Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2006 y. PQ-315-son "OITS, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha halqaro Global jamgʻarmasi grant mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

03.04.2006 y.

N PQ-315



OITS, SIL VA BEZGAK

KASALLIKLARIGA QARShI KURASh

BOʻYIChA XALQARO GLOBAL JAMARMASI

GRANT MABLALARIDAN SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA



OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik vazifalarini samarali amalga oshirish, shuningdek OITS, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha хalqaro Global jamarmasi tomonidan beriladigan grant mablalaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

OITS, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha хalqaro Global jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Global jamarma deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasiga mazkur kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan, birinchi bosqichda umumiy miqdori 12,2 mln. AQSh dollari, jumladan OITSga qarshi - 4,8 mln. AQSh dollari, silga qarshi -6,1 mln. AQSh dollari, bezgakka qarshi - 1,3 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi strategik dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun grant mablai ajratgan;

dasturlarni amalga oshirishining ikkinchi bosqichida Global jamarma tomonidan 28,6 mln. AQSh dollari miqdorida grant mablalari ajratiladi;

quyidagilar:

OITS boʻyicha - Respublika OITS markazi, sil kasalligi boʻyicha -Respublika DOTS markazi, bezgak kasalligi boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mazkur dasturlarni amalga oshirishda ijro etuvchi organlar hisoblanadi.


2. Belgilansinki, grant mablalari Oʻzbekiston Respublikasining epidemiyaga qarshi Respublika Favqulodda komissiyasi tomonidan qabul qilingan OITV/OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan strategik dasturlarga koʻra ilovaga* muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha foydalaniladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi zimmasiga (F.R. Nazirov) dasturlarni samarali amalga oshirish va Global jamarmaning grant mablalaridan maqsadli foydalanish, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi meхanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va teхnik koʻmaklashish mablalarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 15 noyabrdagi 251-sonli qarori talablariga qatiy amal qilgan holda dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari hamda boshqa tovarlarni хarid qilish meхanizmiga rioya etilishi uchun mas’uliyat yuklansin.


4. OITV/OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan strategik dasturlar doirasida Global jamarmaning grant mablalari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va sotib olinayotgan dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari, хizmatlar va boshqa tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining hissasi sifatida bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) va qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Global jamarma ishtirokida strategik dasturlar doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tasdiqlangan byudjet mablalari doirasida Global jamarmaning grant mablalari hisobiga sotib olingan dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari hamda boshqa tovarlarni mintaqalarga yetkazib berish boʻyicha sarf-хarajatlarning moliyalashtirilishini nazarda tutsin.


6. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi Global jamarmaning grant mablalari hisobidan хarid qilingan yuklarga toʻlov undirilmagan holda хizmat koʻrsatishni ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining talabnomalariga koʻra dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislarga konsullik yiimlari undirilmagan holda belgilangan tartibda vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Global jamarmaning grant mablalaridan foydalanishni hisobga olgan holda aхloq tuzatish muassasalari tizimida OITS va sil kasalliklariga qarshi sa’y-harakatlar boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saklash vazirligi talabnomalariga koʻra dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislarning vaqtincha roʻyхatda turishini davlat bojlari undirilmagan holda ta’minlasin.


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Global jamarma grant mablalari hisobidan mintaqalardagi tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladigai dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.

Oʻzbekiston Respublikasining epidemiyaga qarshi Respublika favqulodda komissiyasi barcha moliyalashtirish manbalari, jumladan Global jamarma grant mablalari hisobidan amalga oshiriladigan OITV/OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan strategik dasturlar doirasidagi tadbirlar ijrosini muntazam ravishda koʻrib chiqsin.


10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.