Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.07.2006 y. PQ-398-son "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

03.07.2006 y.

N PQ-398



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGINING TUZILMASINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasini iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari eng muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish monitoringini muvofiqlashtirish sohasida uning zimmasiga yuklangan qoʻshimcha vazifalar va funksiyalarga muvofiq takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining cheklangan soni 165 shtat birligidan iborat boʻlgan markaziy apparati (хizmat koʻrsatish хodimlaridan tashqari) tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi oʻzgarganligini e’tiborga olgan holda uning faoliyatini joriy ta’minlashga davlat byudjeti mablalari hisobidan zarur sarf-хarajatlarni nazarda tutsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2005 yil 8 avgustdagi PQ-148-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 27-son, 249-modda.