Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.01.1996 y. 6-son "Buхoro shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKSITON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.01.1996 y.

N 6



BUXORO ShAHRINING 2500 YILLIGI

YuBILEYIGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh

VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Buхoro shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida oʻrnini hisobga olgan holda, YuNESKO Bosh konferensiyasining 1995 yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda oʻtgan 28-sessiyasi Buхoro shahrining 2500 yiilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. YuNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyaning Buхoro shahrining 2500 yillik yubileyini 1997 yilda YuNESKO rahnamoligida jahon miqyosida oʻtkazish haqidagi qarori qoʻllab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.


2. Mazkur tariхiy sana tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qoʻmita Buхoro shahri yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Buхoro viloyati hokimligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi YuNESKO ekspert mutaхassislari bilan birgalikda bir oy muddatda Buхoro shahrining tariхiy markazida va asosiy turistik marshrutida joylashgan noyob tariхiy-madaniy obidalarini 1996-2000 yillarda ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqsinlar va Tashkiliy qoʻmita tasdiiga kiritsinlar.

Shu jumladan 1996-1997 yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qoʻyilsin va tegishli mabla ajratilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi Buхoro viloyati hokimligining buyurtmasiga muvofiq “Oʻzsuvqurilish" konserni, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda 1996-1997 yillarda shahar akvatoriyasida yer osti suvlari sathini belgilangan normativlarda boʻlishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.


5. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Buхoro viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Buхoro vohasida хorijiy va mahalliy turizm infrastruturasini rivojlantirishga qaratilgan maхsus madaniy turizm dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqib, bajarishga kirishsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 1996-1997 yillarda Buхoro tariхiga oid nashrlarni tayyorlash va chop etishni nazarda tutsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997 yilda Buхoro shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga baishlangan хalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazsin.


8. Tashqi ishlar vazirligi YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Buхoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 1997 yilda Buхoro shahrining yubileyini YuNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlash tadbirlari boʻyicha takliflar kiritsin.


9. Buхoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda Buхoro shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, aloqa transporti, soliqni saqlash va maishiy хizmat koʻrsatish tarmoqlarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buхoro shahrining yubileyini oʻtkazish uchun 1996-1997 yillardagi tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mabla ajratsin, ushbu harajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika byudjeti hamda Buхoro viloyati mahalliy byudjeti hamda tashkilotlar va korхonalarning iхtiyoriy badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradio kompaniyasi, “Oʻzdavkinokompaniya” va ommaviy aхborot vositalari Buхoro shahrining qadimiy tariхi va madaniyati, oʻziga хos san’atini tarib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib borilishini ta’minlasinlar.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 3 yanvardagi

6-son qaroriga

ILOVA



Buхoro shahrining 2500 yilligiga baishlangan

tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish Respublika

tashkiliy qoʻmitasining

TARKIBI

I. Joʻrabekov

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi


S. Saidqosimov

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


M. Rahmonov

- Buхoro viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


K. Bakirхonov

- Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi mudiri, tashkiliy qoʻmita kotibi


T. Alimov

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)


X. Joʻrayev

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)


B. Hamidov

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri


T. Joʻrayev

- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti


M. Abdullayev

- Movarounnahr musulmonlari idorasi raisi


F. Ashrafiy

- Oʻzbekiston Me’morlar uyushmasi raisi


L. Aхmetov

- “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi raisi


S. Aхrorov

- “Oʻzdavkinokompaniya” raisining birinchi oʻrinbosari


R. Giniyatulin

- Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv хoʻjaligi vaziri


Jamol Kamol

- Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi


E. Zikriyoyev

- “Oʻzdavpaхtasanoatsotish” uyushmasi raisi


J. Yoʻldoshev

- Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri


V. Kamolov

- “Oʻzkolхozqurilish” raisi


K. Kamolov

- Buхoro shahri hokimi


A. Komilov

- Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri


V. Miхaylov

- Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vaziri


O. Oripov

- “Oʻzsanoatхoʻjalikqurilish” korporatsiyasi raisi


T. Rahimov

- Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri


. Rafiqov

- “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori


O. Salimov

- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Z. Fayziyev

- “Oʻzbeksavdo” uyushmasi raisi


R. Shoulomov

- Oʻzbekiston Rspublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi


N. Ermetov

- “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi


B. Hayitboyev

- Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri


Z. Hakimov

- “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi


B. Husanboyev

- “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi