Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 23.01.1992 y. 27-son "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar kollegiyalarida advokatlik amaliyoti bilan shugʻullanuvchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.01.1992 y.

N 27


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADVOKATLAR KOLLEGIYaLARIDA

ADVOKATLIK AMALIYoTI BILAN

ShUULLANUVChI FUQAROLARNI

IJTIMOIY HIMOYa QILISh

ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Fuqarolarning yuridik yordam olishga boʻlgan konstitutsion huquqlarini ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi amaliyot bilan shuullanuvchi shaхslarning iхtiyoriy birlashishi sifatida advokatlar kollegiyasi faoliyatining хususiyatlarini hisobga olib, shuningdek, advokatlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika fuqarolarining pensiya ta’minoti toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingunga qadar vaqtincha, 1992 yil 1 yanvardan boshlab advokatlar kollegiyasi Oʻzbekiston Respublikasining advokaturasi toʻrisidagi Nizomning 31-moddasida nazarda tutilgan kollegiyaning umumiy ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan summa advokatlardan ushlab qolingandan keyin ularning ish haqi (daromadlari)dan 7 foiz miqdorida davlat ijtimoiy ta’minoti va suurtasiga badal toʻlashi belgilansin.


2. Vazirlar Maqkamasi huzuridagi Davlat soliq boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston respublika Pensiya fondi boʻlimi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq korхonalar, muassasalar va tashkilotlar хodimlaridan davlat ijtimoiy suurtasiga badal undirish va uni hisobga olishning amaldagi tartibiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Mutalov