Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 04.06.2010 y. 108-mх-son "Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.06.2010 y. 2098-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.06.2010 y.

N 2098-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

04.06.2010 y.

N 108-mh


BUYRUI


"Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar

yiinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan

notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi

buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb

hisoblash toʻrisida


(2010 yil 14 iyundan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 iyundagi 104-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻrisida" 2010 yil 5 maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" va 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 138-modda) qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010 yil 19 apreldagi 79-mh-sonli "Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yiinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2098, 2010 yil 19 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 16-son, 127-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Ushbu buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                           R. Muhitdinov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 23-son, 188-modda.