Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 15.12.2009 y. 280-mх-son "Advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlar shakllarini tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.12.2009 y. 2054-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.12.2009 y.

N 2054




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

15.12.2009 y.

N 280-mh


BUYRUI


Advokatlik tuzilmalarining statistik

ma’lumotlar shakllarini tasdiqlash haqida


(2009 yil 25 dekabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 10-11-son, 113-modda) asosan BUYuRAMAN:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlar shakllarini ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Kuyidagilar:

tasdiqlangan statistik ma’lumotlar shakllari, 9 va 10-shakllardan tashqari, advokatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida toʻldirilishi;

statistik ma’lumotlar har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga taqdim qilinishi (yarim yillik va yillik);

statistik ma’lumotlar hisobot davridan keyingi oyning 5 kuniga qadar qooz hamda elektron shakllarda taqdim qilinishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari taqdim qilingan statistik ma’lumotlarning toʻriligi va toʻliqligini aniqlash maqsadida ularni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi mumkinligi;

statistik ma’lumotlarning toʻriligi va toʻliqligi uchun javobgarlik advokatlik tuzilmasining rahbari va tegishli advokatga, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga taqdim qilinishi uchun javobgarlik advokatlik tuzilmasining rahbariga yuklanishi ma’qullansin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                   R. Muhitdinov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 50-51-son, 547-modda.