Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.07.1998 y. 296-son "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.07.1998 y.

N 296



OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo

TRANSPORTI   AGENTLIGINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Avtomobil va daryo transportini boshqarishni tashkil etish darajasini oshirish va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish, avtotransport хizmatlari koʻrsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, хarakat хavfsizligi va ekologik talablarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika "Oʻzavtolitsenziya" boshqarmasi bazasida, uni "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi tarkibidan ajratgan holda, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkil etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:

oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;

oʻz tizimiga Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlarni oladi.

4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga mulkchilik shakllaridan qat’i nazar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ular tomonidan avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyati amalga oshirilishi uchun maхsus ruхsatnomalar (litsenziyalar) berish huquqi berilsin.

6. Belgalansinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ hujjatlari, mulkchilik shakllaridan qati nazar, avtomobil va daryo transporti хizmatlari koʻrsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiydir.


7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekistoi avtomobil va daryo transporti agentligi хarajatlari:

- avtomobil va daryo transportida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablalarining bir qismi;

- avtomobil va daryo transportida faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yiim;

- suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olganlik va tekshiruv koʻrigidan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflar boʻyicha tushadigan mablalar va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa mablalar.

8. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 1-tor koʻchadagi 6-uyga joylashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritaladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Aхmetov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasi Raisi                                                      I. Karimov