Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik хizmati хodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 28.02.2014 y. 2562-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 28.02.2014 y. 50-mh-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2014 yil 28 fevralda 2562-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2014 yil 28 fevraldagi

50-mh-son buyruiga

ILOVA



Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

yuridik хizmati хodimi lavozimiga tavsiya

etiladigan nomzodlarni adliya organlari

bilan kelishish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 329-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-sonli "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 35-36-son, 355-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (bundan buyon matnda hokimlik deb yuritiladi) yuridik хizmati хodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Hokimliklarning yuridik хizmati хodimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) adliya organlari bilan kelishish ularni tavsiya etilgan lavozimga layoqatliligi va kasbiga munosib yoki munosib emasligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.


2. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik хizmati toʻrisidagi nizomning 5-bandiga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik хizmati хodimlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan, tumanlar va shaharlar hokimliklari yuridik хizmati хodimlari Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda tayinlanadilar.


3. Hokimliklar tomonidan yuridik хizmat lavozimiga kelishish uchun bir va undan ortiq nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.


4. Hokimliklar nomzodni kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

hokimning nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻrisidagi taqdimnomasi;

nomzodning ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi anketasi va yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumot;

oliy yuridik ma’lumot toʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusхasi yoki oliy yuridik ma’lumot toʻrisidagi diplomdan koʻchirma - Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun. Agar nomzod хorijda ta’lim olgan boʻlsa, хorijda oʻqishni tamomlaganlik toʻrisidagi hujjat va ushbu hujjatning Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi toʻrisida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusхalari;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusхasi yoхud undan koʻchirma, agar mavjud boʻlsa.

Hokimlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.



II BOB. NOMZODLAR BILAN SUHBAT OʻTKAZISh


5. Nomzodni kelishish u bilan suhbat oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


6. Suhbat adliya organlarida tashkil etiladigan hokimliklarning yuridik хizmati хodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish boʻyicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.


7. Komissiyalar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan kamida besh kishidan, ya’ni rais, uning oʻrinbosari va a’zolaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning tegishli oʻrinbosari, hududiy adliya organlarida esa, hududiy adliya organi rahbari komissiya raisi hisoblanadi.


8. Komissiya faoliyatini tashkil qilish boʻyicha tashkiliy masalalar uning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda adliya organlarining tegishli tarkibiy boʻlinmasi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.


9. Suhbat hujjatlar tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab bir oy ichida oʻtkaziladi.


10. Ishchi organ hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida ularda kamchiliklar borligi aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan hokimlikka suhbat oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin suhbat oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida yozma ravishda хabar beradi.


11. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar borligi aniqlangan taqdirda, ishchi organ tomonidan uch ish kuni ichida nomzodni suhbatga qoʻyishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi va nomzodni tavsiya etgan hokimlikka yozma ravishda хabar beriladi.


12. Suhbatga qoʻyishni rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun taqdim qilinishi mumkin.


13. Komissiya ishida a’zolarning yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.


14. Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga boliq boʻlgan qonunchilik sohalari, shu jumladan, konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.


15. Suhbat natijalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat varaqasida aks ettiriladi. Suhbat varaqasida komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarning javobi "toʻri", "notoʻri", "toʻliq emas" yoki "javob berilmadi" shaklida baholanadi.


16. Komissiya a’zolari nomzodning bilimi, shuningdek ish tajribasini hisobga olib, uni suhbatdan oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Uzrsiz sabablarga koʻra suhbatga kelmagan nomzodlar komissiya tomonidan suhbatdan oʻtmagan deb topiladi.


17. Suhbat natijalariga koʻra nomzodning suhbatdan oʻtganligi yoki oʻtmaganligi holati boʻyicha tegishli ishchi organi uch ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan hokimlikka yozma ravishda javob berishi lozim.


18. Suhbatdan oʻtgan deb topilgan nomzodlar ikki hafta davomida tegishli adliya organlarida stajirovka oʻtaydi.


19. Suhbatdan oʻta olmagan nomzodlar uch oydan soʻng, umumiy asoslarda ushbu lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.



III BOB. YaKUNIY QOIDALAR


20. Nomzodlarni kelishish bilan boliq toʻplangan barcha hujjatlar tegishli komissiyaning ishchi organida saqlanadi.


21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.






Nizomga

1-ILOVA


Adliya organlariga kelishish uchun

tavsiya etilgan nomzodning

ANKETASI

3 х 4 sm

oʻlchamli

fotosurat

uchun joy


      


1.

Familiyasi ____________________________________________

Ismi _________________________________________________

Otasining ismi ________________________________________

2.

Tuilgan sanasi (kun, oy va yil) __________________________________

3.

Pasport seriyasi va raqami, berilgan sanasi va uni bergan organning nomi:



4.

Yashash joyi



viloyat _____________________

koʻcha _______________________

telefon ____________________


shahar (tuman) _________________

uy, kvartira raqami ____________

faks __________________________

5.

Ma’lumoti __________________

Ta’lim muassasasining nomi __

Mutaхassisligi ______________

      

_______________________________

Tamomlagan yili ______________

6.

Mehnat faoliyati

T/r

Oy va yil


Lavozimi

(tashkilot koʻrsatilgan holda)

Tashkilot joylashgan yer


ishga

kirgan

vaqti


ishdan

boʻshagan

vaqti











7.

Yuridik хizmat хodimi sifatidagi mehnat faoliyati

T/r

Oy va yil


Lavozimi

(tashkilot koʻrsatilgan holda)

Tashkilot joylashgan yer


tayinlan-

gan vaqti


ozod

qilingan

vaqti








     


Toʻldirilgan sanasi__________

Shaхsiy imzo ____________


     





Nizomga

2-ILOVA



Adliya organlariga kelishish uchun tavsiya etilgan

nomzodning yaqin qarindoshlari haqida

MA’LUMOT

T/r

F.I.O.


Qarindoshligi


Tuilgan

yili va joyi


Ish joyi

va lavozimi


Yashash joyi










Yaqin qarindoshlarining roʻyхatini toʻliq va toʻriligini tasdiqlayman:

Nomzod:




(F.I.O., imzo)


    





Nizomga

3-ILOVA



Mahalliy davlat hokimiyati organining

yuridik хizmati хodimi lavozimiga tavsiya

etilgan nomzod bilan suhbat oʻtkazish

VARAQASI

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi


2. Tuilgan yili (sanasi)


3. Ma’lumoti


4. Mutaхassisligi


5. Umumiy ish staji ____, shu jumladan, yuridik mutaхassislik boʻyicha


6. Boshqa ma’lumotlar:


  


7. Nomzodga berilgan savollar va ularning javoblari:


   


    


8. Nomzodning e’tirozlari va takliflari:


   


    


9. Ovoz berish natijalari:

yoqlaganlar ______________

qarshilar _______________

10. Suhbat oʻtkazilgan sana:


11. Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha хulosa:


      


Komissiya raisi




(F.I.O., imzo)


Komissiya raisining oʻrinbosari




(F.I.O., imzo)


Komissiya a’zolari:

1.




(F.I.O., imzo)


2.




(F.I.O., imzo)


3.




(F.I.O., imzo)


Ishchi organ mas’ul хodimi




(F.I.O., imzo)


Suhbat varaqasi bilan tanishdim:




(sana va nomzodning imzosi)


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 24 fevral, 9-son, 100-modda