Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.1992 y. PF-339-son "Oʻzbekiston Respublikasida moliya organlarini boshqarish tashkiliy tuzilmasini va narх belgilash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

11.02.1992 y.

N PF-339



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYa

ORGANLARINI BOShQARISh TAShKILIY

TUZILMASINI VA NARX BELGILASh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Kelishilgan yagona moliya, soliq va narх siyosatini amalga oshirish, respublika iqtisodiyotining moliyaviy solomlashuvini ta’minlash, bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida narх-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari ahamiyatini kuchaytirish maqsadida:


1. Respublika hududida narхlarga doir davlat siyosatini oʻtkazish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligiga topshirilib, uning apparati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narхlar komitetining apparati bilan birlashtirilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Farmonning 1-bandi talablariga muvofiq hududiy boʻlinmalar va narх boʻlimlari markaziy apparatini moliya organlari bilan birlashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishlari zarur.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga:

respublika hududida yagona moliya, soliq va narх siyosatini shakllantirish hamda oʻtkazish, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholini ijtimoiy muhofaza qilishning barqaror moliyaviy negizini vujudga keltirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;

moliyani va narх belgilashni boshqarish tizimini takomillashtirishga, qimmatbaho qoozlar bozorini vujudga keltirishga, davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy jihatlariga oid takliflarni ishlab chiqish;

valyuta-moliya siyosatining asosiy qoidalarini, respublikaning valyuta boyliklarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanishga doir taklifni ishlab chiqish;

uzoq muddatli moliyaviy me’yorlar va normativlar asosida respublika byudjetini tuzish va ijro etish, yima moliyaviy balansni ishlab chiqish;

narхlar va tariflarni iqtisodiy jihatdan tartibga solish choralarini amalga oshirish, ularni erkinlashtirish yoʻlini izchillik bilan oʻtkazish vazifasi yuklansin.


4. SSSR Davlat narхlar komitetiga qarashli narх belgilash ilmiy-tadqiqot institutining Oʻrta Osiyo boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligiga boʻysundirilib, u Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya va narх ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilmasi toʻrisida qaror qabul qilishi va vazirlik haqidagi Nizomni tasdiqlashi zarur.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov