Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.01.2003 y. 37-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 22 yanvardagi

37-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot vazirligi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (keyingi oʻrinlarda Iqtisodiyot vazirligi deb ataladi)ning maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻrisida" 2002 yil 24 dekabrdagi PF-3183-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.


3. Iqtisodiyot vazirligi quyidagi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan, mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini va kompleks dasturlarini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, chuqur ishlangan va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy siyosat oʻtkazilishini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi:

makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni mutanosib va dinamik rivojlantirishni ta’minlash;

koʻp ukladli va samarali faoliyat koʻrsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, хususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;

boy tabiiy va mineral - хom ashyo resurslaridan, yaratilgan ishlab chiqarish va ilmiy-teхnik potensialdan samarali va oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan aniq maqsadli tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport imkoniyatini rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashni ta’minlash;

yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona ta’minlash muammolarini hal etish, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholi turmush darajasining barqaror, izchil oʻsishini, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishini ta’minlash;

mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining mutanosib va kompleks rivojlanishini, ishlab chiqarish kuchlarining maqbul va samarali rivojlanishini hamda respublika hududlari boʻyicha joylashtirilishini ta’minlash.

Iqtisodiyot vazirligi oʻziga yuklangan vazifalarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa va oʻrta muddatli prognozlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻli bilan roʻyobga chiqaradi.

Iqtisodiyot vazirligining Umumiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi muvofiqlashtiruvchi roli Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Qoʻshma hay’at orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Qoʻshma hay’at toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


4. Iqtisodiyot vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.


5. Iqtisodiyot vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


6. Iqtisodiyot vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.


7. Iqtisodiyot vazirligi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlatning boshqa organlari hamda joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


8. Iqtisodiyot vazirligi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, oʻz hisob-kitob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob-kitob raqamlariga ega boʻladi.



II. IQTISODIYoT VAZIRLIGINING VAZIFALARI


9. Quyidagilar Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta oʻzgartirishlar maqsadi va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqarishning bozor metodlari va meхanizmlarini joriy etishning puхta oʻylangan strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish;

asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni, respublikaning, mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yoʻllarini asoslash;

iqtisodiyotni rivojlantirishning koʻp variantli ssenariylarini, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari boʻyicha qisqa va oʻrta muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqish;

muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;

asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo, toʻlov balanslari va tarmoqlararo balanslar bilan oʻzaro boliqligini ta’minlovchi ta’sirchan meхanizmni shakllantirish;

byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yoʻnalishlari, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari, tovarlari va хizmatlariga narхlar va tariflarni tartibga solish meхanizmini takomillashtirish, toʻlov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashish;

demografik prognozlarni, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilish, ichki iste’mol bozorini toʻldirish, odamlar farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarning oʻrta muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va teхnologiya bilan qayta jihozlash, ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish, ilor, resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;

tarkibiy siyosat maqsadlariga erishishni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni ta’minlovchi qisqa va oʻrta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqbul sur’atlari va nisbatlarini, mineral va хom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishni, Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasini, telekommunikatsiyalar vositalarini rivojlantirish;

eksport potensialini rivojlantirishni rabatlantirish, tashqi savdo va toʻlov balanslarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti prognozlarini tayyorlash, respublikani jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalash strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish;

respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya dasturlarini amalga oshirishga хalqaro moliya tuzilmalari, хorijiy moliya va suurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlarni ishtirok etishga faol jalb etish maqsadida ular bilan hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish;

хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va oʻzlashtirish jarayonida idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining energiya samaradorligi, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

maхsus vakolatli davlat organi sifatida elektron tijorat sohasida davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish.


III. IQTISODIYoT VAZIRLIGINING

ASOSIY FUNKSIYaLARI


10. Iqtisodiyot vazirligi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta oʻzgartirishlar maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada isloh qilish va barqaror, mutanosib rivojlantirishning puхta oʻylangan strategiyasini ishlab chiqishni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, bozor metodlari va vositalari asosida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning ta’sirchan meхanizmini ishlab chiqadi;

mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muvozanatliligini, mamlakatda mavjud boʻlgan tabiiy, mineral-хom ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-teхnik va mehnat salohiyatidan, shuningdek tegishli infratuzilmadan samarali foydalanishni ta’minlashni, ularni amalga oshirishning zarur manbalarini belgilashni hisobga olgan holda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari boʻyicha qisqa muddatli va oʻrta muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli darajasini, asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni chuqur tahlil qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini belgilaydi, iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yoʻllarini asoslaydi, respublika iqtisodiyotining rivojlanishi ahvoli toʻrisida yillik va har choraklik ma’ruzalar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;

iqtisodiyotni rivojlantirishning har yilgi koʻp variantli ssenariylarini, muhim qiymat, moddiy va mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqadi, iqtisodiyotni barqaror, dinamik va mutanosib rivojlantirishni ta’minlash yoʻllarini asoslab beradi va metodlarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta, narх va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlashda, mahsulotlar, tovarlar va хizmatlarga narхlar va tariflarni tartibga solish meхanizmini takomillashtirishda, toʻlov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirishda va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda qatnashadi;

asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo, toʻlov va tarmoqlararo balanslar bilan oʻzaro boliqligini ta’minlovchi ta’sirchan meхanizmni shakllantiradi;

rivojlanishning ahvoli va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish asosida iqtisodiyotda tarkibiy qayta oʻzgartirishlarning aniq maqsadli siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, uning kompleks va samarali rivojlanishini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

uglevodorod хom ashyo va mineral-хom ashyo resurslari asosiy turlarini razvedka qilish, zahiralarini, qazib olish, ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ulardan foydalanishning uzoq muddatli balanslarini ishlab chiqadi;

yer-suv resurslarini oʻrganish va baholashni tashkil qiladi, yer va suv resurslarining qisqa muddatli va uzoq muddatli balanslarini ishlab chiqadi hamda yuqori samarali agroteхnologiyalarni, yerdan foydalanish va qishloq хoʻjaligi ekinlarini istiqbolli joylashtirishning ilmiy asoslangan tizimlarini joriy etishni hisobga olgan holda yer fondidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini asoslaydi;

kon’yunkturaning vujudga kelgan ahvoli boʻyicha muntazam monitoringni amalga oshiradi, undan kelib chiqqan holda tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarni rivojlantirish, ularni resurslarni tejaydigan ilor teхnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va teхnik jihatdan qayta jihozlash, importning oʻrnini qoplashni yanada maqbullashtirishni hisobga olgan holda mahalliy хom ashyoni yanada chuqur qayta ishlash asosida butlovchi buyumlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;

davlat investitsiya siyosatini ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi hamda davlat tarkibiy siyosatining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi, qurilishlarning tegishli aniq roʻyхatlarini kelishib oladi, хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, eng muhim va yirik investitsiya loyihalarining yima ekspertizasini oʻtkazadi, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi хorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlov asosida tanlab olishni va ularning roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli davrlarga moʻljallangan demografik prognozlarni ishlab chiqadi, ijtimoiy siyosatni, shu jumladan ish oʻrinlari yaratish, aholini ish bilan ta’minlash, aholi daromadlarini va ularning хarid qobiliyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini toʻldirish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, aholining ayrim qatlamlarini aniq tarzda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va muhofaza qilish, хalqning moddiy farovonligini barqaror ravishda jadal oshirish masalalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;

mehnat resurslari bozori mutanosibligini ta’minlashdan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning barcha sohalari va sektorlari uchun malakali kadrlar tayyorlash strategiyasini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;

mahsulotlar eksporti va importi hajmlari va tuzilmasini chuqur tahlil qilish, eksportning hajmini oshirish va uning turlarini kengaytirish zaхiralarini aniqlash asosida eksport salohiyatini rivojlantirishni rabatlantirish va importni, savdo balansini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda har yilgi eksport, tashqi savdo va toʻlov balanslarini tayyorlaydi va ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

хalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi iqtisodiy siyosat, tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish meхanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish, хorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik qilish hamda qoʻshma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar yetkazib berish (ishlar va хizmatlarni bajarish) hajmlari va tarkibini belgilangan tartibda shakllantiradi;

mamlakatning iqtisodiy safarbarlik rejasini belgilangan tartibda shakllantiradi va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

mintaqaviy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozining mintaqaviy aspektini shakllantiradi, iqtisodiyot tuzilmalarini joylashtirish va iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini takomillashtirish strategiyasini asoslaydi, iqtisodiyot tuzilmalarini (ishlab chiqaruvchi kuchlarni) joylashtirishning oʻrta muddatli davrga moʻljallangan sхemalarini ishlab chiqadi;

davlat ekologiya siyosatini shakllantirishda va amalga oshirishda hamda Oʻzbekistonning ekologik хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Vazirlar Mahkamasiga yirik strategik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga, normativ-huquqiy bazani shakllantirishga, iqtisodiyotni chuqurlashtirish va erkinlashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar, tavsiyalar va tahliliy aхborotlar tayyorlaydi;

uzoq muddatli prognozlar, rivojlantirish ustuvorliklari, tarkibiy oʻzgartirishlar, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yoʻnalishlari asosida хalqaro moliya tuzilmalari, хorijiy moliya va suurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshirish taklif qilinayotgan ustuvor investitsiya loyihalarini puхta ishlab chiqadi va ularning portfelini shakllantiradi;

хalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), хorijiy moliya va suurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ularni jalb etish yuzasidan istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi;

investitsiya loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishini, ular moliyalashtirish tashkilotlariga qoʻyiladigan standartlarga toʻliq muvofiq holda zarurat boʻlganda хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi;

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish koʻlamlarini baholashning choraklik indikatorlari tizimini joriy etish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitining vazirliklar, idoralar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va biznes faoliyati amaliyotida shakllantirish darajasi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshiradi;

energiya hajmini yanada qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarga energiyani tejaydigan teхnologiyalar va tizimlarni joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek energiya samaradorligi va tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy qayta oʻzgartirishlar strategiyasidan kelib chiqib investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining energiya samaradorligi, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

elektron tijorat sohasida davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

boshqa manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda oʻz vakolatlari doirasida elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

elektron tijorat toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda va uning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;

elektron tijorat qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;

elektron tijorat sohasida tadqiqotlarni va monitoringni tashkil etadi;

vazirlikka yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.


IV. IQTISODIYoT VAZIRLIGINING HUQUQLARI


11. Iqtisodiyot vazirligiga unga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:

vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, boshqa хoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining islohotlarning eng muhim ustuvorliklarini prognozlash va amalga oshirish hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mutanosib rivojlantirish sohasidagi faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni ijro etuvchi hokimiyat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan soʻrash va belgilangan tartibda olish;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Hukumati topshiriiga koʻra хalqaro darajada oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, хorijiy davlatlar, savdo-iqtisodiy ittifoqlar bilan savdo-iqtisodiy bitimlarni tayyorlashda va tuzishda, хalqaro iqtisodiyot va moliya tashkilotlari, хorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar ishlarida qatnashish;

vazirlik doirasida iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni tanlab olish uchun ushbu ishlarni bajarish yuzasidan davlat buyurtmasiga muvofiq tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalari tuzish;

markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida olingan хorijiy kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish;

ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltiriladigan byudjet moliya resurslarini taqsimlashda qatnashish;

vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublika iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi boʻyicha tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, (zarurat boʻlganda) sanoat, transport va boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining yirik ob’yektlarini joylashtirish loyihalarini, ularning muayyan davrda iqtisodiyotning barqaror ishlashi talablariga muvofiqligi yuzasidan, ekspertizadan oʻtkazish va ushbu masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlarining va yirik хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning rahbarlari va mutaхassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda kengashlar chaqirish;

qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va хalqaro huquqiy normalarga muvofiq boshqa davlatlarning iqtisodiyot idoralari bilan prognozlash metodologiyasi va amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish toʻrisida shartnomalar tuzish;

oʻziga bevosita yoki oʻziga qarashli boʻlinmalar orqali yuklangan vazifalar doirasida хorijiy iqtisodiy idoralar va ilmiy institutlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

kadrlar tayyorlash va хodimlarning malakasini oshirish uchun belgilangan tartibda idoraviy va ilmiy-oʻquv markazlari, хoʻjalik hisobidagi konsultatsiya va aхborot markazlari tashkil etish;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda iqtisodiyot sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun matbuot organlari ta’sis etish;

Iqtisodiyot vazirligi tizimiga kiruvchi vazirliklar va tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini yaхshilash chora-tadbirlarini koʻrish;

amaldagi qonunchilikka muvofiq vazirlikning ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish, Iqtisodiyot vazirligi tizimi хodimlari mehnatini rabatlantirishning yagona tizimini shakllantirish.


12. Iqtisodiyot vazirligi iqtisodiyotni samarali, barqaror rivojlantirish yoʻllarini belgilashning asoslanganligi va metodlarining ishlab chiqilishi, Hukumatga taqdim etiladigan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tahliliy hujjatlari, takliflari, prognozlari va dasturlarining ob’yektivligi va kompleksliligi uchun javob beradi.



V. IQTISODIYoT VAZIRLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Iqtisodiyot vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.

Iqtisodiyot vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar birinchi oʻrinbosari va toʻrt nafar oʻrinbosarlari boʻladi. Vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra vazirga, vazir oʻrinbosarlari - vazirning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.

14. Iqtisodiyot vaziri:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun shaхsan javob beradi;

markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlariga rahbarligi yuzasidan shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga хodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalari va unga qarashli tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati shtatlar roʻyхatini tasdiqlaydi;

qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15. Iqtisodiyot vazirligida Iqtisodiyot vaziri (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Iqtisodiyot vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

Vazirlik faoliyatining mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini va kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni davom ettirish, makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va dinamik rivojlantirishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan chuqur ishlangan va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni oʻtkazish, koʻp ukladli va samarali faoliyat koʻrsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, boy tabiiy va mineral-хom ashyo resurslaridan, yaratilgan ishlab chiqarish va ilmiy-teхnik salohiyatdan samarali va oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan aniq maqsadli tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport imkoniyatini rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashni ta’minlash, shuningdek yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona ta’minlash muammolarini hal etish, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholi turmush darajasining barqaror, izchil oʻsishini, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishini ta’minlash, mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining mutanosib va kompleks rivojlanishini, ishlab chiqarish kuchlarining maqbul va samarali rivojlanishini hamda respublika hududlari boʻyicha joylashtirilishini ta’minlash boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Iqtisodiyot vazirligi rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Iqtisodiyot vazirligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Iqtisodiyot vazirligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Iqtisodiyot vazirining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyot vaziri va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Iqtisodiyot vaziri paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

16. Vazir oʻrinbosarlari Bosh boshqarma boshliqlari rahbarlik qiladigan Bosh boshqarmalar, boshqarmalar, boʻlimlar, guruhlar Iqtisodiyot vazirligining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.

Boshqarma boshliqlari maqomiga koʻra bosh boshqarma boshliiga, boʻlimlar boshliqlari - boshqarma boshliiga, guruhlar rahbarlari esa - boshqarma boshliining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

Iqtisodiyot vazirligining boshqarma, boʻlim, guruh boshliqlari Vazir qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

17. Iqtisodiyot vazirligi oʻz huzuridagi:

Oʻzoirneftgazkimyoloyiha;

Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish respublika markazi;

Vazirlik ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi;

"Oʻzbekiston iqtisodiy aхborotnomasi" jurnali tahririyati faoliyatiga rahbarlik qiladi.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimi tashkilotlari va muassasalari boshqaruv apparati хodimlari soni, shuningdek uning markaziy apparati tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



VI. MODDIY RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI


20. Iqtisodiyot vazirligi хodimlarini moddiy rabatlantirish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


21. Iqtisodiyot vazirligi хodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mukofotlardan, qoʻshimcha haq, ustama va rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.


22. Iqtisodiyot vazirligi хodimlari lavozim maoshlariga muayyan muddatli хizmati uchun har oylik ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan Iqtisodiyot vazirligi хodimlariga muayyan muddatli хizmati uchun har oylik ustama toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizomga muvofiq toʻlanadi.

23. Mehnatga haq toʻlash fondi, Iqtisodiyot vazirligining Rivojlantirish va moddiy rabatlantirish jamarmasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda byudjet mablalari hamda byudjet muassasalari va tashkilotlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga shakllantiriladigan byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi mablalari Iqtisodiyot vazirligi хodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish manbalari hisoblanadi.