Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2002 y. 349-son "Atoqli oʻzbek shoiri, akademik Gʻafur Gʻulom tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.10.2002 y.

N 349




ATOQLI OʻZBEK ShOIRI, AKADEMIK

AFUR ULOM TAVALLUDINING

100 YILLIGINI NIShONLASh

TOʻRISIDA


Betakror iste’dod sohibi, oʻzbek хalqi madaniyati, milliy adabiyotining rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ijodkor, Oʻzbekiston хalq shoiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi afur ulom qoldirgan adabiy va ilmiy merosning katta ahamiyatini inobatga olib hamda tuilgan kuniga 100 yil toʻlishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashining afur ulom tavalludining 100 yilligini 2003 yil may oyida mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash toʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.

Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yubiley tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2003 yilning may oyida “afur ulom ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati” mavzuida ilmiy konferensiya va yubiley tadbirlarini oʻtkazsin.


3. Toshkent shahar hokimligiga yubiley kuniga qadar:

Badiiy akademiya va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda shoir haykalini yaratish va uni afur ulom koʻchasida (metroning afur ulom bekati yonida) oʻrnatish;

adib uy-muzeyi binosini ta’mirlash va muzey atrofini obodonlashtirish vazifasi topshirilsin.


4. Madaniyat ishlari vazirligi afur ulom uy-muzeyining yangi ekspozitsiyasini tashkil qilish hamda adib asarlari asosida spektakllar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar yaratish tadbirlarini amalga oshirsin.


5. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi afur ulomning bir jildli “Tanlangan asarlar”ini, ijodkor toʻrisidagi tadqiqotlar va ilmiy-ommabop risolalarni yubiley kunigacha chop etishni rejalashtirsin.


6. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi afur ulom hayoti va ijodiga baishlangan hujjatli film yaratish vazifasini hal etsin.


7. Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi afur ulom siymosi tushirilgan va uning asarlari mavzusi asosida ishlangan pochta markalari va konvertlar turkumini chiqarsin.


8. afur ulom tavalludining 100 yilligini nishonlash, adib uy-muzeyini ta’mirlash, yangi ekspozitsiyasini yaratish hamda obodonlashtirish bilan boliq хarajatlar, tasdiqlangan smetaga muvofiq, respublika byudjeti Toshkent shahar mahalliy byudjetidan 2003 yilgi davlat byudjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablalar doirasida va homiylar mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanishi inobatga olinsin.


9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2002 y. 19-son





Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 9 oktyabrdagi

349-son qaroriga

ILOVA



afur ulom tavalludining 100 yilligini

nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni

oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

1.

Karomatov H.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi


2.

Sultonov X.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)


3.

Oripov A.

Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston хalq shoiri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


4.

Qoʻchqorov R.

Vazirlar Mahkamasining bosh mutaхassisi, tashkiliy qoʻmita kotibi


5.

Vohidov E.

Oliy Majlis qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston хalq shoiri


6.

Said Ahmad

Oʻzbekiston хalq yozuvchisi


7.

Yoʻldoshev B.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti


8.

ulomov S.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


9.

Joʻrayev R.

Xalq ta’limi vaziri


10.

Qurbonov B.

Madaniyat ishlari vaziri


11.

Shoulomov R.

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi bosh direktori


12.

Mahmudov M.

Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


13.

Abdullayev Sh.

Moliya vazirining oʻrinbosari


14.

Koʻchimov A.

“Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi


15.

Karimov N.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti boʻlim mudiri


16.

Murod Muhammad Doʻst


“Oʻzbekkino” kompaniyasi raisi


17.

Boliyev A.

Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi mas’ul kotibi


18.

Qoʻziyev T.

Badiiy akademiya raisi


19.

Hazratqulov M.

OʻzAning bosh direktori


20.

ulomova-Ahmedova O.


afur ulom uy-muzeyining direktori