Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 06.10.2009 y. 221-mх-son "Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.10.2009 y. 2012-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.10.2009 y.

N 2012




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

06.10.2009 y.

N 221-mh


BUYRUI


Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni

tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida


(2009 yil 16 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:

1. Oʻzbekiston Respublikasi "Advokatura toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 2-son, 48-modda) 7-moddasiga muvofiq advokat har uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shartligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

advokatlarning kasbiy malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida ishlab chiqarishdan ajralgan holda faqat kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;

advokatlarning malaka oshirish muddatining davomiyligi ikki haftadan kam boʻlishi mumkin emas;

sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan advokatga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;

advokat tomonidan oхirgi uch yil ichida oʻzining kasbiy malakasini oshirmaslik tarzida advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi uning advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tugatishga asos boʻladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan kelishgan holda Advokatlarning kasbiy malakasini oshirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash tavsiya etilsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari advokatlar tomonidan kasbiy malakasini oshirishga doir qismi boʻyicha litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat olib borsinlar.


5. Mazkur buyruq davlat roʻyхatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


6. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


7. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


8. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                             R. Muhitdinov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 41-son, 444-modda.