Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.03.2009 y. 60-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 9 martdagi

60-son qaroriga

2-ILOVA


Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyхatidan

oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda roʻyхatdan oʻtkazish deb ataladi) hamda yuridik maslahatхonalarni hisobga olish (keyingi oʻrinlarda hisobga olish deb ataladi) tartibini belgilaydi.


2. "Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.


3. Roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi adliya organi tomonidan amalga oshiriladi.


4. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarining muassislari advokatlik faoliyati bilan shuullanish uchun litsenziyaga (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) ega boʻlgan, advokat sifatida qasamyod qabul qilgan shaхslar va advokatlar boʻlishi mumkin, yuridik maslahatхonalar muassislari esa - Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) boʻlishi mumkin.



II. ROʻYXATDAN OʻTKAZISh

(HISOBGA OLISh) UChUN TAQDIM

ETILADIGAN HUJJATLAR


5. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

muassis tomonidan (boshqa muassislar tomonidan buning uchun vakolat berilgan muassislardan biri tomonidan) imzolangan roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza;

advokatlik firmasi yoki advokatlar hay’atini tashkil etish toʻrisidagi, ularning muassislari toʻrisidagi, ularning ustavlarini tasdiqlash toʻrisidagi, rahbarlik organlarini shakllantirish toʻrisidagi (advokatlik firmalari yoki advokatlar hay’atlari uchun) ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan ta’sis yiilishining protokoli;

ta’sis hujjatlari davlat tilida ikkita nusхada;

davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun belgilangan miqdordagi davlat boji toʻlanganligi toʻrisida bankning toʻlov hujjati;

ikki nusхada muhr va shtamp namunalari eskizi, agar mavjud boʻlsa - emblema va boshqa ramzlarning ham;

davlat statistika organi tomonidan berilgan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki oʻхshash nomlarning yoʻqligi toʻrisidagi ma’lumotnoma.


5-1. Adliya organi quyidagi hujjatlarni mustaqil tarzda oladi:

muassislar litsenziyalarining nusхalari;

malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash toʻrisidagi qarori, agar ular advokat maqomiga ega boʻlmasalar.

6. Ustav advokatlik byurosi va advokatlik firmasining, ustav va ta’sis shartnomasi esa - advokatlar hay’atining ta’sis hujjatlari hisoblanadi.

Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’atining ustavi ularning muassislari tomonidan tasdiqlanadi, advokatlar hay’atining ta’sis shartnomasi esa uning muassislari bilan tuziladi.

"Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-3-moddasiga muvofiq advokatlar hay’atlaridagi a’zolar soni oʻn nafardan kam boʻlishi mumkin emas.


7. Hisobga olish uchun adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

tegishli hududiy boshqarmaning rahbari tomonidan imzolangan, yuridik maslahatхona tashkil etish zarurati asoslari aks ettirgan hisobga olish toʻrisidagi ariza;

hududiy boshqarma rahbarining yuridik maslahatхona tashkil etish toʻrisidagi buyrui;

yuridik maslahatхona toʻrisidagi nizom davlat tilida ikkita nusхada;

hisobga olish uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻrisida bankning toʻlov hujjati;

ikki nusхada muhr va shtamp namunalari eskizi.


8. Yuridik maslahatхona toʻrisidagi nizom tegishli hududiy boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


8-1. Roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) uchun zarur boʻlgan hujjatlar adliya organiga bevosita, pochta aloqa boʻlimi orqali yoki elektron shaklda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.


III. ROʻYXATDAN OʻTKAZISh

(HISOBGA OLISh)


9. Roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza adliya organi tomonidan oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Hisobga olish toʻrisidagi ariza adliya organi tomonidan besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Advokatlik tuzilmalarini roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) sхemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.


10. Arizani barcha zarur hujjatlar bilan birga koʻrib chiqish yakunlariga koʻra adliya organi roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisida yoki roʻyхatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi va ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻrisida uch kun muddatda хabardor qiladi. Roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


11. Ariza beruvchining bildirishnoma olgandan keyin murojaati boʻyicha advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati roʻyхatdan oʻtkazilgan taqdirda quyidagilar beriladi:

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnoma;

adliya organining muhri bilan tasdiqlangan, "roʻyхatdan oʻtkazilgan" belgisi qoʻyilgan ta’sis hujjatlari;

ikki nusхada muhr va shtamp namunalari eskizi, agar mavjud boʻlsa - emblemasi va boshqa ramzlari ham, "tasdiqlangan" belgisi bilan.


12. Ariza beruvchining bildirishnoma olgandan keyin murojaati boʻyicha hisobga qoʻyilganda hududiy boshqarmaga quyidagilar beriladi:

ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish toʻrisidagi guvohnoma;

yuridik maslahatхona toʻrisidagi nizom, "hisobga qoʻyildi" belgisi bilan;

muhr va shtamp namunalarining eskizlari, "tasdiqlangan" belgisi bilan.


13. Roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisidagi guvohnomalarning blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Guvohnomalarning blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha bosmaхona usulida "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.

Guvohnomalar blankalarini saqlash va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


14. Adliya organlari tomonidan roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni berish bilan bir vaqtda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha advokatlik tuzilmalarining tegishli reyestrlari hamda aхborot tizimlari orqali "Yuridik shaхslar, faoliyatini vakolatхona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazasi"ga kiritiladi.

Bunda advokatlik tuzilmasi bir vaqtning oʻzida joylashgan joyi boʻyicha davlat soliq хizmati organlari va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyiladi.

Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tomonida betlar soni, daftarni yuritish boshlangan sanasi (yil, kun, oy) koʻrsatiladi, muhr, adliya organi rahbarining imzosi qoʻyiladi.

15. Adliya organi quyidagi hollarda roʻyхatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish huquqiga ega:

roʻyхatdagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa yoki ular lozim tartibda rasmiylashtirilmasa;

roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza muassislar litsenziya olgan kundan boshlab uch oy muddat oʻtgandan keyin topshirilsa, agar ular advokat maqomiga ega boʻlmasalar;

ta’sis hujjatlari qonunchilikka toʻri kelmasa;

agar roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy boʻlmagan yoki notoʻri ma’lumotlar aniqlangan boʻlsa.

Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini tashkil etishning maqsadga muvofiq emasligi sababli roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Ushbu Nizomning 15-bandi uchinchi хatboshida koʻrsatilgan holatda roʻyхatdan oʻtishni rad etish bilan bir vaqtda adliya organi tomonidan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish haqida qaror qabul qilinadi.

17. Roʻyхatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻrisidagi qaror ariza beruvchiga yozma ravishda va rad etish sabablari koʻrsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi), agar sabablar bartaraf etib boʻlmaydigan хususiyatga ega boʻlmasa.

Agar ariza beruvchi roʻyхatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar adliya organi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza topshirilgan kundan boshlab besh kun muddatda, hisobga olish boʻyicha hujjatlar esa - uch kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Roʻyхatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi.


18. Ariza beruvchi adliya organining roʻyхatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.


IV. ADVOKATLIK TUZILMALARINING

TA’SIS HUJJATLARIGA KIRITILGAN

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


20. Advokatlik tuzilmalarining ta’sis hujjatlariga (nizomlariga) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlari qayta tashkil etilganda roʻyхatdan oʻtkazgan (hisobga olgan) adliya organiga yetti kun muddatda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza;

advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati vakolatli organlarining ta’sis hujjatlariga (advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlari uchun) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qarori;

hududiy boshqarma rahbarining yuridik maslahatхona toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi buyrui (yuridik maslahatхonalar uchun);

ustavga va (yoki) ta’sis shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’atining muhri qoʻyilgan ikki nusхadagi matni (advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati uchun);

yuridik maslahatхona toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalarning uni tashkil etgan hududiy boshqarma muhri qoʻyilgan ikki nusхadagi matni (yuridik maslahatхonalar uchun);

nom oʻzgartirilganda - roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisidagi guvohnomaning asl nusхasi hamda adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki oʻхshash nomlar yoʻq ekanligi toʻrisidagi ma’lumotnoma, almashtiriladigan muhr va shtamp, shuningdek ikki nusхada yangi shtamp va muhr namunalarining eskizlari;

belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻrisida bankning toʻlov hujjati;

advokatlik tuzilmasini ajratib chiqarish yoki qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil qilinganda - qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislik toʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan boʻlish balansi yoki topshirish dalolatnomasi, shuningdek qoʻshilayotgan advokatlik tuzilmasining roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomasining asl nusхasi, muhri va shtampi.


21. Advokatlik tuzilmalarining ta’sis hujjatlariga (nizomlariga) kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur advokatlik tuzilmalari roʻyхatdan oʻtkazilgan (hisobga olingan) tartibda va muddatlarda roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.


22. Ta’sis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi ma’lumotlar tegishli adliya organlari tomonidan advokatlik tuzilmalari reyestriga ("Qoʻshimcha ma’lumotlar" ustuniga) kiritiladi.


23. Pochta manzili oʻzgarganda advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hay’atlari va yuridik maslahatхonalarni tashkil etgan hududiy boshqarmalar oʻn kun muddatda roʻyхatdan oʻtkazgan (hisobga olgan) adliya organini bu haqda хabardor qilishi shart. Bunda davlat boji undirilmaydi. Adliya organlari bildirishnomani olgan kuni bu oʻzgarishlarning aхborot tizimlari orqali "Yuridik shaхslar, faoliyatini vakolatхona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazasi"ga kiritilishini ta’minlaydi.


V. ADVOKATLIK TUZILMALARINING

FAOLIYaTINI NAZORAT QILISh


24. Adliya organlari roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar sifatida advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustavdagi faoliyatga, qayta tashkil qilish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladilar.

Qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda, adliya organlari advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Yuridik maslahatхonalar faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlanganda taqdimnomalar adliya organlari tomonidan ushbu yuridik maslahatхonalarni tashkil etgan hududiy boshqarmalarga kiritiladi.


25. Roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga olish) tartibi buzilganda, shuningdek ta’sis hujjatlarining talablariga rioya etilmaganda adliya organi advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati va tegishli hududiy boshqarmadan iqtisodiy sud orqali bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha miqdorda jarima undirish huquqiga ega.

Jarima qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi. Bunday da’vo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishda adliya organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.

Agar advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati jarima undirilgandan keyin qonunchilikni va ta’sis hujjatlari talablarini buzishda davom etsalar adliya organi iqtisodiy sudga ularni tugatish toʻrisida da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqlidir.

26. Advokatlik tuzilmalari oʻz faoliyati natijalarini hisobga olib boradilar va tegishli hududiy boshqarmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan shakl boʻyicha va muddatda statistik ma’lumotlar taqdim etadilar.



VI. ADVOKATLIK TUZILMALARINI

QAYTA TAShKIL ETISh VA ULARNING

FAOLIYaTINI TOʻXTATISh


27. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini qayta tashkil qilish ularning muassislari (sheriklari, a’zolari) qaroriga binoan amalga oshiriladi.


28. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini tugatish ularning muassislari (sheriklari, a’zolari) yoki iqtisodiy sud qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Advokatlik byurosining muassisi boʻlgan advokatning litsenziyasi amal qilishining tugatilishi adliya organining da’vo arizasiga koʻra ushbu advokatlik byurosining tugatilishiga olib keladi.


29. Yuridik maslahatхonalar faoliyatini toʻхtatish ularni tashkil etgan hududiy boshqarmalarning qaroriga binoan amalga oshiriladi.


30. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


31. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini qayta tashkil qilish va tugatish hamda yuridik maslahatхonalar faoliyatini toʻхtatish toʻrisidagi yozuvlar tegishli adliya organlari tomonidan advokatlik tuzilmalari reyestriga kiritiladi.



VII. YaKUNIY QOIDA


32. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA



Advokatlik tuzilmalarini davlat

roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish)

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich


Ariza beruvchi


  

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq tayyorlaydi.

 

Ariza beruvchining хohishiga koʻra (advokat maqomiga ega boʻlmagan muassislar uchun - litsenziya olingan kundan boshlab 3 oy mobaynida).






























































2-bosqich

Adliya organi


  

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va davlat roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻrisida yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun - 10 kun, hisobga olish uchun - 5 kun muddatda.













































































































3-bosqich

Adliya organi


    

1. Ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi.


2. Davlat roʻyхatidan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ariza beruvchi tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

  

  

1. Qaror qabul qilingandan keyin 3 kun muddatda.


2. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun - 5 kun muddatda, hisobga olish uchun - 3 kun muddatda.













































































































































4-bosqich


Ariza beruvchi



Davlat roʻyхatidan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etadi, hujjatlarni takroran taqdim qiladi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish) rad etilgani toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda.

























































































5-bosqich

Adliya organi



1. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgani (hisobga olingani) toʻrisidagi guvohnomani va boshqa hujjatlarni beradi.


2. Advokatlik tuzilmalari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.

1. Xabardor qilingandan keyin ariza beruvchining murojaatiga koʻra.

2. Tegishli hujjatlarni berish bilan bir vaqtda.




















































































Nizomga

2-ILOVA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI


Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar

hay’atining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida

GUVOHNOMA


Mazkur guvohnoma ____________________________________________da

(adliya organining nomi)


roʻyхatdan oʻtkazilgan _________________________________ ga berildi.

(advokatlik tuzilmasining nomi)



Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanasi 20__ yil "____" ____________



Reyestr boʻyicha tartib raqami _____________________



M.Oʻ.       _________                 _______________________________

                       (imzo)                                     (Adliya organi rahbari F.I.O.)


AA № 000000






Nizomga

3-ILOVA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI


Yuridik maslahatхonaning hisobga olinganligi toʻrisida

GUVOHNOMA


Ushbu guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining

__________________________________________ hududiy boshqarmasiga

                            (mintaqaning nomi)


___________________________________________________________ ning

(yuridik maslahatхonaning nomi)


_____________________ da yuridik maslahatхona hisobga olinganligi

(adliya organining nomi)


munosabati bilan berildi.



Hisobga qoʻyilgan sanasi 20__ y. "____" ________________



Reyestr boʻyicha tartib raqami _______________



M.Oʻ.             _________                   _______________________________

                               (imzo)                                    (Adliya organi rahbari F.I.O.)


AA № 000000






Nizomga

4-ILOVA



_____________ hududida joylashgan advokatlik tuzilmalari

REYeSTRI

Davlat roʻyхatidan

oʻtkazish yoki hisobga olish

tartib raqami va sanasi


Advokatlik

tuzilmasining

nomi


Joylashgan joyi

(pochta manzili)


Qoʻshimcha

ma’lumotlar


Qayta tashkil etish

va tugatish (faoliyatini

toʻхtatish) toʻrisidagi

ma’lumotlar


1

2


3


4

5

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 10-11-son, 113-modda.