201-modda.