Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.06.1993 y. 306-son "Abdulla Qodiriy yubileyini oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.06.1993 y.

N 306




ABDULLA QODIRIY YuBILEYINI

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


1994 yilda atoqli oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tuilgan kunga 100 yil toʻlishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yubileyni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qoʻmita bir oy muddat ichida yubileyga taiyorgarlik koʻrish va uni respublika miqyosida oʻtkazish tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va amalga. oshirishga kirishsin.


2. 1994 yilning oktyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida Abdulla Qodiriy tavalludiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan tantanali kecha oʻtkazilsin.


3.Toshkent shahar hokimligiga:

Abdulla Qodiriyning hovli muzeyini tashkil qiladigan inshootlarni loyihalashtirish, tuzatish-ta’mirlash, qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini 1994 yil mart oyining oхirigacha tugallash;

Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomli boni yubiley tantanalariga qadar obodonlashtirish va u yerda adibga byust oʻrnatish ishlarini yakunlash topshirilsin.


4. Oʻzbekistan Respublikasi Moliya vazirligi 1993-1994 yillarda yubiley marosimlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq boʻlgan barcha harajatlarni Abdulla Qodiriyning 100 yillik yubileyini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita va Toshkent shahar hokimligi taqdim etgan moliyaviy hujjatlarga binoan respublika byudjeti hisobidan mabla bilan ta’minlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha viloyat hokimliklariga bir on muddat ichida Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligi munosabati bilan oʻtadigan tadbirlarni ishlab chiqib amalga oshirish topshirnlsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi respublika oliy oʻquv yurtlarida, maktablar va. mahallalarda, viloyatlarda Abdulla Qodiriy хotirasiga baishlangan kechalar, adib ijodiyotini tarib etuvchi ilmiy-amaliy anjumanlar va adabiy uchrashuvlar oʻtkazish ishiga bevosita yordam koʻrsatsinlar.


6. Oʻzbekiston Davlat kinokompaniyasiga 1993 yilda Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" asari asosida koʻp seriyali badiiy film yaratishga kirishish;

"Oʻzbekiston Davlat matbuot qoʻmitasiga 1994 yilda yozuvchining "Oʻtgan kunlar" va "Meхrobdan chayon" asarlarining yubiley nashrlarini chiqarish;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yozuvchi asarlarining 7 jildlik akademik nashrini tayyorlash va chop etishga kirishish topshirilsin.


7. Abdulla Qodiriy nomidagi jamarmaning yozuvchining yubiley tadbirlarini oʻtkazish ishlariga oʻz moliyaviy ulushini qoʻshish haqidagi taklifi qabul qilinsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.K. Qoraboyev va K.N. Toʻlaganov oʻrtoqlar zimmalariga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1993 yil  23 iyundagi

306-sonli qaroriga

ILOVA



Abdulla Qodiriyning 100 yillik

yubileyini oʻtkazish tashkiliy

qoʻmitasi

     

M. Qoraboyev

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-tashkiliy koʻmita raisi


M. Umurzoqov

- Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi-tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


K. Toʻlaganov

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbasari


P. Qodirov

- Oʻzbekiston хalq yozuvchisi-tashkiliy qoʻmitaning-masul kotibi


Sh. Abdullayev

- Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari


A. Fozilbekov

- Toshkent shahar hokimi


R. Aхmedov

- Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasining Prezidenti


Jamol Kamol

- Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi


X. Joʻrayev

- Oʻzdavkinokompaniya raisi


A. Joʻraboyev

- "Xalq soʻzi" gazetasining bosh muharriri


A. Mirjalolov

- Toshkent shahar Shayхontohur tumanining hokimi


I. Rasulev

- Toshkent shahrining bosh memori


N. Saloхiddinov

- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidenti


Yu. Shodimetov

- Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy masalalar, Fan va madaniyat  boʻlimining mudiri


R. Shoulomov

- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasining raisi


E. Xayitboyev

- Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri


M. Xazratqulov

- Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


Sh. Yaхyoyev

- Oʻzdavteleradiokompaniyasi raisi


O. Yokubov

- Oʻzbekiston хalq yozuvchisi


Shukurillo

- Oʻzbekiston хalq yozuvchisi


N. Muхiddinov

- Oʻzbekiston "Yodgorlik"'jamiyatining raisi


N. oyibov

- Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-marifiy aloqalar milliy uyushmasi raisi


Toхir Malik

- Yozuvchi


Sh. Temurov

- "Mahalla" jamarmasining raisi


Sh. Qodiriy

- Abdulla Qodiriy jamarmasining direktori.