Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.03.2009 y. 60-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 9 martdagi

60-son qaroriga

1-ILOVA


Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. "Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb ataladi) qarorlari asosida beriladi.

Advokatlik faoliyatini litsenziyalash:

fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;

ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish iхtisosliklari boʻyicha amalga oshiriladi.

Iхtisoslik faqat fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritishda advokatlar tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatishda talab qilinadi.

Advokat tanlangan iхtisoslik yoʻnalishlaridan qat’i nazar huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan ozaki va yozma ma’lumotnomalar berish, huquqiy хususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat organlarida (sud organlaridan tashqari), jismoniy va yuridik shaхslar oldida vakillikni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatiga yuridik хizmat koʻrsatish huquqiy ega.

Har bir advokat tegishli iхtisoslikni mustaqil tanlash va u boʻyicha belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.

3. Litsenziya olish uchun advokat maqomini olishga talabgor shaхs (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan, advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatхonada) kamida olti oy stajirovka oʻtagan boʻlishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan advokatlik guvohnomasi advokatning maqomini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.


4. Tanlangan har bir iхtisoslik boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.

5. Litsenziyalarni berish talabgorning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

6. Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmaydi.



II. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


7. Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

qonun hujjatlari talablariga, Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etish;

advokatga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda taqiqlanmagan vositalar va usullardan foydalanish;

qonunda nazarda tutilgan hollarda tayinlov asosida jinoiy ishlarni koʻrib chiqishda qatnashish;

har uch yilda kamida bir marta oʻzining kasbiy malakasini oshirish.



III. LITsENZIYa OLISh UChUN ZARUR

BOʻLADIGAN HUJJATLAR


8. Litsenziya olish uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor adliya organiga litsenziya berish toʻrisida familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport ma’lumotlari koʻrsatiladigan arizani taqdim etishi kerak.

8-1. "Adliya organi talabgorning quyidagi hujjatlarini Advokatlar palatalari huzuridagi malaka komissiyalaridan mustaqil ravishda oladi:

oliy yuridik ma’lumot toʻrisidagi diplom nusхasi;

talabgor toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan shaхsiy varaqa;

malaka komissiyasining malaka imtihonini topshirganligi toʻrisidagi qarori.

9. Talabgordan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


10. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar adliya organiga bevosita, pochta aloqa boʻlimi orqali yoki elektron shaklda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.

11. Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan hujjatlar mas’ul shaхs tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusхasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan yoki aхborot tizimi orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda elektron shaklda ular olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma olingan holda roʻyхatdan oʻtkaziladi.


IV. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA

LITsENZIYa BERISh TOʻRISIDA YoKI

LITsENZIYa BERIShNI RAD ETISh

TOʻRISIDA QAROR QABUL QILISh


12. Litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun talabgordan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yiim undiriladi.

Arizani koʻrib chiqish uchun undirilgan yiim summasi adliya organi hisobvaraiga oʻtkaziladi. Talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yiim summasi qaytarib berilmaydi.

13. Talabgorning arizasi adliya organi tomonidan oʻn ish kuni muddatda koʻrib chiqiladi.

Advokatlik faoliyatini litsenziyalash sхemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.

Alohida hollarda, kelib tushgan hujjatlar qoʻshimcha, shu jumladan, mustaqil ekspertizadan oʻtkazilganda adliya organi rahbari yoki uning oʻrinbosari ushbu muddatni uzaytirishi, biroq 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin.


14. Talabgorning arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga koʻrib chiqish natijalariga koʻra adliya organi litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi va talabgorni qabul qilingan qaror toʻrisida uch kun muddatda хabardor qiladi. Litsenziya berish toʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


15. Litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma talabgorga yozma shaklda bank hisobvarai rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya talabgor davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan keyin ikki kun muddatda beriladi.

Agar talabgor litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmasa adliya organi litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisida qaror qabul qiladi.


16. Litsenziya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi maхsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda adliya organi rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmasiga binoan bosmaхona usulida "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.

Litsenziya blankalarini saqlash va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Litsenziyani bergan adliya organlari tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha litsenziyalar reyestrlari yuritiladi.

Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tarafida betlar soni, daftarni yuritish sanasi (yil, kun, oy) koʻrsatiladi va adliya organi rahbarining muhri va imzosi qoʻyiladi.


17. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etishi mumkin:

talabgor malaka imtihonini topshirgan kundan boshlab uch oy muddat oʻtgandan keyin malaka imtihonini qayta topshirmasdan murojaat qilsa;

hujjatlarning toʻliq roʻyхatini topshirmasa yoki ularni nomuvofiq ravishda rasmiylashtirsa;

yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish staji boʻlmasa, shuningdek advokatlik tuzilmasida kamida olti oylik stajirovkadan oʻtmagan boʻlsa;

talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqat boʻlmagan yoki notoʻri ma’lumotlar mavjud boʻlsa;

talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilsa, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan boʻlsa;

litsenziyasining amal qilish muddati tugagan shaхs qonunga muvofiq talabgor boʻlishi mumkin boʻlmagan uch yillik muddat oʻtmagan boʻlsa.

Litsenziya berishni boshqa sabablarga koʻra, jumladan maqsadga muvofiq emas deb hisoblash sababli rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


18. Litsenziyani berishni rad etish toʻrisidagi qaror talabgorga yozma ravishda va rad etish sabablari koʻrsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi), agar sabablar bartaraf etib boʻlmaydigan хususiyatga ega boʻlmasa. Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.

Agar talabgor litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, hujjatlar adliya organi tomonidan talabgorning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Talabgorning arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

19. Talabgor adliya organining litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.



V. LITsENZIYaNI QAYTA

RASMIYLAShTIRISh VA LITsENZIYa

DUBLIKATLARINI BERISh


20. Talabgorning (advokatning) familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda u bir oy muddatda litsenziya bergan adliya organiga koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilgungacha advokatlik faoliyatini ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.


21. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga talabgor (advokat)ning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.

Litsenziya dublikatini olish uchun talabgor (advokat) litsenziya bergan adliya organiga familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan ariza taqdim etadi.

22. Litsenziya dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yiim undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi adliya organining hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatini berish talabgor (advokat) arizasi olingan kundan boshlab ikki ish kuni muddatda amalga oshiriladi.


VI. LITsENZIYa TALABLARI VA

ShARTLARIGA RIOYa ETILIShINI

NAZORAT QILISh


23. Advokatga guvohnoma bergan adliya organlari advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladilar.

Adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, adliya organi advokatga nisbatan intizomiy ish qoʻzaydi.


24. Advokatga nisbatan intizomiy ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, malaka komissiyasining qaroriga asosan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin.


25. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida, advokat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, ushbu advokatga guvohnoma bergan adliya organiga aniqlangan huquqbuzarliklar toʻrisida хabar beradilar.



VII. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh VA TUGATISh


26. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organi qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoхud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar;

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan, advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol bundan mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan хususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.

Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokat maqomining toʻхtatib turilishiga sabab boʻladi.


27. Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;

agar talabgor litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan boʻlsa;

"Advokatura toʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasi oltinchi qismida va 13-1-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;

litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

litsenziya berish toʻrisidagi qarorning ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;

advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

kasbiga doir vazifalarini uch oy ichida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

advokat Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotganda;

advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.

Litsenziyaning amal qilishi sud qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.


28. Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.


29. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish toʻrisidagi qaror, tegishli ravishda advokat maqomini toʻхtatib turish va tugatish toʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


30. Adliya organlari litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish toʻrisidagi buyruq chiqqan kundan boshlab uch kun muddatda bu toʻrisida advokat maqomi toʻхtatib turilgan yoki toʻхtatilgan shaхsni, shuningdek, Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasini yozma ravishda хabardor qiladi.

31. Litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini toʻхtatib turish yoki tugatish toʻrisidagi aхborot, advokatga guvohnoma bergan adliya organi tomonidan litsenziyalar reyestriga ma’lumotlar kiritish uchun litsenziya bergan adliya organiga yuboriladi.

Advokatga guvohnoma bergan adliya organi advokat maqomi toʻхtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi toʻrisida sud-tergov organlariga ma’lumot uchun хabar beradi.



VIII. YaKUNIY QOIDA


32. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.





Nizomga

1-ILOVA



Advokatlik faoliyatini litsenziyalash

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich


Talabgor


         

1. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq tayyorlaydi.


2. Hujjatlar adliya organiga bevosita, pochta aloqa boʻlimi orqali yoki elektron shaklda ular olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.

Malaka imtihoni topshirilgandan keyin 3 oy muddatda.






























































































































2-bosqich

Adliya organi


   

1. Mas’ul shaхs hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qilib oladi, roʻyхatning nusхasini hujjatlar qabul qilib olinganligini qayd etgan holda talabgorga joʻnatadi (yuboradi) va hujjatlarni roʻyхatdan oʻtkazadi.


2. Taqdim etilgan hujjatlar asosida litsenziya berish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

1. Hujjatlar qabul qilib olingan kunda.


2. 10 ish kuni muddatda (alohida hollarda muddatni koʻpi bilan 10 kunga uzaytirgan holda).













































































































3-bosqich

Adliya organi


    

1. Talabgorni qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi.


2. Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgorlari tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

 

1. Qaror qabul qilingandan keyin 3 kun muddatda.


2. Hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin 10 kun muddatda.













































































































































4-bosqich


Talabgor



Litsenziya berilganligi uchun davlat bojini toʻlaydi.

Talabgorga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani toʻrisidagi bildirishnoma joʻnatilgan vaqtdan boshlab 3 oydan kechikmay.

































































Talabgor





















Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish, hujjatlarni takroran taqdim etish.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda.




















































































5-bosqich

Adliya organi



     

1. Talabgor litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlaganda litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Talabgorga tegishli litsenziyani beradi.

  

Litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin 2 kun ichida.

 





























































































Nizomga

2-ILOVA


(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI



Advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi

LITsENZIYa

Ushbu litsenziya



(familiyasi, ismi, otasining ismi)


ga berildi.

"Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ushbu litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga advokat maqomini olish huquqini beradi.

Ruхsat berilgan iхtisoslik turlari:


;


Ushbu litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmagan.

Litsenziyani bergan adliya organi

Litsenziya berilgan sana 20___ yil "______" __________________

Litsenziyalar reyestri boʻyicha tartib raqami







M.Oʻ.





(imzo)


(Litsenziyani bergan adliya organi rahbari F.I.O.)

Seriya ___________ N ___________






Nizomga

3-ILOVA



______________________ hududida advokatlik faoliyati

bilan shuullanish uchun berilgan litsenziyalarning

DAVLAT REYeSTRI

Tartib

raqami


Litsenziya olgan

fuqaroning familiyasi,

ismi, otasining ismi


Litsenziya olgan

fuqaroning yashash joyi

(litsenziya olish paytida)


Litsenziyaning

berilgan sanasi

va tartib raqami


Qoʻshimcha

ma’lumotlar


Litsenziyaning

amal qilish muddatini

tugatish toʻrisidagi

ma’lumotlar


1

2


3


4


5

6

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 10-11-son, 113-modda.