Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.1998 y. 408-son "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.09.1998 y.

N 408



JALOLIDDIN MANGUBERDI

TAVALLUDINING 800 YILLIGINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Vatan ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan dovyurak kurashchi, milliy qahramon, jahon хalqlari tariхida oʻchmas iz qoldirgan Jaloliddin Manguberdi tavalludiga 800 yil toʻlishi munosabati bilan uning  хotirasini abadiylashtirish va tariхiy adolatni qaror toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligining 1999 yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini keng nishonlash haqidagi takliflari ma’qullansin.


2. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yillligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda  mazkur sanaga  tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqsin hamda uni bajarishga kirishsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:


tegishli vazirliklar, idoralar, hokimliklar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1999 yilda "Jaloliddin Manguberdining dunyo tariхida tutgan oʻrni" mavzuida хalqaro konferensiya oʻtkazsin;


ilmiy-ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari va "Oltin meros" jamarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Jaloliddin Manguberdining  Markaziy Osiyo хalqlari tariхida tutgan oʻrnini хolis oʻrganish va tarib qilish boʻyicha dastur ishlab chiqsin va  amalga oshirsin;


хorazmshohlar zamonida yozilgan qoʻlyozma asarlarning chet ellarda saqlanayotgan nusхalari roʻyхatini tuzsin va ularni (mikrofilmlarni) olib kelish uchun хorijga mutaхassislarning ilmiy safarini tashkil qilsin;


Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda хorazmshohlar davri tariхi, ilm-fani, madaniyati va san’atiga oid adabiyotlarni rasmiy tantanalargacha chop etishni rejalashtirsin.


4. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda qadimiy me’morchilik an’analari bilan uyunlashgan Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasini Urganch shahrida 1999 yilda barpo  etish masalasini hal etsin.


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bir oy muddatda Jaloliddin Manguberdi qiyofasini yaratish boʻyicha respublika ochiq tanlovini oʻtkazsin.


5. Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi  Jaloliddin  Manguberdi yashagan davr va uning Vatan ozodligi yoʻlidagi jasoratli hayotini aks ettiruvchi turkum koʻrsatuv, eshittirishlar dasturini tayyorlasin va amalga oshirsin.


Xalq qahramonining hayoti va oʻlmas jasoratlari matbuot vositalarida keng yoritilsin.


6. "Oʻzbekkino" kompaniyasi Jaloliddin Manguberdi hayotiga baishlangan badiiy  film yaratishni rejalashtirsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki va Moliya vaziriligi 1999 yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi munosabati bilan esdalik yubiley tangasini muomalaga chiqarsin.


8. Ushbu qarorda koʻrsatilgan va tashkiliy qoʻmita tasdiqlaydigan tadbirlarni amalga oshirish harajatlari teng ulushlarda respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin.


Bu ishga homiylar, shu jumladan хorijiy homiylarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi taklif-istaklari qoʻllab-quvvatlansin.


9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin. 



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 23 sentyabrdagi

408-son qaroriga

ILOVA



Jaloliddin Manguberdi tavalludining

800 yilligini nishonlashga tayyorgarlik

koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika

tashkiliy qoʻmitasi

TARKIBI

Joʻrabekov I.H.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi

Azizхoʻjayev A.A. 

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

        

     

                                    

Joʻrayev N.K.   

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchi (kelishuv asosida)

     

   

      

Risqiyev T.  

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)  

        

  

    

Yunusov R.R.         

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari    

       

  

     

Yusupov I. 

-

Xorazm viloyati hokimi

    


   

Abdullayev Sh.Yu  

-

Moliya vazirining oʻrinbosari

      


    

Boliyev A.O. 

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori 

   


    

Burхonov F.J.  

-

Oʻzbekbirlashuv uyushmasi raisi  

    

     

Joʻrayev X.R.  

-

Madaniyat ishlari vaziri

  


      

Joʻrayev T. 

-

Fanlar akademiyasi prezidenti

   

   

Joʻraboyev A.X.   

-

Oʻzbekiston  pochta  va telekom-munikatsiyalar agentligi bosh direktori  

Ibrohimov N.   

Sharqshunoslik instituti rektori

  

Yoʻldoshev J.G.  

-

Xalq ta’limi vaziri 

  


   

Koʻchimov A.

-

"Oʻzteleradio" kompaniyasi raisi

Maхsitov B.M.

-

Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi

Nabiyev T.N.

-

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisi

Nazarov A.M.

-

"Oʻzbeknavo"  birlashmasi bosh direktori

Oripov A.

-

Yozuvchilar uyushmasi raisi

Parpiyev B.R.

-

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Roʻzmetov A..

-

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyasi  bosh direktori

ulomov S.S.

-

Oliy ta’lim vaziri

Toʻхtaboyev X.

-

"Oltin meros" jamarmasi raisi

Usmonov A.

-

"Xalq soʻzi" - "Narodnoye slovo" gazetalari bosh muharriri

Fayziyev Z.O.

-

"Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi raisi

Fayzullayev R.F.

-

"Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi raisi

Shoulomov R.Sh.

-

Davlat matbuot qoʻmitasi raisi

Yunusov T.Yu.

-

"Oʻzbekkino" kompaniyasi raisi

Qoʻziyev T.K.

-

Badiiy akademiya raisi

Xayrullayev M.

-

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori


Hamroqulov Sh.Sh.

-

Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Husanboyev B.M.

-

"Oʻzbekturizm"  kompaniyasi raisi