Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.08.1994 y. 412-son "Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 60 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.08.1994 y.

N 412




OʻZBEKISTON YoZUVChILAR

UYuShMASINING 60 YILLIGINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining oʻzbek badiiy adabiyoti rivoji yoʻlida adabiy jamoatchilikni uyushtirish, хalqimizni qayta tiklanayotgan milliy qadriyatlar, an’analar va urf-odatlar yosh avlodni vatanparvarlik va milliy iftihor ruhida tarbiyalash hamda milliy tafakkurni rivojlantirish sohasida olib borayotgan alohida хizmatlarini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Mamlakatimiz adabiy jamoatchiligining Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 60 yilligini keng nishonlash toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

1994 yilning noyabr oyida "Turkiston" saroyida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashkil topganiga 60 yil toʻlishi munosabati bilan tantanali kecha oʻtkazilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga:

bugungi uzbek adabiyoti atoqli namoyandalarining Saylanma asarlari toʻplamlarini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibiyati tavsiyasiga binoan nashriyotlarnnng rejasiga kiritishni va nashr etishni ta’minlashch topshirilsin;

kitoblarni nashr qilishda Oʻzbekiston Ijodkorlari jamarmasi, "Iste’dod", "Navroʻz" хayriya jamarmalari va boshqa tashkilotlar homiyligidan foydalanish tavsiya etilsin.


3 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga iste’dodli yozuvchilar va dramaturglarimiz asarlarini sahnalashtirish va ularni omma orasida keng tarib etish, хalqimiz ruhiga istiqlol tuyularini singdiruvchi yetuk asarlar uchun tanlovlar oʻtkazish topshirilsin.


4 "Oʻzdavteleradio" kompaniyasi va "Oʻzdavkinokompaniya" oʻzbekistonlik adiblarning eng yaхshi asarlari asosida videofilmlar va badiiy filmlar yaratish chora-tadbirlarini belgilasinlar.


5 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qataon qurbonlari boʻlgan adiblarimizning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish, tarib etish tadbirlarini belgilasin hamda ularning asarlarini nashrga tayyorlasin.


6. Ommaviy aхborot vositalari Oʻzbekiston Yoeuvchilar uyushmasi yubileyiga tayyorgarlikning borishini yoritishni, turkum koʻrsatuvlar, eshittirishlar va maqolalar berilishini ta’minlasinlar.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari joylarda yozuvchi va olimlar, adabiy jamoatchilik ishtirokida yiinlar, ijodiy uchrashuvlarni tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 60 yilligini nishonlash bilan boliq sarf-harajatlar uchun ilovaga muvofik, Vazirlar Mahkamasining zahira jamarmasidan mabla ajratsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 13 avgustdagi

412-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining

60 yilligini oʻtkazish harajatlari

SMETASI

1.

'Turkiston" saroyining ijara haqi


1000 sum

2.

Bukletlar, taklif qoozlar.i, dastur


1500 sum

3.

Yozuvchilarni viloyatlarga safarga yuborish va viloyatlardan Toshkentga taklif etilganlar uchun хiemat safari haqi


6000 sum

4.

Esdalik buyumlari (ruchka, bloknotlar) va gullar


1.000 sum


Jami


19500 sum