Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2004 y. 143-son "Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.03.2004 y.

N 143




XOJA AHROR VALIY TAVALLUDINING

600 YILLIGINI NIShONLASh TOʻRISIDA


Buyuk Vatandoshimiz, oʻz davrida diyorimizda tinchlik va ahillikni qaror toptirishga, muqaddas islom dini, islom falsafasi rivojiga katta hissa qoʻshgan va boy ma’naviy meros qoldirgan ulu mutafakkir Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Amir Temur jamarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini keng nishonlash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda:

Xoja Ahror Valiy asarlarining qoʻlyozmalari manbalarini keng, хolisona talqin va yondashuvlar asosida oʻrganish, allomaning hayoti va faoliyati haqidagi zamonaviy tadqiqotlarni toʻplash va nashr etish;

Samarqand shahrida "Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tariхi va ma’naviyatida tutgan oʻrni" mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.


4. "Oʻzbekkino" milliy agentligiga allomaning hayoti va faoliyatiga baishlangan tariхiy-hujjatli filmni suratga olish topshirilsin.


5. Madaniyat ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Xoja Ahror Valiyning Samarqand tumanidagi me’moriy majmuasini ta’mirlash va uning atrofini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin.


6. "Oʻzbekturizm" kompaniyasiga Samarqand viloyati hokimligi, Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, "Nuroniy" jamarmasi bilan birgalikda Xoja Ahror Valiy nomi bilan boliq qadamjolarga yurtdoshlarimizning ziyoratlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.


7. Matbuot va aхborot agentligi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi munosabati bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizхoʻjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Z. Husniddinov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 25 martdagi

143-son qaroriga

ILOVA



Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini

nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni

oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

1.

Azizхoʻjayev A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi


2.

Husniddinov Z.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, kelishuv asosida


3.

Xolmurodov R.

-

Samarqand viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


4.

Shodiyev B.

-

Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi bosh mutaхassisi, mas’ul kotib


5.

Abdullayev A.

-

Toshkent islom universiteti prorektori


6.

Bahromov A.

-

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy


7.

Koʻchimov A.

-

"Oʻzteleradio" kompaniyasi raisi


8.

Minovarov Sh.

-

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi


9.

Muhammadiyev O.

-

Imom Buхoriy yodgorlik majmuasi raisi


10.

Murod Muhammad Doʻst

-

"Oʻzbekkino" milliy agentligi bosh direktori


11.

Oripov A.

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


12.

Shoulomov R.

-

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi bosh direktori


13.

Husanboyev B.

-

"Oʻzbekturizm" kompaniyasi raisi


14.

Ernazarov E.

-

Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari


15.

Valiхoʻjayev B.

-

OʻzFA akademigi


16.

Abduхalimov B.

-

OʻzFA Sharqshunoslik instituti direktori vazifasini bajaruvchi


17.

Boyqobilov B.

-

Oʻzbekiston хalq shoiri