Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2001 y. 107-son "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.03.2001 y.

N 107



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGI

TOʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


"Terrorizmga qarshi kurash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻrisidagi Nizomga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


4-bandning oltinchi хat boshi "shuningdek, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa ob’yektlarning barqaror ishlashini, terrorchilik harakatlari oqibatlarining tugatilishini" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


6-bandning ikkinchi хat boshi "halokatlar" soʻzidan soʻng "terrorchilik harakatlari" soʻzlari qoʻshilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlar toʻplami" 2001 y., 5-son